10-sinf. Geometriya
Mavzu: Fazoda parallel va to’g’ri chiziqlar. To’g’ri chiziq va tekislik parallelligi.
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy: O’quvchilarga fazoda parallel va ayqash to’g’ri chiziqlar, to’g’ri chiziq va tekislik parallelligi haqida ma’lumot berish, hamda ularni masalalar yechishda qo’llashga o’rgatish.
b) tarbiyaviy: O’quvchilarda mavzu orqali geometriya faniga qiziqishlarinini yanada oshirish. Geometriya fanini kundalik turmush bilan bog’lab o’quvchilarga aqliy tarbiya berish, chizmalarni chizishda estetik tarbiya berish.
v) rivojlantiruvchi: Miyaga hujum orqali xotirani mustahkamlash.
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
Fazoda parallel va ayqash to’g’ri chiziqlar ta’riflarini aytib beradilar.
To’g’ri chiziq va tekislikning parallelligi ta’riflarini aytib beradilar.
Mavzuga oid ta’rif va teoremalarni bir biridan farqini aniqlaydilar.
Ta’lim metodlari: Amaliy ish, Pinbord .
Ta’lim vositalari: Aqliy hujum, Insert jadvali.
Baholash mezonlari: 5 – ballik tizimda
Axborot manbalari va texnik vositalari: Fazoda parallel va ayqash to’g’ri chiziqlar, to’g’ri chiziq va tekislik parallelligiga oid formulalar va chizmalar ko’rsatilgan plakat, Geometriya 1-qism (I. Isroilov, Z. Pashayev), kadoskop
Dolzarblashtirish: Mavzuni dolzarbligi hozirgi vaqtda test tayyorgarligida fazoda parallel va ayqash to’g’ri chiziqlar, to’g’ri chiziq va tekislik parallelligiga doir yangi masalalarni yechishda qo’llash, mustaqili shlarni bajarishda fazoda parallel va ayqash to’g’ri chiziqlar, to’g’ri chiziq va tekislik parallelligidan to’g’ri foydalanish
Yangi tushuncha va hatti-harakat usullarini shakllantirish: Oldindan mavjud tushunchalarni yanada mustahkamlash hamda yangi tushunchalarni rivojlantirish. Bunda asosiy muammo fazoda parallel va ayqash to’g’ri chiziqlar, to’g’ri chiziq va tekislik parallelligini farqlay olish va ularni test jarayonida to’g’ri foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |