15. Xunuk so‘zining ma’nodoshlari berilgan javobni toping.
A. Latofatli,chiroyli B. Sohibjamol, ko‘rimli C. Xushsurat, qiyshiq D. Badbashara, ko‘rimsiz
16. Quyidagi gapda betiga so‘zining ma’nodoshlari berilgan javobni toping.
Gulnozaning betiga tabassum yugurdi.
A. badbashara, chiroyli B. xunuk, ko‘rimsiz, chehra C. aftiga, past, yuzi
D. yuziga, chehrasiga, aftiga
17. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalar berilgan javobni toping.
Vatani bor... baxti bor, mehnati bor... taxti bor.
A. -ing, -ning B. -ning, -ni C. -ning, -ning D. -da, -ga
18. Ziqna, to‘qlik, sodda so‘zlarining zid ma’nolari berilgan javobni toping.
A. Qizg‘anchiq, ochiqko‘ngil, quv B. Ustasi farang, C. Saxiy, ochlik, ayyor
D. Sifatli, bisyor, ayyor
19. Tasviriy ifoda vositasi qatnashgan gapni toping.
A. Bog‘bon dam olish uchun supaga o‘tirdi. B. Yaxshilik qil bolam, yomonlikni ot.
C. Yigit kishiga qirq hunar oz. D. Ukamga o‘rmon podshohi haqida ertak o‘qib berdim.
20. Quyidagi izoh qaysi ish qog‘oziga tegishli.
Kundalik turmushda o‘zaro munosabatlarni ifodalash maqsadida yoziladigan monologik matn
A. Hisobot B. Xat C. Tushuntirish xati D. Tavsifnoma
21 «Nur va soyalar» asarini kim yozgan . J: ______________________
22. Nuqtalar o‘rniga quyidagi so‘zlarni mazmuniga mos holda qo‘yib yozing: un, unni
Onam ...... elakda eladi.
Laylo ..... chiqarmasdan yig‘lardi. J: ________________
23. Quyidagi ta’rif qaysi matn turi haqida: so‘zlovchi va tinglovchi orasidagi fikr almashish jarayoni bo‘lib, o‘zaro savol-javoblardan iborat bo‘ladi.J: ____________
24. Quyidagi ta’rifning nomini yozing.
Narsa-buyumning nomini aniq atamay, uni tasvirlab, boshqa nom bilan ataladigan so‘z birikmasi ......... ........... deyiladi. J: _____________
Do'stlaringiz bilan baham: |