10-sinf Adabiyot


Download 36.5 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi36.5 Kb.
#1054436
Bog'liq
12321zahiriddin muhammad bobur mavzusida d


Nukus Shahar №4-sonli
kar va zaif eshituvchi bolalar maktabi
tariyx fani oqituvchisi Kojamuratova Karshiganig
1 soatlik ochiq dars ishlamasi


Tema: Zahiriddin Muhammad Bobur
Darsning mavzusi: “Boburnoma” asari
Darsning maqsadi: O'quvchilarga Bobur hayoti va ijodining qirralarini orgatish.
Talimiy: “Bonurnoma” asarini o’qib,matn ustida ishlash jarayonida o’quvchilarda tinglab tushinish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish kabi nutqiy, asar syujetida aks etgan nutq tiplarini, tasvir, mulohazalarni o’zgalarga tushintirib berish, tasvirlangan voqea hodisalar, obrazla tizimiga munosabat bildirish kabi matn tahlili,kompetensiya elementlarini shakllantirish;
Tarbiyaviy: O’quvchilarga “Boburnoma” asari orqali boy ijodiy merosimiz haqida hamda o’quvchilarda ezgu insoniy fazilatlarni rivojlantirish, kommunikativ axborot bilan ishlash, o’zini-o’zi rivojlantirish kabi tayanch kompetensiya elementlarini shakllantirish.
Rivojantiruvchi: O’quvchilarni badiiy adabiyotga bolgan qiziqishlarini va ogzaki nutqini ostish.
Dars turi: bilimlarni kengaytiruvchi
Darsning usuli: mustahkamlash-musobaqa.
Darsning jihozi: tehnik vositalar, slaydlar, “Boburnoma” asari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Manaviy daqiqa.


Darsning shiori: “Doim olga intilish”

  1. Zahiriddin Muhammad Bobur kim?

2. “Boburnoma” haqida ma’lumot bering?
3. “Boburnoma”da Bobur otasiga qanday ta’rif beradi?
4 .“Boburnoma”da Alisher Navoiyga qanday ta’rif beradi?
5. Ilm ahliga ta’riflarni ayting?
6. “Mening ko’nglimki….” deya boshlanuvchi gazali haqida gapiring?
7. Z. M. Boburga berilgan sifatlar?
8. Z.M. Boburning ijodiy merosi haqida gapiring?
9. “Boburnoma”da adabiyot va sanat ahli ilm-marifat kishilaridan qaysilariga munosib orin berilgan?
10. Bahru-bayt.
Yuqoridagi savollar asosida o’quvchilar oz bilimlarini ostirishadi, bellashuv jarayonida har bir savolga toliq javob berilishi shart. Agarda birinchi guruh azolari savolga javob berisha olmasa raqib jamoa savolni toldirishi mumkin.
Oyin jarayonida faol guruh azolari javoblari hisoblab boriladi. Oyin songida golib guruh aniqlanadi.
Darsni mustahkamlash:
Ijodida samimiylik, hurfikrlik, betakrorlik va bazan mahzunlik kabi tuygular ufurib turgan serqirra ijodkor Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-1530-yillar davomida yashab ijod qilgan. 12-yoshida Fargona taxtiga otirgan va hayotining asosiy qismini jang-u jadallarda otkazgan. Oz yurtida bobosi Amir Temur kabi buyuk saltanat qurish orzusi amalgam oshmadan, ozga yurtda –Hindistonda buyuk Imperiya qurgan.
Bobur faoliyati davomida bir zum ham izlanishdan to’xtamay, tengsiz, takrorlanmas, teran fikrlar bilan ozbek mumtoa adabiyoti va jahon adabiyotiga ulkan adabiy meros qoldirdi. Jumladan:”Boburnoma” nomli tarxiy-qomusiy asarining oziyoq bunga yaqqol dalil boladi.
Buyuk allomaning “Boburnoma” asari ozbek va jahon adbiyotining durdona asariga aylanib qoldi. Bu asarni muallif “Boburnoma” deb emas, balki “Vaqoyi” deb atagan. Xusuan, quyidagi ruboiysida ham, buni etirof etib, asar qimmatini takidlab otgan:
Bu olam aro ajab alamlar kordim,
Olam eliding turfa sitamlar kordim.
Har kimki bu “Vaqoyi”ni oqur bilgaykim,
Ne ranj-u, ne mehnat-u, ne gamlar kordim.
Ushbu qomusiy asar 1494-1529-yillar orasida Movorounnaxr, Huroson, Afg’oniston, Hindiston kabi yirik hududlarda roy bergan tarixiy voqealar haqida malumot beradi. Unda temuriylar tanazzuli, xonlarning hukmdorlikni oz qoliga olishi, temiriylar songgi vakilining taqdiri, qismati va kechinmalari, toj-u taxt uchun kurash tarixi bilan tanishtiradi.
“Boburnoma”da uning yosh, tajribasiz sarkardadan janggoh past-u balandini shaxmat taxtasidek aniq koruvchi, lashkarni uning donalaridek bexato joylashtiruvchi, bobosi Amir Temur kabi salohiyatli, tadbirkor sipohigarga aylangunicha bolgan umr daftarining ifodasini korishimiz mumkin.
Oquvchilarni baholash: Dars songida aktiv oquvchilar baholandi.
Uyga vazifa: “Boburnomadan olgan taassurotim mavzusida insho yozish.
Download 36.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling