Xi-xv asrlarda Xitoy


Szin va Sun o’rtasidagi munosabatlar


Download 100.5 Kb.
bet4/7
Sana09.01.2022
Hajmi100.5 Kb.
#255423
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
16.Xitoy

Szin va Sun o’rtasidagi munosabatlar. 1113-yilda kidanlarga qarshi Aguda isyon ko’tardi. Ikki yildan so’ng u imperatorga aylanib, chjurchenlarning Szin imperiyasiga asos soldi. 1117-yilda Szin va Sun o’rtasida tuzilgan kelishuvda “varvarlar yordamida varvarlarni bo’ysundirish” maqsadi ko’zlangan edi. Szinlar bilan ittifoq tuzish orqali xitoyliklar “16 okrug” viloyatidagi chegara qal’alarni qo’lga kiritishni ko’zlagan va o’zlarining asosiy raqibi bo’lgan kidanlar avlodi sifatida qaralayotgan chjurchjenlar hujumidan kelajakda o’zlarini himoya qilish maqsadida edi.

Szinlar bilan kelishuv uzoq va murakkab kechdi. Har ikki taraflar holati Lyaoga qarshi kurashdagi omadga bog’liq bo’lib qoldi. Sun armiyasi kidanlardan ikki marta og’ir zarbaga uchraydi. Chjurchjenlar imperatori bo’lgan Vanyan Aguda (Tayszu, 1115-1123-yillarda boshqargan) Sunlarning harbiy jihatdan salohiyatsizligini ko’rgach, o’zining kelishuv shartlarini yanada mustahkamlaydi. Xitoy avval Lyaoga to’lab kelgan o’lpon, chjurchjenlar fikricha endi ularga to’lanishi lozim edi. Amalda Sun davlati tomonidan harbiy kuch ishlatilmasdan turib Lyao qo’shini Szin armiyasi kuchi bilan mag’lubiyatga uchratilgach, shu holatni asos qilib,


Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling