5-sinf .Ona tili (Umumiy maktablar uchun) Test 1-variant
1.Narsani aniq atamay , tasvirlash uchun qo’llangan so’zlar qo’shilmasi nima deyiladi?
A) so’z birikmasi. B)ibora S)shakldosh so’zlar D) tasviriy ifoda
2.Yosh-u qari juftligidan qanday yangi so’z kelib chiqadi?
A)hamma yoqdan B) bari so’zi S)keksa so’zi D)hech qanday ma’no kelib chiqmaydi.
3.Takya so’zi adabiy tilda nima deyiladi?
A) do’ppi B)kallapo’sh S) qalpoq з D)A va S javob.
4. Qaysi juft so’z qismlarining o’rnini almashtirib qo’llash mumkin ?
A)aka-uka B)oshna-og’ayni S)eson- omon D) o’rnini almashtirib bo’lmaydi.
5.To’ng’illamoq,ming’irlamoq,vaysamoq,javramoq so’zlari qaysi jihatdan farq qiladi ?
A)ovozning baland pastligiga ko’ra B)umumiy va xususiy jihatiga ko’ra
S)salbiy bahoga egaligiga ko’ra D)A.S to’g’ri
6.Ruscha baynalminal yoki tarjima qilingan so’zlar qanday yoziladi.
A)ajratib yoziladi B)qo’shib yoziladi
S)qisqartirib yoziladi D)qanday bo’lsa shu holatda yoziladi.
7. Qora buvi:”Ha,ish qilib bola chaqasining egiligini ko’rsin”,-deb kimni duo qiladi?
A)o’g’rini B)aravakash o’glini S)ellikboshini D) Buvamat otani.
8.Sh harflar birikmasi haqidagi noto’g’ri hukmni toping.
A)til oldi tovushi B)sirg’aluvchi tovush S)jarangli D)jarangsiz.
9.Qaysi yuklamalar o’zi qo’shilayotgan so’zga qo’shib yoziladi?
A)-mi , –oq, -yoq B)-mi, -gina S)-chi , -u , -yu D)A va B javoblar to’g’ri.
10.Qanday ,qancha so’zlari qaysi so’z turkumiga kiradi?
A)sifat B)ravish S)fe’l D)olmosh.
11.Bir so’ziga –ta qo’shimchasi qo’shilsa, qanday o’zgarish sodir bo’ladi?
A)tovush orttiriladi B) tovush tushadi
S) tovush almashadi D)hech qanday o’zgarish bo’lmaydi.
12 .Muqumiyning “Sayohatnoma”sida ”bir ko’cha ketguncha soy , dukchisidan attori ko’p , choyxo’ridan ko’knori ko’p ” deya ta’riflangan qishloq qaysi ?
A)Yakkatut B)Chimyon S)Rafiqon D)Yayfan.
Do'stlaringiz bilan baham: |