5-SINF .ONA TILI (UMUMIY MAKTABLAR UCHUN) TEST 2-VARIANT
1.Qo’sh undosh bilan tugagan so’zlarga qo’shimcha qo’shilganda bu so’zlarning imlosi qanday bo’ladi?
A)qo’sh undoshlardan biri yozilmaydi. B)o’zgarish bo’lmaydi.
S)tovush ortadi. D)tovush almashadi.
2.Qaratqich aniqlovchi doimo nimaga bog’lanadi ?
A)qaralmish B)aniqlanmish S)izohlovchi D)A va B javoblar to’g’ri.
3.Bu so’zdan Hamid ajablandi. Gap bo’laklarini aniqlang.
A)ega, to’ldiruvchi , kesim B) aniqlovchi, ega, hol , kesim
S) aniqlovchi, to’ldiruvchi , ega, kesim D) aniqlovchi, to’ldiruvchi , undalma , kesim.
4.So’roq yuklamasining qaysilari ajratib yoziladi?
A)-mi , -yu, -da B)-chi, -a(-ya) S)-mi, -gina D)-u(-yu), -chi, -gina.
5.Otlar qaysi qo’shimchalar bilan qo’llanadi?
A)son, egalik B)egalik, kelishik S) son, egalik, kelishik D) )son, kelishik.
6.Ko’chirma gap bilan muallif gapi birikib qanday gapni hosil qiladi?
A)qo’shma gap B)ko’chirma gap S) ko’chirma gapli qo’shma gap D)muallif gapi.
7.M.Osimning dastlabki qissasini yozing.
A)”Astrobot” B)”Yangi ariq” S)”Tanburim ovozi” D)”Ko’klam”.
8.Ulug’bekning valadi Abdulatif bir yoqda, Boysunparning o’g’li Sulton Muhammad bir yoqda. Ushbu gapdagi valadi so’zining ma’nosini toping.
A)dushman, raqib B)padarkush, oqpadar S)shahzoda, xunxor D)o’g’il, o’g’il bola.
9.U olmadan beshta oldi. Gapdagi sonning gapdagi vazifasini toping .
A)hol B) to’ldiruvchi S)kesim D)aniqlovchi.
10.Qaysi asarda “qaysi burchakka, qaysi chordevorga bosh suqmay o’n beshta yetim yuviqsiz qo’lini cho’zib: “Amaki non bering”- deydi”?
A)”Hellado’s” B)”Zulmat ichra nur” S)”Mening o’grigina bolam” D)”Dunyoning ishlari”.
11.Kirill yozuvidan o’zbek xalqi qachon foydalangan?
A)VIII-1929-yil B)1929-1940 S)1940-1993 D)1993-2002
12. Qora buvi:”Ha,ish qilib bola chaqasining egiligini ko’rsin”,-deb kimni duo qiladi?
A)o’g’rini B)aravakash o’glini S)ellikboshini D) Buvamat otani.
Do'stlaringiz bilan baham: |