Xi-xv asrlarda Xitoy


Download 100.5 Kb.
bet1/7
Sana09.01.2022
Hajmi100.5 Kb.
#255423
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
16.Xitoy


XI-XV asrlarda Xitoy

581-yilda Xitoyda yangi Suy imperiyasiga asos solindi. Suy sulolasi hukmronligi Xitoyda 581-yildan to 618-yilgacha davom etgan. Suy sulolasiga Yan Szyan (Yan Jyan) asos solgan bo’lib, u imperator Ven-Di nomi bilan 581-604-yillarda imperiyani idora qildi. Imperator Ven-Di 589-yilda Xitoyning janubi va shimolini birlashtirib, Xitoylik bo’lmagan elatlarning shimoldagi hukmronligiga chek qo’ydi. Suy imperiyasining poytaxti Chanyan shahri bo’lib hozirgi Sian shahriga to’g'ri keladi. Suy imperiyasi ham dehqonlar qo'zg'oloning avj olishi va ichki nizolar natijasida barxam topgan. 618-yildan Tayyuan (hozirgi Shansi viloyati.) noyibi Li Yuan hokimiyatni egallab yangi Tan sulolasiga asos soldi. Suy sulolasining imperatorlari: Ven -Di (Yan Szyan) 581 – 604), Yan - Di (Yan Guan) 604 -617), Gun - Di (Yan Yu) 617-618).



Osiyoning qudratli davlati bo’lgan Tan imperiyasining gullab-yashnagan davri imperator Syuan-Szun (713-755) hukmronlik qilgan paytiga to’g’ri keladi. Avlodlar xotirasida bu davr Xitoy madaniyatining yuksalgan davri sifatida muhrlanib qoldi. VII asrdan mamlakat iqtisodiyotida bir qator yutuqlarga erishildi. Yirik bo’lmagan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish natijasida yerdan foydalalanishda taqsimot o’tkaziladi. Qayta ishlov berilgan yer maydonlari kengayib yetishtirilgan maxsulot turlari ko’paydi. Mamlakat janubida ko’proq shakarqamish yetishtirila boshlandi. Yangi kanal va suv omborlarining qurilishi natijasida oldinlari ishlov berilmay kelingan yerlar ham o’zlashtirila boshlandi. Dehqon kuchi yoki uy hayvoni yordamida harakatga keltirilgan suv charxpalaklari takomillashtirilib ularning qamishdan qilingan suv idishlarini o’rnini sopoldan qilingan yangi xumchalar egalladi. Yerning unumdorligini pasaytirmaslik maqsadida ekinni erta va kech pishar naviga qarab ikki marotaba navbatma –navbat ekib hosil olishgan. Yerning tabiiy holatidan kelib chiqqan holda turli texnikalardan foydalanadilar. Tan sulolasi asosan ikkita hududda yerga ishlov berilishida alohida ahamiyat kasb etgan. Shimolda antropogenetik lanshaft holatidan kelib chiqib, mussonli yomg’irlarning bu hududda ko’p yog’ishi tufayli dehqonlar ham ularning qurol-anjomlari ham qadimdan bu holatlarga moslashib borgan. Dehqonlar mavsumiy jarayonlarga moslashgan holda hosilning pishganligini uni qachon terib olish lozimligini juda yaxshi bilganlar.Davlatning maqsadli ravishda yerdan foydalanishi qishloq maxsulotlari yetishtirish an’analariga e’tibor qaratishi tufayli hosildorlik o’sdi. Donli ekinlardan olinadigan hosildorlik ham ko’paydi.Janubda esa antropogen ta’sirlar bo’lgan bo’lsada ammo hosildorlik shimolga nisbatan pastroq edi. Bu hudud uncha chuqur bo’lmagan vodiylardan iborat tog’li hudud bo’lib asosan tog’ yon bag’rlarida shoxli uy hayvonlari yordamida sholi ekinlar yetishtirilgan. Xo’jalikda bunday yondashuvda suv tejamkorligiga erishildi, yerning qora tuproq qatlami yaxshilandi. Rivojlanishning intensiv yo’lidan borilib, bu hol natural ko’rinishga o’xshab keta boshladi. VII asr davomida aholining soni ham anchagina ko’paydi. Oldingi qishloqlar o’rnida shaharlar soni osha boshladi. Zamonaviy mehnat taqsimoti tufayli hunarmandchilik rivojlanib bu hol mamlakatning yanada rivojlanishiga turtki bo’ldi. Yerdan foydalanishdagi bunday yondashuv tufayli davlat ham o’zining yer ustidan boshqaruvni o’z qo’liga oldi, undan yig’iladigan soliqlarni nazorat eta boshladi. Natijada davlat g’aznasi doimiy mablag’ bilan to’ldirildi. Ammo VII-VIII asrlarda agrar munosabatlarda bunday o’zgarishlarning sodir etilishi tufayli nazorat tizimi yirik yer egalarini tartibga solishga qodir kuch topa olmay qoldilar. Mamlakatda ta’siri katta bo’lgan xususiy yer egalari, savdogarlar, mansabdor shaxslar har qanday yo’l bilan bo’lsada hattoki zo’rlash yo’li bilan yerlarni o’zlariga tortib ola boshladilar. Masalan ular dambalar, kanallar, suv omborlari qurgan holda suvni boshqa tomonga burib yuborib natijada dehqonlar yerlari suvsiz qolib keta boshladi. O’z yerini tashlab ketishga majbur bo’lgan dehqonlar ijarachilarga aylanib, yer egalariga qaram bo’lib qola boshladilar. Buning ustiga imperatorlik uylari ham ko’p hollarda o’z qarindoshlariga ta’siri katta obro’li shaxslarga bunday ,,guan-tyan’’ deb nomlanuvchi yerlarni bo’lib berib bu yerlarning bir qismi ijaraga berila boshlandi. Davlat yerlarining bunday yo’l bilan kamayib borishi natijasida g’aznaga tushadigan pullar kamayib bordi. Tinimsiz chiqarilgan Imperator farmonlarida yerga cheksiz ega bo’luvchilar soni ortib ketdi. Ammo bunday yirik yer egalariga qarshi choralar ko’rila boshlandi. Maxsus komissiya tuzilib dehqon yerlarini suv omborlar qurgan holda suvdan mahrum qilganlar qattiq jazolana boshlandi. 736-yilda chiqqan maxsus edikt qonuniga ko’ra dehqonlardan o’z yeriga qaytish so’ralib soliq imtiyozlari berish va`da qilindi. Soliq to’lovchilarning sonini oshirish maqsadida hattoki Imperatorlik uyi dehqonlarni harbiylarga aylantirmoqchi bo’lishdi. Ammo bazi-bir dehqonlar orasida norozichilik kayfiyati kuchayib uni oldini olish qiyinlashib bordi.O’z yeridan qochib ketgan dehqonlar hali hamon soliq to’lovchilar sifatida ro’yxatda tursalarda, ammo ular soliq to’lamay qo’yishdi. VIII asrda agrar o’zgarishlar bilan bir qatorda sulolaviy inqirozlar yuz bera boshladi. Birinchi navbatda g’aznaga qishloq xo’jaligidan kelayotgan tushum sezilarli darajada pasaydi. Imperiya o’zining oldingi vassallik hududlaridan ayrila boshladi. 751-yilda Talos vodiysida arablar bilan bo’lgan jangda mag’lubiyatga uchragan Xitoy buyuk ipak yo’lida oldingi tutgan mavqeyidan ayrildi. Undan oldinroq Koreya ham Tan sulolasidan ajralib chiqqan edi. Shimoliy-sharqda Xitoy yer egaligiga Kidan qabilalari xavf solmoqda edi. Janubi-g’arbda (yunan) da Nanchjao davlati kuchaydi. Tibetliklar va uyg’urlar hujumi ham nihoyasiga yetmadi. Xitoy dehqonlarning tinkasini quritgan holda yuqoridagi davlatlarga qarshi kurash olib borishga majbur bo’ldi. Xazina esa yanada bo’shab boraverdi. Imperator saroyida ham siyosiy guruhlar orasida kurash avj oldi. Jamiyatning asosiy muammolaridan biri mamlakat birligiga putur yetayotgani bo’ldi.

711-yildayoq shimolni chorvador qabilalar xavfidan himoya qilish savdo yo’llarining xavsizligini ta’minlash maqsadida g’arbdagi kuchli davlatlar va Tan hukumati ,,Tzedushi’’ nomli general-gubernatorlik institutlarini tashkil eta boshladilar. VIII asr o’rtalaridan gubernatorlar orasida An Lushan alohida ajralib turgan. Agarda ,,Tzdushinlar’’ oldinlari faqat harbiy masalalar bilan shug’ullangan bo’lsa An Lushan esa kuchli chegara himoyasiga ega bo’lish bilan birga, iqtisodiy va fuqarolik masalalarini ham o’z qo’liga oldi. U qo’shni qabilalardan saralangan qo’shin to’plagan holda 755-yilda Chanan hududlariga yurish qilib poytaxtlik mansabdor shaxslar bilan til biriktirgan holda Tan imperiyasiga qarshi qo’zg’olon ko’tardi. Qo’zg’olon bostirilgan bo’lsada ammo xalq ham uyg’ondi. Muqaddas hisoblangan Osmonning o’g’li deb nomlangan imperatorga boshqacha nazar bilan qaray boshladilar. Tzedushilar va imperatorlik uyi o’rtasidagi kurashlar mamlakat shimolida holatni izdan chiqardi g’azna faqat janubdagi Xuanxe va Yantzi daryolari oralig’idagi hududdan olinadigan soliq hisobiga to’ldirildi. Soliqlar uch barobar qisqarib qolgan aholi jon boshi soliqlari esa oshirildi. Bu hol esa agrar sohada yer taqsimotida yangiliklar qilish lozimligini anglatar edi. Shuning uchun 780-yil birinchi vazir Yan Yanya taklifiga binoan soliq sistemasi to’g’risida qonun qabul qilindi. Yangi soliq tizimi joriy etilib, bundan bo’yon soliq yerning miqdori va holatiga ko’ra belgilanadigan bo’ldi. Barcha aholi o’z yeri turiga ko’ra 9 guruhga bo’lindilar. Bu islohatga binoan oldinlari soliqlardan ozod etilgan shaxslar ham soliq to’laydigan bo’ldi. Shuningdek, shaharlarda yashovchilar va hunarmandlar ham soliq to’laydigan bo’ldi. Yoz va kuz fasllarida undiriladigan ikki marotabali soliq joriy etildi. Shunday qilib ikkinchi hosil hisobiga Xitoy hududining ko’pgina provinsiyalaridan soliq undirilib g’azna to’ldirildi. Soliqlar ham natura, ham pul ko’rinishida undiriladigan bo’ldi. Yan Yanya islohatlari yer oldi-sottisini erkinlashtirdi, soliqlarning oshirilishi yer egalarining va dehqonlarning ahvolini og’irlashtirdi. Umuman olganda Yan Yanya islohatlari mamlakatda iqtisodiy holatning barqarorlashishiga olib keldi. Tan sulolasi yana yuz yildan ortiq hukumronlik qilgan bo’lsada ammo mamlakatda inqiroz nihoyasiga yetmadi, xazina bo’shashda davom etaverdi. Moddiy tomondan qiynalib qolgan davlat holatni yaxshilash maqsadida IX asr o’rtalaridan budda ibodatxonalaridan ham pul undirilib, tangalarning qiymati ham pasaytirildi. Tangalarning hajmi og’irligi o’zgartirilishi natijasida moliya hunarmandchilik savdo izdan chiqdi,bundan aholi og’ir ahvolga tushib qoldi. Tuz va choy monopoliyasidan g’aznaga keladigan mablag’ni oshirish maqsadida hukumat noqonuniy maxsulotlar savdosi uchun o’lim jazosini belgilaydi. Ammo bu chora-tadbirlar samarali emas edi. An Lushanya qo’zg’alonidan so’ng Tan sulolasining siyosiy hokimiyati susayib bordi. Endilikda harbiy qo’mondonlar mustaqil faoliyat olib borishga kirishib ularning lavozimlari merosiy tarzda o’tadigan bo’ldi. Ular o’z hududlarining xo’jayinlariga aylandilar. IX asrdan sulolaning hokimyati yanada susaydi. Saroy hududida guruhlar o’rtasida lavozimlar va mablag’ borasida katta kurash avj oldi. Imperatorlar nomiga qo’g’irchoq sifatida o’tqazilib, ular vaqtincha hokimyatda o’tiradigan bo’ldilar.

Xitoyda shaharlarning rivojlanishi hunarmandchilik ishlab – chiqarish kengayishi bilan bog’liqdir. Metallni qazib olishda qayta ishlash alohida o’rin egalagan. XI asr mamlakarda mis qazib olish IX asrga qaraganda 30 barobar oshgan temir ruda qazib olish 12 barobar oshgan. 1078 – yil butun Xitoyda temir ruda qazib olish 75 mingdan 150 ming tonnagacha yetgan kumush va boshqa rangli metalar qazish ishlari ham kengaydi. Temirchilik ishi keng yoyildi. Hunarmandlar ishlab chiqargan (metallarning asosiylaridan) maxsulotlar metall buyumlar: qurol yarog’, pichoq, mex, uchoq idish edi. Yuqori sifatli mato ishlab chiqarish kengaydi. Janubiy provensiyalarda metallarning o’nga yaqin turi bor edi. Protexnikada o’zgarish yuzaga keldi. Kemasozlik va dengiz sayoxati oddiy komposni talab qilardi. Xitoy fanining eng katta yutig’i kitob bosishni ixtiro qilinishi bo’ldi. Xususiy va davlat tipografiyalarida kitoblar bosib chiqarilgan. Qog’oz tayorlar keng yoyildi.



907-yilda Tan sulolasi zavol topdi. Mamlakat mayda davlatchalarga bo’linib ketib, ularning rahbari esa bir-biri bilan ,,osmon o’g’li’’ unvoni uchun raqobatga kirishdi. 906-yildan 960-yilgacha bo’lgan davr Xitoy tarixida ,,besh sulola va o’n qirollik davri” deb atalib, har bir sulola o’rtacha 13-16 yil davlatni boshqardi. Janubda dehqonlar urushi davomida mahalliy boshqaruv zaiflashib yirik yer egaligi tugatildi. Bu hududda asosan ijarachilardan iborat mayda yer egaligi yuzaga keldi. Yer egaligi ko’p hollarda yerga ishlov beruvchi dehqonlarga imtiyozlar bera boshladilar. O’z holatining yaxshilanganidan manfatdor dehqonlar yerga yaxshi ishlov berib natijada hosildorlik o’sdi, hunarmandchilik rivojlandi. Savdo ayriboshlash rivojlanib dengiz orqali savdo olib borish ham yaxshilandi. Yanszi vodiysi va uning janubidagi hududlar nisbatan rivojlangan hududlarga aylandilar. Shimolda esa vaziyat tamomila boshqacha bo’lib bu yerda hokimyat uchun kurash ancha vaqtga cho’zildi. Qattiq janglar oqibatida sulolalar tez-tez bir-birini almashtirib turdi. Talon-tarojlik kuchayib bordi. X asr boshlarida dunyoning boy poytaxtlaridan biri bo’lgan Chanan yer bilan yakson qilindi. X asrning 30-yillardagi o’zaro yurishlar natijasida ajoyib saroy va kutubxonalarga ega bo’lgan Loyanning ham anchagina qismi vayron etildi. Irrigatsiya tarmoqlarining nosozligi dambalarning yaroqsizligi, tufayli Xuanxe daryosi toshib, qishloqlar aholidan bo’shab qola boshladi. Yerga ishlov berish an’analari janub tomonga o’ta boshladi. Aholi birdaniga qisqardi. Hattoki chegara hududlari ham bo’shab qoldi. Barcha harbiy kuchlar ichki nizolarni bartaraf etishga jalb qilindi. Xitoydagi bunday vaziyatdan Kidanlar foydalanib qoldilar. Ular uzoq yillar davomida imperiya bilan savdo va siyosiy aloqalar olib borganliklari tufayli ularga chorvachilikdan dehqonchilikka o’tish oson kechdi. Ammo hali ham kidanliklarning siyosiy tuzilishi eski tartiblarga tayanar edi. Bu hududni 8 ta katta urug’lar (aymoq) boshqarib, ular o’zini-o’zi oqsoqollar yordamida idora qilgan. Faqatgina 916-yilda Abugi (Apoka, Ambagyan) nomli ta’siri baland bo’lgan hukumdor saylov huquqini buzib, o’zini imperator deb e’lon qildi. 937-yildan u tuzgan yangi davlat Lyao deb ataladigan bo’ldi. Davlatning rahbari davlat apparatini tuzishda asirga tushgan Xan amaldorlaridan foydalana boshladi. Kidan yozuvi ham Xitoy yozuvi asosida shakllandi. Shaharlar qurilib bozor ayirboshlash yo’lga qo’yildi, tuz va ruda olish yaxshilandi. Kidan hukumdorlari Xitoyning siyosiy ishlariga aralasha boshladi. O’z navbatida Xitoy hukumati Kidanlarning otliq qo’shinidan foydalanib, buning evaziga Kidanlarga shoyi berib mamlakatning shimoliy qismlaridan foydalanishga ruxsat berdi. Zamonaviy Xebey va Shansi provinsiyalariga kirgan 16 ta dehqonchilik okrugi Lyao hukumronligi ostiga o’tdi. Ichki vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida Kayfin hukumdorligi saralangan qo’shinlar orasidan Lyao davlatiga qarshi tura olishga qodir bo’lgan gvardiya tuzishga kirishdi. Shimolga yurish qiyin bo’lib ko’p xarajat talab etar edi. Kidanlar tomonidan bo’layotgan xavf mamlakat ichida o’zaro urushlarni tugatib umumiy birlashishga sabab bo’ldi. Shuning uchun ham 960-yilda Kidanlarga qarshi yurishga otlangan Kayfin qo’shiniga Sun sulolasidan chiqqan Chjao Kuan In (960-976) boshchilik qilib u nafaqat qo’shin balki Kayfin fuqarolari tomonidan ham qo’llab quvvatladi.


Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling