10-sinf 4-chorak
1. Tarixiy obidalar – so`zining tarjimasini toping.
A. зодчество B. архитектура C. исторические памятники D. строительное искусство
2. O‘zgalar nutqini aynan, o‘zgarishsiz berishi qanday gap deyiladi?
A. ko‘chirma gap B. o‘zlashtirma gap C. sodda gap D. ergashgan gap
3. Ko‘chirma gap 2 qismdan iborat bo‘ladi:
A. ko‘chirma va o‘zlashtirma C. oddiy va murakkab
B. ko‘chirma va muallif gapidan iborat D. sodda va qo‘shma gap
4. O‘qituvchimiz: «Ertaga muzeyga boramiz», – dedi. Ko‘chirma gap qolipi to‘g‘ri berilgan qatorni toping
A. «K, – m, – k». B. «K, – m. – k!» C. «K, – m, – k?» D. M: «K», – m.
5. Ko‘chirma gaplar ko‘proq ………… nutqda ishlatiladi.
A. monologik B. dialogik C. rasmiy D. ilmiy
6. Maqolni davom ettiring: Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar, ……………
A. yomonga yaqin yursang, balosi yuqar C. dushmanga yaqin yursang, balosi yuqar
B. yomonga yaqin yursang, odati yuqar D. baxilga yaqin yursang, balosi yuqar … .
7. Adras 1920-yillarda qayerlarda to‘qilgan?
A. Samarqand, Buxoro, Navoiy C. Namangan, Shahrisabz, Guliston
B. Marg‘ilon, Xo‘jand, Buxoro D. Toshkent, Farg‘ona
8. «Atlas» so‘zi arab tilidan tarjima qilinganda ………..
A. naqshinkor degan ma’noni anglatadi. C. tekis, silliq degan ma’noni anglatadi.
B. guldor degan ma’noni anglatadi. D. ipakli degan ma’noni anglatadi.
9. Qaysi davlat un mahsulotlari bilan mashhur?
A.Vengriya B. Germaniya C. Belorussiya D. Polsha
10. O‘qituvchimiz hasharda hamma qatnashishi shartligini ta’kidladi. Gapning turini aniqlang. A. o‘zlashtirma gap B. ergashgan qo‘shma gap C. ko‘chirma gap D. bog‘langan qo‘shma gap
11. Qaysi davlatda ot go‘shtini iste’mol qilishmaydi?
A. Ozarbayjon B. Turkiya C. Turkmaniston D. Gruziya
12. O‘zlashtirma gapning kesimi qanday fe’llari bilan ifodalanadi?
A. gapirmoq, demoq, so‘zlamoq C. aytmoq, gapirmoq, demoq
B. aytmoq, gapirmoq D. aytmoq, gapirmoq, buyurmoq, so‘ramoq
13. ”Onajon”, “Yillar armoni”, ”O‘zbekiston” she’riy to‘plamlarining muallifi kim?
A. Muhammad Yusuf B. Hamid Olimjon C. Abdulla Oripov D. Mirtemir
14. O‘zbekiston fuqaro aviatsiya kuni qachon?
A. 1924-yil 12-may B. 1956-yil 13-aprel C. 1659-yil 21-oktabr D. 1911-yil 25-may
15. ”O‘zbekiston temir yo‘llari“ aksiyadorlik jamiyati qachon tashkil etilgan?
A. 1994-yil 7-noyabrda B. 1995-yil 13-mayda C. 1991-yil 21-avgustda D. 2001-yil 11-aprelda
16. … ibodatdan afzal. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zni qo‘ying.
A. bahor B. vatan C. ilm D. ona
17. O‘zlashtirma gapga aylantirilgan ko‘chirma gap tarkibidagi undalma qaysi gap bo‘lagi vazifasida keladi? _____________________
18. Yig‘ilishda tajribali ishchilar|| Salim aka||Anvar aka va Karimjonlar so‘zga chiqishdi. Gapda qanday tinish belgilari tushirib qoldirilgan? _____________________________
19. “Qo‘shnilarini izzat va hurmat qilmaydigan, ularning dillarini og‘ritadigan odamdan hamma nafratlanadi u odam o‘z obro‘sini yo‘qotadi” Ushbu so`zlar muallifi kim? _________
20. Toshkent aerovokzalning yo‘lovchilarni qabul qilish imkoniyati qanday?_______ 21. Arman oshxonasida taomlarni tayyorlashda necha xil o‘t va gullar ishlatiladi? _____ 22. Hozirda O‘zbekistonda palovning nechta turi mavjud? ________ 23. ”Erka kiyik” , ”Iltijo” , ”Osmonimga olib ketaman” she’riy to‘plamlar muallifi kim? ___ 24. Abdulla Oripov qachon va qayerda tug‘ilgan? _______________ 25. uskuna so‘zining tarjimasini yozing _____________
Do'stlaringiz bilan baham: |