10-seminar mavzusi: O`zbek tili leksikasida qadimgi turkiy tilga xos unsurlarning qo`llanishi
Download 23.95 Kb.
|
10-sem
10-SEMINAR MAVZUSI: O`ZBEK TILI LEKSIKASIDA QADIMGI TURKIY TILGA XOS UNSURLARNING QO`LLANISHI O’zbek milliy tili bir necha yuz yillik shakllanish va taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tgan bo’lib, hozircha uning tarixi qadimgi turkiy (VII-X) til davriga borib taqaladi. Turk-run yozuvida bitilgan O’rxun-Enasoy bitiklari, sanskrit, so’g’d, xitoy tillaridan o’girilgan tarjima asarlar Turk xoqonligi davrida ajdodlar yashagan keng ko’lamli arealdagi lisoniy vaziyat, adabiy til va jonli so’zlashuv tili xususida muayyan ma’lumot olish imkonini yaratadi. Ushbu tilning bevosita davomchisi, ayni chog’da, mavjud sathlarida ro’y bergan muayyan va sezilarli o’zgarishlar bilan undan farqlanuvchi, turli qabilali so’zlashuv tili negizida shakllangan adabiy til xususiyatlarini o’zida yaqqol namoyon etgan eski turkiy til (XI-XIV) asosida tarkib topgan eski o’zbek adabiy tili qadimgi turkiy til va eski turkiy tilga xos lug’at tarkibi, tovush tizimi va grammatik qurilishini (boshqa qardosh turkiy tillar kabi) o’zida ma’lum darajada mujassam etgan merosxo’r hisoblanadi. Mubolag’asiz aytish mumkinki, Qoraxoniylar saltanati sharqiy hududlarida shakllangan, “Qutadg’u bilig”dek durdona asar bitilgan qarluq-uyg’ur yozma tili XVI asrga qadar eski o’zbek adabiy tiliga kuchli ta’sir o’tkazgan edi. O’rta Osiyoda turkiyda bitilgan adabiyotning rivojlanishi XI-XV asrlarga to’g’ri keladi. Ulug’ shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy asos solgan eski o’zbek adabiy tilining shakllanishi ham ayni ushbu davr bilan uzviy bog’liq1. O’rta Osiyo y tillari (dialektlari) negizida tarkib topgan, sharqiy turkiy, ba’zi qipchoq hamda o’g’uz-turkman tillari ta’siriga ega bo’lgan ushbu yangi tilda Durbek, Otoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Amiriy, Gadoiy, Sayyid Ahmad, Xo’jandiy, Haydar Xorazmiy, Navoiy, Bobur, Husayn Boyqaro, Muhammad Solih singari so’z ustalari ijod etgan. Ma’lumki, XY-XYI asrga kelib O’rta Osiyo, Xuroson, Dashti Qipchoqda turkiy til qisman o’zgarishga yo’l tutdi, ya’ni S.E.Malov fikricha: “d” tildan “y” tilga o’tish boshlandi. Madaniyatning G’arbdan Sharq tomon shu tarzdagi harakatida Navoiy ushbu oqimga qo’shilib va unga berilib ketibgina qolmay, balki uning o’zi til va adabiyotning mazkur oqimini ma’lum darajada harakatlantirdi va yo’naltirib turdi. Bu oqim faqat faktgina emas, balki tarixiy omil hamdir. Navoiy o’z genial dostonlari bilan turkiy til va adabiyotning G’arbdan boshqa mintaqalarga shiddat bilan yoyilishiga ko’maklashdi. Alisher Navoiyning xizmati adabiyotda fors tili o’rniga O’rta Osiyo turkiy (eski o’zbek adabiy - SH.E) tilini qo’llashni uzil-kesil qonuniylashtirish bilan chegaralanmaydi. Navoiy faqat o’zbek adabiy tili (y lovchi til)ning asoschisigina bo’lmay, shuningdek, Markaziy Osiyoda turkiy d tilni o’zgarishga olib kelgan sabab va omillarda ham uning ulushi bor edi”. XY-XYI asr eski o’zbek adabiy tili ijtimoiy hayotning keng sohalari uchun xizmat qilgan, davlat va jamiyat muassasalari, tashkilotlarida, ayniqsa, badiiy adabiyotda uning mavqei ancha yuqori bo’lgan. Eski o’zbek adabiy tili grammatik qurilishi, qadimgi turkiy til va va eski turkiy tilga nisbatan tub sifat o’zgarishlariga uchramadi. Tilning yetakchi grammatik kategoriyalari barqarorlik, chidamlilik jihatlarini namoyon etadi. Grammatik qurilishdagi o’zgarishlar asta-sekinlik bilan ro’yobga chiqadi. Lekin kuzatilayotgan davrda eski o’zbek adabiy tilida hech qanday o’zgarishlar yuz bermadi, deb xulosa chiqarish yanglish bo’lar edi. O’zgarishlar, tabiiy, bo’lgan va ular nafaqat lug’at tarkibini, shuningdek, grammatikaning muayyan tomonlarini ham chetlab o’tmagan. Xususan, qadimgi turkiy tilda bitishuv munosabatiga kirishgan so’zlarning ma’lum qismi (tÿrk bodun) eski o’zbek adabiy tilida o’zaro izofali birikmani (tÿrk ulusы) tashkil qilgan yoki bitishuv munosabatiga kirishgan so’zlar qo’shma so’zlarga aylangan (toqquz on > toqsan). Qadimgi turkiy til va eski turkiy tilda bir otga bog’langan bitishuv munosabatidagi bo’laklar tarkib jihatdan sodda (bir yoki ikki) aniqlovchidangina iborat bo’lsa, eski o’zbek adabiy tilida bunday sifatlovchi bo’laklarning soni ham, tarkibi ham murakkablashgan2. Qadimgi turkiy til va eski turkiy tilda ko’plikning birinchi shaxsi ega bilan –(i)miz shakli bilan moslashsa, eski o’zbek adabiy tilida ega va kesimning moslashishi –k qo’shimchasi yordamida amalga chiqqan3. Qadimgi turkiy tilda arab va fors-tojik tillarining ta’siri deyarli bo’lmagan. YIII asr yarmidan e’tiboran Markaziy Osiyo, xususan, Movarounnahr, Dashti Qipchoq, Xurosonda kechgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, diniy jarayonlar ta’sirida eski turkiy va uning davomchisi eski o’zbek adabiy tilida o’zgarishlar kuzatiladi. Jumladan, eski o’zbek adabiy tili manbalarida forscha-tojikcha va arabcha izofalar keng qo’llangan. Vaholanki, qadimgi turkiy tilda ular butunlay qayd etilmaydi, eski turkiy tilda esa ularning adadi ancha kam bo’lgan. Fors-tojik tili ta’sirida ergash gaplar vujudga keladi. XI asrdan buyon o’zlashgan bog’lovchilarning funksiyasi eski o’zbek adabiy tilida kengayadi4 va h.k. Eski o’zbek adabiy tili o’zbek xalqi tomonidan yaratilgan umumxalq milliy tilining sayqallangan, me’yorlangan shakli bo’lib, uning takomillashuvida yuqori lisoniy madaniyatga ega shaxslar, ya’ni davlat arboblari, mutafakkirlar, faylasuflar ulkan mehnat qilgan deyish mumkin. Ayniqsa, eski o’zbek adabiy tili va unga oid me’yorlarning shaklllanishida badiiy ijod vakillari –shoir va yozuvchilarning roli beqiyosdir. Milliy tilning oliy shakli bo’lmish va milliy til tarkibidan o’rin olgan eski o’zbek adabiy tilining tom ma’nodagi adabiy tilga aylanishida, uning o’rta asrlar SHarq xalqlari dunyosida yuqori mavqedagi arab va fors-tojik tillari darajasiga ko’tarilishida, unda ham ajoyib g’azallar bitish, “Xamsa” ta’lif etish, ilmiy asarlar yaratish, falsafiy mushohadalar yuritish mumkinligini ro’y-rost ko’rsatishda buyuk Alisher Navoiyning beqiyos shijoati, fidokorona mehnati, millatparvarligi, xalqsevarligi, qolaversa, u kishiga YAratgan tomonidan berilgan noyob iste’dod yotibdi. Turkiyshunoslikda turkiy va eroniy tillarni chog’ishtirishdek dolzarb masalaga birinchi bo’lib qo’l urgan va XY asr sharoitida chog’ishtirma tilshunoslikning va metodning “Muhokamatul-lug’atayn”dek nodir namunasini yaratishga muvaffaq bo’lgan5 Navoiy butun ongli hayotini turk (o’zbek) tilining kamolotini ko’z-ko’z qilishga bag’ishladi. O’lmas nazmiy va nasriy asarlarini, Zahiriddin Muhammad Bobur ta’biricha, “qalam bila rost” bo’lgan Andijon eli lafzida bunyod etgan shoir ona (turk, chig’atoy lafzi) tilini bebaho xazina, chamanzor hisoblagan, uni begonalarning oyog’i yetishidan va yotlarning qo’li tegishidan saqlashni maqsad qilib qo’ygan. Nafaqat genial shoir, shuningdek, zabardast olim hisoblanmish Navoiy ona tili qurilishidan to’la xabardor bo’lgan, ayniqsa uning lug’at boyligini mukammal egallagan. Navoiy eski o’zbek adabiy tili so’z xazinasining asosini tashkil etuvchi asl turkiy so’zlar ma’no nozikliklarini yaxshi farqlagan, ularni asarlari ichiga olib kirgan, matn tarkibidagi badiiy-estetik o’rnini ochib bergan. Navoiy “Muhokamatul-lug’atayn”da eski o’zbek adabiy tilining cheksiz imkoniyatlarini ko’rsatish maqsadida keltirgan yuzta fe’lning 60 tasi qadimgi turkiy til va eski turkiy tilda qo’llanishda bo’lgan. Quyidagi jadvalda “Muhokamatul-lug’atayn”ning Toshkent va Anqara nashrlaridagi yuzta (99) fe’l DTS ga qiyoslangan tarzda o’z ifodasini topgan.
1 Фозилов Э. Ўзбек адабий тилининг шаклланиш тарихи ҳақида // Ўзбек тили тарихи масалалари. -Тошкент: Фан, 1977. –Б.3. 2 Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси. -Тошкент: Ўқитувчи, 1973. -Б.242-245. 3 Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси… -Б. 247. 4 Абдураҳмонов Ғ., Шукуров Ш. Ўзбек тилининг тарихий грамматикаси … - Б. 294-299. 5 Нурмонов А., Маҳмудов Н. Ўзбек тилшунослиги тарихи. I-қисм. –Тошкент, 2000. -Б.84-85. 6 Қаранг: Алишер Навоий. Муҳокаматул-луғатайн. Ўн тўртинчи том. -Тошкент, 1967. -Б.108; Ali Şir Nevãyi.Muhakemetül-luğateyn.Iki Dilin Muhakemesi.Haƶirlayan:F.Sema Barutçu Öƶönder. -Ankara, 1996. -Б.107-108. Download 23.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling