10-sinf adabiyot 2-chorak testlari


Download 24.34 Kb.
Sana29.12.2022
Hajmi24.34 Kb.
#1071744
Bog'liq
10-sinf ona tili va adabiyot 2-chorak test savollari


10-sinf adabiyot 2-chorak testlari:


1. Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolarning singari bepayon …Bu o`lkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi” degan fikrlar kimga tegishli?
A) Monstyuart Elfinston B) Javaharlal Neru
C) Rumer Goden D) Hasanxoja Nisoriy
2. “Majolis -un nafois” asaridagi “ Xuroson mulkining rangin fozili erdi, ko`p ulim va fununda mohir erdi” deganda qaysi ijodkorni nazarda tutadi?
A) Yahyo Sebak B) Ahmad Hojibek
C) Abullays Smarqandiy D) Dorimiy Samarqandiy
3.“Debon bergan kishi erdur,va lekin, Demay berganga erlik bil musallam. Ne deb,ne bersa bilgil ani xotun, Debon be r m as ni x o t undin dag’i kam” Ushbu baytda qanday g’oya ilgari surilgan?
A. baxillik B. mardlik
C. saxiylik D. muloyimlik
4 Navoiyning qaysi g’azali boshdan oyoq tardi aks san’atiga tayanadi?
A.“Ko’zung ne balo qaro bo’lubtur” B. “Meni men istagan o’z suhbatig’a..”
C.“Ey sabo,holim borib sarvi xiromonimg’a ayt” D.“Tengri xonim ochuq aqida qilib”
5. ”Majolis un-nafois”asari haqidagi noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.
a)dastlabki majlis xronologik tartibda berilgan
b)7-majlis Temur va temuriylar haqida
c)3-majlis Sharafiddin Ali Yazdiy haqida
d)8-majlis Boyqaroga atalgan
6.. Navoiyning muammo janriga oid asari qanday nomlanadi?
A) “Risolai muammo” B) “Mufradot” C) “Mezon –ul avzon D) “Nazmul javohir”
7. Navoiyni kim qaysi asarida “nazm gulistonining andalibi masaroyi” deb ta`rif berdi?
A) Bobur “Boburnoma”da B) Xondamir “Makorim –ul axloq”da
C) Navoiy “Muhokamat-ul lug`atayn”da D) Jomiy “Nafohat –ul uns”da
8. “Boburnoma” da tasvirlanishicha, Bobur otamdan so`ng kimning sharofati bila taqvodor bo`ldim deydi?
A) Yusuf B) Xoja Ubaydulloh
C) Abullays Samarqandiy D) Xoja Qozi
9.. “Muhokamat-ul lug`atayn” asarida adib fors va turk tilini solishtirar ekan, nechta fe`l nib or-biriga solishtiradi? A) 40 ta B) 100 taC) 70dan ziyod D) 400
10.. “Boburnoma” da tasvirlanishicha, Hirotda qo`shiqni baland, notekis, qo`pol aytardi deb kimga ta`rif berilgan?
A) Mirjon B Mir Badr
C) Hofiz Hoji D) Shodibachcha
11. “Muhokamat-ul lug`atayn” asarida “yig`lamoq” fe`lining qaysi varianti forschada mavjud emas deyiadi?
A) singramak B) o`kirmak
C) ingrmak D)siqtamoq
12. “Boburnoma” da tasvirlanishicha, Hirotda ajoyib chng chalardi deb kimga ta`rif berilgan? A) Mirjon B Mir Badr C) Hofiz Hoji D) Shodibachcha
13.. “Muhokamat-ul lug`atayn” asarida she`riyatda ishlatiladigan qaysi tana a`zosining nomi forschada mavjud emas deyiladi?
A) peshona B) iyak
C) mengiz D) qaboq
14. “Risolai volidiya” Xo`ja Ubaydulloning asarini tarjima qilgan adibnimg aruzga bag`ishlangan asarini toping.
A) Mezon-ul avzon B) Muxtasar
C) Mubayyin D) Nazmul javohir
15. Bobur Navoiy tog`risida “olti masnaviy hatm qilibdur” degan, qaysi asarlar unga kirmaydi?
1- Nasoyim ul muhabbat 2. Nazm-ul javohir 3. Sabbai sayyor 4. Farhod va Shirin 5. Mantiq-ut tayr 6. Layli va Majnun
A) 1,2,3 B) 1,2,5 C) 1,2,3,6 D) barchasi kiradi
16.. “Boburnoma” da tasvirlanishicha, Bobur Hirotdagi 20 kunlik sayr davomida unga yo`lbochlovchilik qilgan kim edi?
A) Kosimbek B) Zunnun Arg`un
C) Yusuf Hoji D) Yusuf Ali ko`kalddosh
17.. “Boburnoma” da tasvirlanishicha, Alisher Navoiyning uyi qanday atalgan?
A) Dorul baqo B) Unsiya
C) Dorul huffoz D) Davlatxona
18.. “Muhokamat-ul lug`atayn” asarida keltirilgan “shirdog`, yog`lig`” so`zlarining ma`nosini toping.
A) bosh kiyimlari B) mansab
C) taom turlari D) ish quroli
19. “Boburnoma” da tasvirlanishicha, Navoiy Hitorda qurdirgan maqara nomi qanday?
A) Qudusiya B) Unsiya
C) Dorul huffoz D) Ixsoliya
20. “Muhokamat-ul lug`atayn” asarida kletirilgan “yaka, yobu, totu” so`zlari qaysi so`z turkumi ?
A) sifat B) ot
C) ravish D) yordamchi so`z turkumlari
21. “Boburnoma” da tasvirlanishicha, Shayx Zayniddin kimning ustidan qozinilgan g`alabani “podshohi islomiy” deb ta`rixni bitadi? ?
A) Hasan chapani
B) Raana Sango
C) Do`st Saripuliy
D)Muhammad Husayn
22. “Nasoyim ul muhabbat” asarida keltirilgan “Har bir narsaning zangi bo`ladi, qalb zangi esa to`yib ovqatlanish” degan fikr qaysi ijodkorga tegishli?
A) Abu So`fyon B) Beruniy
C) Abu Doroniy D) Hakimshoh Qavziniy
23.. Navoiyning qaysi asari axloqiy didaktik g`oyalar targ`ibiga bag’ishlangan bo`lib , u ayrim hadislarning she`riy talqinidir?
A) Nasoyim ul muhabbat B) Nazm-ul javohir C) Arbain D) Munojoot
24.. “Boburnoma” da tasvirlanishicha, Boburga Humoyundan kelgan xatda nima menga yoqmadi deydi?
A) Hunoyunning hindlardan uylangani
B) Humoyunning o`z o`gli`ga A`lamon deb ism qo`yishi
C) Humoyunning Chinor qa`lasining dushman qo`liga topshirishi
D) barcha javoblar tog`ri
25. Navoiyning “Xamsa” asari tog`risida qaysi ijodkor “Yaxshiyam, Navoiy o`z “Xamsa”sini urkiy tilde yozdi” deb ta`rif beradi?
A) Qavziniy B) Doroniy
C) Jomiy D) Xondamir

10-sinf ona tili 2-chorak testlari:


1. Bo`lishsizlik qo`shimchasi ham yetakchi, ham ko`makchi fe`lga qo`shilsa, qanday ma`no ifodalaydi?
A. Inkor ma`nosi B. Qat`iy tasdiq ma`nosi
C. Ta`kid ma`nosini D. Manmanlik ma`nosini
2. Quyidagi “ayyor” so`zining ma`nodoshlaridan qaysi so`z shakli folklor asarlarda va ayrim shevalarda uchraydi?
A. Maston B. Makkor C. Hiylagar D. Shayton
3. Shaxs va narsa predmetlarga nisbatan qo`llana oladigan “asil” so`zining ma`nodoshlarini ko`rsating.
A. Sara, sarxil, mumtoz B. Sara, xil, sarxil
C. Asil, sara, xil D. Asil, xil, mumtoz
4.Qaysi uslublarda so`zlarning odatdagi tartibi, asosan, qat`iy saqlanadi?
A. Ilmiy va badiiy uslubda B. Rasmiy va publitsistik uslubda
C. Ilmiy va rasmiy uslubda D. Rasmiy va badiiy uslubda
5. Qaysi gapda “do`stim ” so`zit a`kidlanib, mantiqiy urgu olgan?
A. Do`stim kecha kutubxonaga nodir kitobni o`qish uchun bordi.
B. Kecha kutubxonaga nodir kitobni o`qish uchun do`stim bordi.
C. Do`stim nodir kitobni o`qish uchun kecha kutubxonaga bordi.
A. Do`stim kutubxonaga nodir kitobni o`qish uchun kecha bordi.
6.“Bajarmoq” so`zining kitobiy uslubga xos shaklini ko`rsating.
A.Ado etmoq B. bajarmoq C. Bajo qilmoq D. O`tamoq
7.Haqiqat hech qachon egilmaydi. Ushbu darak gapdagi qo`shimcha ma`noni aniqlang.
A. Xabar B. Orzu- umid C. Sevinch D. Ishonch
8.Gapning ifoda maqsadiga ko`ra qaysi turi ilmiy va rasmiy uslublarda his- hayajonsiz qo`llanadi?
A. Darak gap B. So`roq gap C. Buyruq gap D. Istak gap
9.Boshliq so`zining sinonimlarining qaysi asosan, “davlat idoralarining boshchilari” ma`nosida qo`llanadi?
A. Rahbar B. Sardor C. Katta D. Boshchi
10. Ritorik so`roq gaplardan asosan qaysi nutqiy uslublarda foydalaniladi?
A. So`zlashuv uslubida B. Badiiy uslubda
C. Publitsistik uslubda D. A, B, C javoblar to`g`ri
11. Gap boshida kelgan undalmalar qanday ma`noni ifodalaydi?
A. Chaqiriq, murojaat B. Mehr va hurmat C. Piching va kinoya D. Undalmalarning o`rniga emas, ohangiga qarab ma`no uqiladi.
12.Kirishlar qaysi uslubda deyarli qo`llanmaydi?
A. So`zlashuv B. Badiiy uslub C. Publitsistik uslub D.Rasmiy uslub
13. So`zlovchining bayon qilinayotgan fikrga qo`shimcha izohi, to`ldiruvchi ma`lumotni ifodalovchi bu …… deyiladi.
A. Kiritmalar B. Kirish so`zlar C. Undalmalar D. Qoshma so`zlar
14. “Jilmaymoq” so`zining ma`nodoshlaridan qaysilari uslubiy jihatdan neytral hisoblanadi?
A. Tirjaymoq, iljaymoq B. Ishshaymoq, jilmaymoq
C. Irjaymoq, tirjaymoq D. Jilmaymoq, iljaymoq
15.Qo`shma gaplar uslubiyatiga doir qaysi hukm noto`g`ri?
A. So`zlashuv uslubida qo`shma gaplarning, asosan , bog`lovchisiz turi ishlatiladi. B. Ilmiy va rasmiy uslublarda mazmunan to`liq va aniq ifodalash ehtiyoji bilan qo`shma gaplarning bog`lovchili turi afzal ko`riladi.
C. Badiiy va publitsistik uslublarda xilma- xil ma`no nozikliklari uslubiy bo`yoq, tasviriylik zaruriyatiga qarab, qo`shma gaplarning har ikki turidaqo`llanaveradi. D. So`zlashuv nutqida uzun va tarkibi murakkab jumlalarni tuzish imkoniyati chegaralanmagan. Bu uslub qo`llanadigan nutqiy sharoit ham bunga yo`l qo`yadi.
16. “Deb” so`zi yordamida ergashgan qo`shma gaplar qanday mazmunni ifodalaydi?
A. Sabab va maqsud mazmunini B. Payt va shart mazmunini
C. To`siqsizlik va zidlik mazmunini D. Shart va sabab mazmuini
17. Gap bo`laklarining odatdagi tartibi qanday bo`ladi?
1) kesim odatda gapning oxirida keladi; 2) hol kesimdan oldin turadi; 3) hol egadan oldin turadi; 4) to‘ldiruvchi kesimdan oldin turadi;
5) aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi.
A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 2, 4 C) 1, 3, 4, 5 D) 1, 3, 4
18. Azob, aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam.
Berilgan sinonimlardan qaysi biri keng tushunchaga ega, u «ruhiy va jismoniy qiynoq» ma’nosida ham, «o‘zga tomonidan bo‘ladigan, shuningdek, biror narsadan bo‘ladigan qiynoq» ma’nosida ham qo‘llanaveradi?
A) azob B) aziyat C) jabr D) zahmat
19. Jilmaymoq so`zining qaysi sinonimida salbiy baho kuchli?
A) tirjaymoq B) irshaymoq C) irjaymoq D) ishshaymoq
20. Qaysi so`roq gapda hayrat va taajjub ma’nosi ifodalangan?
A) Shunaqayam bo‘ladimi?! B) Men g`olib bo`ldimmi?
C)Vaqtida yetib bora olarmikanmiz?D)Bu kishi kimingiz bo‘ladir, bek aka?
21. Zupta so`zining sinonimi qaysi javobda berilgan?
A) chaqqon B) kichik C) pishiq D) asil
22. O‘tmish tajribamdan bilaman // bunaqa xat olgan birorta qiz-juvon rad etgan emas! Ushbu gapda qo`shma gap qismlari orasida qaysi tinish belgisi qo`llanadi? A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul
23. Qaysi gaplarda qatnashgan undalmalarning emotsionallik bo`yog`i ortiqroq?
1. Qani, To‘xta xola, gapiring! 2. Ko‘p bema’ni ish qilibsiz-da, o‘g‘lim! 3. Uydagilar yaxshi o‘tirishibdimi, Xolida? – dedim uning qadamiga qarab
ohista borarkanman. 4. Hurmatli o‘rtoq Saidova, «Yoshlik» kompleks binosining jyuri a’zolari sizning loyihangiz bilan tanishib chiqdi. Jyuri sizga shu loyiha uchun birinchi mukofot berilishini loyiq topdi...
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3
24. Qaysi gapda o’zgargan tartib ta’sirchanlikni yuzaga keltirgan?
A.Gavhar undi ona tuproqdan ,Qutlug’ bo’ldi muazzam bu yer
B.Mutolaa inson hayotida muhim o’rin tutadi.
C.Kitob o’qimagan talaba darslarni tushunmaydi, quruq yodlashga moyil boladi.
D.O’zbek tilshunosligining amaliy bo’limlaridan biri orfoepiyadir.
25. Kulliyot so’zining ma’nosi qaysi qatorda berilgan?
A.Bir adabiy turga mansub asarlar majmuyi, she’riy to’plam
B.O’quv yurtlari C.Me’moriy bezak, san’at asari D.Turli inshootlar
Download 24.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling