10-sinf jahon tarixi 2017-yil darslik asosida mavzulashgan test savollari
Tuzuvchi: Toshkent shahar Olmazor tumani
Download 422 Kb.
|
10 jahon mavzulashtirilgan test
Tuzuvchi: Toshkent shahar Olmazor tumani
28-maktab Tarix fani o`qituvchisi Shozodbek Normurodov 6-MAVZU. 1918-1939-YILLARDA GERMANIYA (36 ta) 1. Ma’lumki, Birinchi jahon urushida Germaniya mag’lubiyathga uchragach mamlakatni inqilobiy voqealar sodir bo’ladi. Inqilob qaysi shaharda dengizchilarning qo’zg’olonidan boshlangan? A) Berlin B) Bonn C)* Kil D) Veymar 2. Tarixiy haqiqatga muvofiq kelmaydigan javobni belgilang. A) 1918-yil noyabrga kelib g‘alayonlar Germaniyaning barcha yirik shaharlarini qamrab oldi. B)* Noyabr inqilobi g‘alaba qozonib, Germaniya konstitutsiyaviy monarxiya deb e’lon qilindi. C) inqilobdan so’ng, Fridrix Ebert boshchiligida yangi hukumat tuzildi. D) inqilobdan keyin Ta’sis majlisiga o‘tkazilgan saylovlarda asosiy o‘rinlami liberal va konservativ partiyalar vakillari egalladi. 3. Germaniyada Та’ sis majlisi qachon inqilobiy ommaning demokratik talablarini qoniqtiruvchi konstitutsiyani qabul qiladi? A) 1919-yil 8-noyabr B) 1920-yil 10-avgust C) 1918-yil 28-iyun D)* 1919-yil 31-iyul 4. Konstitutsiya Taʼsis majlisi tomonidan qaysi shaharda qabul qilingan edi? A) Kil B )* Veymar С) Berlin D) Bonn 5. _______ fransuzlar Germaniyaning Rur viloyatiga bostirib kirdi. A)1919-yilda B)* 1923-yilda C) 1926-yilda D) 1922-yilda 6. _____Yevropa mamlakatlari ichida eng qadrsiz pul Germaniyada edi. A) 1921-yil boshida B) 1922-yil o’rtasida C)* 1923-yil oxirida D) 1924-yil boshida 7. Charlz Daues millati(a) va kasbi(b) to’g’ri berilgan javobni aniqlang. A) a- ingliz; b-o’qituvchi B) a-meksikalik; b-advokat C) a-nemis; b-uchuvchi D)* a-amerikalik; b-bankir 8. Qachon Charlz Daues boshchiligidagi qo‘mita xalqaro moliya-kredit va savdo munosabatlarini tiklashning strategik rejasini qabul qiladi? A) 1923-yilda B) 1924-yilda C) 1925-yilda D) 1926,yilda 9. Kapitalistik dunyoda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni taminilish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan rejasi uchun Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan shaxsni belgilang? A) E. Errio B)* CH.Daues C) A. Gitler D)Gindenburg 10. Germaniyada Adolf Gitler boshchiligidagi Germaniya notsional-sotsialistik ishchi partiyasi qachin paydo bo'lgan? A) 1918-yil B)* 1919-yilda C) 1920-yilda D) 1921-yilda 11. Noto’g ’ri hukmni aniqlang. A)* Germaniya natsional-sotsialistik ishchi partiyasining Italiyada paydo bo’lgan fashizmga to’g ’ridan to’gʼri aloqasi bor B) Rur inqirozidan so‘ng «Daues rejasi»ga reparatsiya va Yevropa qarzlari muammosini hal qilishning yechimi sifatida qaralayotgan edi. C) Fashizm so‘zi gitlerchilarga nisbatan faqat odat yuzasidan qo‘llaniladi. U dunyodagi deyarli barcha xalqlar tillariga kirgan. D) Germaniyada italyan tipidagi natsizm emas, fashizm shakllandi. 12. “Pivo isyoni” yuz bergan kunni belgilang. A) 1922-yil 10-noyabr B) 1922-yil 9-noyabr C)* 1923-yil 8-noyabr D) 1924-yil 10-noyabr 13. Germaniyada “Pivo isyoni” qaysi shahardagi pivaxonada odamlar yig’ilishidan boshlangan? A) Berlin B) Frankfurt C)* Myunxen D) Kil 14. “Pivo isyoni” yuz bergan kun, bahaybat pivoxonada qancha odam yig’ilgan bo’lgan? A) 5000 dan ortiq B)* 3000 ga yaqin C) 1000 dan ortiq D) 10000 ga yaqin 15. “Pivo isyoni”ni uyushtirga Gitler boshchiligidagi fashistlar________ da hokimiyatni egallab, Berlinga qarshi yurish uyushtirishga urinib ko’rdilar. A) Myunxenda B)* Bavariyada C) Rimda D) Gamburgda 16. “Pivo isyoni”da qancha natsist o’ldirildi? A)* o‘nga yaqin B) yuzga yaqin C) yigirmadan ortiq D) ellikdan ortiq 17. Quyida “Pivo isyoni” haqida berilgan izohlardan qaysi birida tarixiy xatolikka yo’l qo’yilgan? A) Muvaffaqiyatsizlik bilan tugashiga qaram asdan, aynan «pivo isyoni» natsistik partiyani uniumgermaniya miqyosidagi siyosiy kuchga aylantirdi. natsistlaming hokimiyatga kelish uchun birinchi urinishi edi. C) Gitler va boshqa tashkilotchililari turli muddatga qamoqqa tashlandi. D)* isyon Gitler va uning tarfdorlari nufuzini oshirib, Gitler reyxskansler lavozimiga saylandi. 18. Germaniyada 1932-yil aprelda bo‘libo‘tgan prezidentlik saylovlarida g’olib chiqqan(a) va undan ,sal ortda qolgan(b) nomzodni belgilang. A) a- Getler b- Eyzenxauer B) a- Errio b- Gindenburg C)* a- Gindenburg; b- Gitler D) a- Merkel b- Shmidt 19. 1932-yil aprelda Reyxstagga bo‘lib o‘tgan saylovlarda ____________ g‘olib chiqib, eng yirik parlament partiyasiga aylandi. A) katolik markaz B) GSDP C)* natsional-sotsialistlar D) radikal-fuqaro 20. Prezident Paul fon Gindenburg reyxstagda eng katta fiaksiyaga ega bo‘lgan natsionalsotsialistlar yo‘lboshchisi A. Gitlerni qachon reyxkansler lavozimiga tayinlaydi? A)* 1933-yil 30-yanvarda B) 1934-yii 30-avgustda C) 1932-yil 20-aprelda D) 1930-yil 10-noyabrda 21. Qachon Gitler Germaniyaning fyureri deb e’lon qilindi?
A) 1932-yil B) 1933-yil C)* 1934-yil D) 1935-yil 22. Germaniyada Prezidentlik lavozimi bekor qilingan va Veymar respublikasi amalda faoliyatini yakunlagan yilni aniqlang. A) 1932-yil B) 1933-yil C)* 1934-yilD) 1935-yil 23. Getler totalitar rejimining asosiy maqsadi_________ A) Germaiiiyani iqtisodiy inqirozdan olib chiqish B) "noraso irqlami» bo‘ysundirish C) katta hududlami egallash D)* B,C 24. 1936- 1939-yillari Germaniyada amalga oshirilgan ishlar xato berilgan javob variantini toping. A) Germaniya iqtisodiyoti to‘liq urush maqsadlariga bo‘ysundirildi. B)* harbiy xarajatlar 100 barobar oshirildi. C) qo‘shinlar soni 1914-yil darajasiga yetkazildi. D) harbiy-dengiz floti isloh qilindi. 25.__________ umumiy harbiy majburiyat to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. A) 1936-yilda B) 1937-yilda C)* 1935-yilda D) 1939-yilda 26. Germaniyadagi totalitar rejimga ittifoqchi bo’lgan totalitar davlatlami toping. A) Angliya va Fransiya B) AQSH va Buyuk Britaniya C) Bolgariya va Italiya D)* Italiya va Yaponiya 27. Quyida berilgan ma’lumotlardan qaysi birida tarixiy xatolikka yo’l qo’yilgan. A) 1937 - 1938-yillari gitlerchilar rejimining asosiy siyosati Germaniyani total ravishda urushga tayyorlash, mavjud mehnat va moddiy resurslarni to‘liq safarbar qilish boʼlib qoldi. B)* 1937 - 1938-yillari iqtisodiy o‘sishda erishilgan yutuqlar va ijtimoiy siyosat gitlerchilar rahbariyatiga Germaniyada ichki holatni barqarorlashtirish imkonini bermadi
C) «Germaniyadagi nemislaming taqdiri haqida g‘amxo‘rlik» Ikkinchi jahon urushining boshlanishi uchun bahona bo‘ldi. D) 1939-yil 1-sentabrda Germaniya Polshaga bostirib kirdi. Ikkinchi jahon urushi boshlandi. 28. Germaniya tomonidan Avstriya anshlyus qilingan(a) va Chexoslovakiya ham qo‘shib olingan(b) yillar aniq berilgan javobni belgilang. A) a-1939-yil; b-1938-yil. B) а-1937-yil; b-1938-yil. C) a-1939-yil; b-1940-yil. D)* a-1938-yil; b-1939-yil. arafasida Yevropadagi eng katta armiyani shakllantira olgan davlat qaysi?
A) Angliya B) Italiya C) SSSR D)* Germaniya 30. Fyurer_______ A) hukumat boshligʻi B)* dohiy C) parlament D) president 31. Reyxstag__________ A) hukumat boshlig’i B) dohiy C) parlament D) prezident 32. Reyxkansler ________ A)* hukumat boshlig’i B) dohiy C) parlament D) prezident 33. Qaysi so’z “umumiy”, “yalpi” ma’nolarini anglatadi? A) reyxstag B) fyurer C) natsist D)* totalitarizm 34.____________XX asr hodisasi boʼlib, butun siyosiy tizimning davlatga bo‘ysunishini, jamiyat hayoti va fuqarolar ustidan to‘liq davlat nazorati o‘matilishini nazarda tutadi A) Fraksiya B) Harbiy kommunizm C) Bozor sotsializmi D)* Totalitarizm 35. __________biror-bir partiyaniig parlamentdagi a’zolari yoki siyosiy partiya ichidagi alohida guluh. A)* Fraksiya B) Harbiy kommummn C) Bozor sotsializmi D) Totalitarizm 36. Germaniyada fashizm ommalashgan davr to’g ’ri berilgan javobni belgilang. A)* XX asrning 30-yillari B) XIX asrning 20-yillari C) XVIII asrning 70-yillari D) XX asming 20-yillari Download 422 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling