10-Sinf Fizika darsligi bo`yicha fizik diktant
Download 18.15 Kb.
|
10-sinf fizik diktant
10-Sinf Fizika darsligi bo`yicha fizik diktant Jismning tinch holatini yoki harakat tezligini o`zgartirmaydigan kuchlar ………….. kuchlar deyiladi. Jism tezligining o`zgarishiga sabab bo`ladigan kuchlar …………. kuchlar deyiladi. Jismga ta`sir qiluvchi kuchlarning vector yig`indisi shu kuchlarning …………..si deyiladi. Markazga intilma kuch jismning chiziqli tezlik vektoriga tik yo`nalgan bo`lib uni …………… harakatga keltiradi. Markazga intilma kuch chiziqli tezlik vektorining yo`nalishini o`zgartiradi, ammo uning ……………ni o`zgartirmaydi. Yer jismlarni o`ziga tortishi haqida ………….., …….. ,………. kabi olimlar ko`plab ilmiy tadqiqot ishlarini olib brogan. Jismning Yer sirti yaqinida aylana trayektoriya bo`ylab harakatlanishi uchun zarur bo`lgan minimal tezlik …………… tezlik deyiladi. Jism yerning tortish kuchini yengib Quyoshning sun`iy yo`ldoshi bo`lib qolishi uchun zarur bo`lgan minimal tezlik ……….. tezlik deyiladi. Jismning tayanchga yoki osmaga ko`rsatadigan ta`siri ………… deyiladi. Faqat gravitatsiya kuchi ta`sirida erkin harakatlanayotgan har qanday jism ………. holatida bo`ladi. Jismni harakatlantirish uchun tortuvchi kuch tinchlikdagi ishqalanish kuchidan …………… bo`lishi kerak. Kundalik turmushda jismlar ………… sirt bo`ylab va ba`zan ……….. bo`ylab harakatlanadi. Qiya tekislikdagi jismga doimo qiya tekislik bo`ylab pastga yo`nalgan og`irlik kuchining ……… bo`yicha tashkil etuvchisi ta`sir etib turadi. Qiya tekislikda turgan jismga boshqa boshqa jismlar ta`sir etmasa , u faqat ……….. kuchi, sirt bilan jism orasidagi ……….. kuchi va sirtning normal reaksiya kuchlari ta`sirida bo`ladi. Og`irlik kuchi jismning …………….ga qo`yiladi. Massa markazi jism yoki jismlar sistemasining barcha qismlari massalari to`plangandek tuyuladigan nuqta bo`lib, bu nuqtaga jism yoki ………………. deyiladi. Jism muvozanat vaziyatidan chiqarilib qo`yib yuborilganda uni dastlabki vaziyatga qaytaruvchi kuch hosil bo`lsa , jismning bunday muvozanatiga ………….. deyiladi. Jism muvozanat vaziyatidan chiqarilib qo`yib yuborilganda uni dastlabki muvozanat vaziyatidan yanada ko`proq uzoqlashtiradigan kuch hosil bo`lsa, jismning bunday muvozanatiga …………… deyiladi. Jism muvozanat vaziyatidan chiqarilib, qo`yib yuborilganda uning vaziyatini o`zgartiradigan hech qanday kuch hosil bo`lmasa , jismning bunday muvozanatiga ……………….. deyiladi. Aylanish o`qidan kuchning ta`sir etish chizig`igacha bo`lgan eng qisqa masofa ……………. deyiladi. Aylanish o`qiga ega bo`lgan jismga qo`yilgan kuch va kuch yelkasining ko`paytmasi …………………. deyiladi. Yo`nalishi qarama-qarshi, kattaliklari teng, lekin bir o`qda yotmaydigan kuchlar ……………… deyiladi. Muayyan vaqt oraliqlarida vaziyati davriy ravishda takrorlanib turadigan harakatga ……………… deyiladi. Muvozanat vaziyatidan chiqarilib, qo`yib yuborilgach, jismning ichki kuchlar ta`siridagi tebranma harakati …………. deyiladi. Tashqi davriy kuch ta`sirida bo`ladigan tebranishlar …………… deyiladi. Tebrabma harakat qilayotgan jism birmarta to`liq tebranishi uchun ketgan vaqt ………………… deyiladi. Vaqt birligidagi tebranishlar soniga teng bo`lgan fizik kattalik ………….. deyiladi. Jismning 2π sekunddagi tebranishlari soni bilan tavsiflanadigan kattalik ………….. deyiladi. Tebranayotgan jismning muvozanat vaziyatidan uzoqlashish masofasi uning ………….. deyiladi. Tashqi davriy kuch ta`sirisiz ichki manba energiyasi hisobiga yuzaga keladigan so’nmas tebranishlar ………………….. deyiladi. Parametrlari sinus yoki cosinus qonuniyati bo’yicha o’zgaruvchi tebranma harakat ……………... deyiladi. Prujinaga mahkamlangan jism va elastiklik kuchi ta’sirida tebranma harakat qiladigan Sistema ………………… deyiladi. Cho’zilmaydigan vaznsiz uzun ipga osilgan jism va og’irlik kuchi ta’sirida tebranma harakat qiladigan Sistema …………….. deyiladi. Mexanik tebranishlarning muhitda tarqalishi …………….. deyiladi. ……………… larda muhit zarralari to’lqin tarqalish yo’nalishida tebranadi. ……………..larda esa muhit zarralari to`lqinning tarqalish yo`nalishiga tik yo`nalishda tebranadi. ………………si muhit zarralarining tebranish chastotasi bilan tushuntiriladi. ……………….-gaz suyuq yoki qattiq muhitda tarqaladigan elastic muhit zarralarining tebranma harakatidir. Chastotasi 20 000 Hz dan katta bo`lgan tovush to`lqinlariga ……………… deyiladi. Chastotasi 17 Hz dan kichik bo`lgan elastic to`lqinlar …………… deyiladi. Suyuqlik yoki gazlarning qatlam-qatlam bo`lib oqishi …………… deyiladi. Suyuqlik yoki gazlarning uyurma, girdob hosil qilib oqishi ………….. deyiladi. Suyuqlik yoki gaz aylanuvchi jism atrofidan oqib o`tganda sodir bo`ladigan fizik hodisaga ………….. deyiladi. Bernulli tenglamasiga asosan, suyuqlik oqayotgan nayning keng qismida ………….. bosim kichik, ………….. bosim esa katta bo`ladi. Oqayotgan suyuqlikning idish devoriga beradigan bosimi suyuqlikning …………………………………ga bog`liq bo`ladi. Download 18.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling