Xi-xv asrlarda Xitoy


Download 100.5 Kb.
bet7/7
Sana09.01.2022
Hajmi100.5 Kb.
#255423
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
16.Xitoy

Dunchjen davlatini tashkil etishadi. Szin hukmronligi ostida bo’lgan kidan qabilalari o’z davlatlarini tuzishga harakat qilishadi. Mo’g’ul otliqlari va Dunchjen jangchilari kidan qabilalari ustiga yurish qiladi va ularni o’rnashgan yerlaridan siqib chiqaradi. Bosimga dosh bera olmagan kidanlar Koryoning shimoliy yerlarini egallashib, Amnokkanga yashirinishni ahd qilishadi.

1234 йил феврал мўғул қўшинлари ва жанубий сун бирлашган ҳаракатлари Цзин саройининг охирги паноҳи бўлган Цайчжоу шаҳрини олди. Император Ай-Цзун (1224- 1234) ўз жонига қасд қилиб, у томонидан белгиланган ворис исёнкор аскарлар томонидан ўлдирилади, Чжурчен давлат йўқ бўлади.

1235-йилда муғул хонларининг навбатдаги бўлиб ўтган қурултойида бир вақтнинг ўзида қўшинларни Ғарбга, Марказий Осиёга, Кореяга ва Хитойга қарши юриш қилишлари масаласи қабул қилинади. Хитойга нисбатан мустаҳкам жанговар дастурнинг қабул қилиниши Хэнан ютуғининг юқори баҳоланишидан дарак берар эди. Жанубий Сун давлатига қарши жанговар ҳаракатлар 1235-йилнинг ноябр ойида бошланган. 1236-йил Хитой учун фожиали бўлди. Феврал ойида жанубий Шэнси қабиласида кучли жанглар бошланади. Даштликлар Мяньжоу марказини ишғол қилиб, горнизон қўмондони асирга олиниб ўлдирилади. Дастлабки зарбани Даань уездига йўналтириб, асосий жанговар кучларини Сичуан йўлини қўриқлайдиган Цинъе қалъасидаги Хитой қўшинларининг катта гуруҳини қуршаб оладилар.Бу ҳолда қобилиятли саркарда Цао Ю-вэн қуршаб олинган халқадаги армияни ҳалос этиб, Дааняни қўллаб-қувватлаш учун ёрдамга боради. Бир қанча жангларда ғолибликни қўлга киритган саркарда Цао Ю-вэнь муғулларни сун империясидан чекланишга мажбур қилади.

Тахтда Мэнгу (1251 июл) ўтиргандан кейин мўғул зодагонларининг энг муҳим ташқи сиёсати мақсадларидан бири Жанубий Сун империяни забт этиш эди. 1257-йилнинг охирида Буюк Хон Жанубий Сунга қарши янги жанговар юриш талабларини махсус йиғилишда режалаштиради ва ҳарбий ҳаракатлар бошланганидан стратегик режа тузиб, 1258-йилда мўғул қўшинлари Сун кучларини ezish uchun турли йўналишларда (шимол, ғарб ва жануби) зарба бермоқлигини билдиради.

1267-йилнинг декабрида Хубилай муғуллар томонига ўтган Сун бош қўмондаларiдан Лю Чжэн томонидан Жанубий Хитойга сўнги якуний зарбани бериш таклифини қабул қилади. Бирламчи хужуми Лю Чжэнь Ханьшуй пастки оқимида контрол қилинаётган ва мустаҳкам қўриқланаётган Сянъян қалъасига қаратади. Лю Чжэн фикрича Сянъянни босиб олса, муғуллар Хань орқали Янцзига ўтиб, у ердан хужумни кучли сув йўллари шаҳар марказига хужумни бошлаш мумкин. Ушбу режани амалга ошириш Ачжу ва Лю Чжэнга юкланган эди.

1279-yilda mo’g’ullar tomonidan bosib olinib, yangi mo’g’ullarning Yuan sulolasiga asos solindi. Mo’g’ullar davrida boshqaruv tizimi o’zgarishsiz qoldi. Mo’g’ullar davrida Xitoydailk bora qog’oz pullar joriy etildi.

Mug’ullarning ko’lamli harbiy yurishlari mamlakatni qamrab oldi hamda aholining ahvolini og’irlashtirdi. Bunga qarshi Xitoyda milliy ozodlik kurashlari boshlanib keldi. 1351-yilda boshlangan bunday qo’zg’alon 1369-yilgacha davom etdi va yangi bir sulolani Min sulalasini tashkil etilgani bilan nihoyasiga yetdi. Qo’zg’olon “Oq nilufar gul” tashkiloti tomonidan mo’g’ullar zulmidan ozod bo’lish uchun tashkil etildi. 1368-yilda Chju Yuan-Chjan rahbarligi ostidagi qo’zg’olonchilar armiyasi Yuan sulolasining poytaxti Dadu (Pekin)ni egallab olishdi va yangi tuzilgan davlat Min imperiyasi deb e’lon qilindi. Chju Yuan-Chjan imperator qilib tayinlandi, Nankin esa poytaxt qilindi. Biroq yangi hukumat tarkibida “Xitoyning tarkibiga kirgan” provinsiyalarning hammasi ham birlashmagan. 1371-yilda min qo’shini Gansu va Sichuani hududlarini egallashdi, 1382-yilda Yunnan va 1387-yilda- Lyadounga kirib kelishdi.

1370-yili aholi ilk bor ro’yxatga olish o’tkazildi, uning maqsadi barcha fuqarolarni hisobga olish va har bir saroy mulkini hajmini aniqlash edi.

1400-1402 yillarda Xitoydagi hokimiyat uchun o’zaro kurash Chju Yuan-Chjan o’g’illaridan biri bo’lgan, Pekin shahri va uning atroflariga egalik qilgan Chju Di boshchiligi ostidagi feodallar guruhining g’alabasi bilan yakunlanadi. 1402-yilda Chju Di-uning imperator deb e’lon qilinishi bilanoq, dengizorti mamlakatlariga uning taxtga chiqganligi to’g’risida xabar beruvchi manifest bilan elchilarni yubora boshlaydi.

Yun Le 1403 -1424 – yil sulola asoschisidan keying oxirgi va ikkinchi kuchli mart jasur edi. Uning davrida Min Xitoyi gullab yashnadi, xalqaro alaqolar kengaydi. Hindi Xitoy va janubiy-sharqiy Osiyoda Xitoy imperiyasining xalqora ta’siri kuchaydi. Yana bir siyosiy ishlardan bir imperya poytaxtini Nankindan 1421-yilda Pekinga ko’chirish boldi. Udel tizimining markaziy hokimyatiga bo’lgan havfini anglab Yun Le undan voz kechdi. Biroq undan tezda voz kechib bo’lmadi. CHju Yuan Chjanning merosxo’rlari ijtimoiy munosabatda manfatdor guruhi bo’lib qolaverdi.

1405 va 1433-yillar oralig`ida Janubi-sharqiy va Janubiy Osiyo davatlariga 7 ta ekspeditsiya tashkil qilingan edi. Ularning oldida keng vazifalar qo`yilgan edi: geografik kashfiyotlarni o`rnatish va iloji boricha Xitoy imperisi ta`sirini ko`proq o`tkazish. Flot boshlig`i etib Chjen Xe tayinlandi. Bu sayohat davomida erishilgan ajoyib natijalar uning nomi bilan bog`liq. Juda qimmatli ekspeditsiyalarda o`nlab kemalar ishtirok etdi, ularning bortiga 30 mingga yaqin kishi bor edi. Kemada olimlar ham bor edilar. Uning maqsadi Janubi-sharqiy Osiyo mintaqasida Min imperiyasini o`rnatish va Temurga qarshi kurashishda ittifoqdoshlarni toppish edi. Xitoy siyosatchilari va dengizchilari uchun Milayl, Sumatra, Yava va Filippin katta qiziqish uyg`otgan. Biroq Xitoy kemalari nafaqat Janubi – Sharqiy Osiyo davlatlarini balki, G`arbda Hindiston, Seylon, Fors ko`rfazigacha suzib borishga erishdi. Chjen Xe boshchiligidagi ekspeditsiyalar Xitoy davlatining nafaqat quriqlikdagi, balki uzoq dengiz ekspeditsiyasini tashkil etaolishlik qobiliyatini tashkil etdi. Ikkinchi (1407-1409y) va uchinchi (1409-1411y) ekspeditsiyalari oldingi marshrut bilan mos tushgan. Keyinchalik Chjen Xe kemalari Xitoydan uzoq mamlakatlarga yetgan. To’rtinchi ekspeditsiya (1413-1415y) paytida ular Fors qo’ltig’idagi Urmuzd (Hurmuz)ga qadar, keyingi sayohat vaqtida esa (1417-1419y)-Lasu (Qizil dengizdagi Mers-Fotima shahridagi punkt) va Afrikaning Somaliya qirg’oqlaridagi bir qator shaharlarga-Mogadisho, Brabu, Chjubu va Malindaga qadar yetib boradi. Oltinchi suzish vaqtida (1421-1422y) Chjen Xe floti yana Afrika qirg’oq bo’ylariga yetadi va nihoyat, oxirgi hisobga ko’ra yettinchi sayohati (1431-1433) vaqtida asosiy eskadra Urmuzga qadar, ekspeditsiyaning ba’zi ishtirokchilari esa Makkaga yetgan.

1403-1404 yillarda Ma Bin missiya bilan Yavaga yuboriladi. Undan tashqari, u imperatorlik manifesti bilan samudra hukmdori oldiga va G’arbiy dengiz mamlakatlariga yo’l olish kerak edi. Ba’zi ma’lumotlarga muvofiq, u Janubiy Hindistonga qadar yetib borgan. Keyinchalik, 1406 va 1410-yillarda, Ma Bin ikki marta missiya bilan Tyampga yuboriladi.

1403-yilda Li Sin (keyinchalik Chen Xe safdoshi) elchilik bilan Siamga yuborilgan. 1412-yilda u yerga Chjen Xening boshqa safdoshi-Xun Bao alohida missiya bilan yuborilgan edi. Undan tashqari, Siamga 1416-yilda Go Ven missiya bilan yuborilgan.

XV asrnig 40 yillarida Min hukumati Xitoydan tashqaridagi mintaqalarda tashqi siyasiy faoliyatini tugatishga qaror qildi. Bunga ikki omil sababchidir: resurslarning tugashi xalqlar tomonidan xavfning ujudga kelishi, Janubiy yo`nalishdagi faol tashqi siyosatning tugatilishi mamlakatning yopilishi bilan kuzatilgan. 1446-yili Xitoydan uzoq davlatlarning elchilari jo`natilgan. 1552-yili butun flotni Xitoy sohillariga chaqirib olish va yirik tonnali kemalarni qurishni to`xtatish qarori qabul qilingan.

XVI asr davomida Yevropaliklar bilan aloqa o`rnatildi. Bungacha Xitoy faqat Arablar va Eronlar bilan savdo aloqalarini rivojlantirgan. Xitoy sohillaridan birinchilardan bo`lgan Yevropaliklar ham savdogar, ham qaroqchilar bo`lishgan. Guanchjouga kelgan portugaliyaliklar imperiya bilan muntazam aloqalarni o`rnatgan. Xitoy bilan savdo aloqalarini yaxshilab dengiz oldi shaharlariga ko`chib kelgan. Biroq XVI asr o`rtalarida bu yerlar Xitoy hukumati tomonidan bekor qilingan, portugaliyaliklar uchun Guanchjoudan uzoq bo`lmagan kichik port qoldirilgan. Makao Portugal koloniyasi shu tarzda tuzilgan. Portugallardan keyin 1624-yili gollandiyaliklar kelishgan va Tayvanni egallagan (1637-yilda). Savdogarlardan tashqari Xitoyda katolik missionerlari kelishgan, ularning eng mashhuri Matteo Pichchi ( 1552-1610 yil) edi. U Xitoyda xristianlikni tarqatish uchun va imperiyaning oily amaldorlari o`rtasida Yevropa davlatlari haqida ma`lumotlarni tarqatish uchun ko`p ishlar qildi. Matteo Pichchi saroyga kiritilgan yevropaliklardan biridir va umrining qolgan qismini Xitoyda o`tkazgan.



XVI asrning oxirida Xitoy Yaponiya bilan to`qnashdi. Yaponiyani birlashtiruvchisi Tayatomi Xideyosi qo`shni davlatlarni zabt etish rejasini tuzdi, ularni amalga oshirishdagi ilk qadam Koreya va Xitoy edi. 1592 –yili Yaponlar Koreyaga bostirib kirdi. 160 mingli yapon armiyasi kuchli raqibni uchratmay Xitoy chegaralariga o`tdi. Bu Min hukumatiga yapon intervinsiyasiga qarshi kurashish uchun urush boshlashiga sabab bo’ldi. Yapon qo`shinlarining mag`lubiyati bilan tugagan urush boshlandi. 1597-yili Xitoy – Yapon munosabatlarining buzilishidan keyin yaponlar yana Koreyaga bostirib kirishdi, bu safar 100 minglik armiyani yig`gan Xitoy gornizoni Koreyada ishg`ol qilindi va ikkila tomondan og`ir va xunrezli urush boshlandi. Yapon qo`shinlari uchun juda og`ir vaziyat yaratildi. XVII asr boshlarida Min sulolasi manchjurlar tomonidan bo`lgan chuqur ichki inqiroz va xavfning yanada jiddiy muommolari bilan to`qnashdi.


Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling