Xi-xv asrlarda Xitoy
Download 100.5 Kb.
|
16.Xitoy
Van An-shi reformalari. Van An-shi (1021-1086) dastlabki vaqtlarda viloyat amaldorlaridan biri edi. U aholining qashshoqligini, amaldorlarning jabr-zulimini va sudxo’rlarning hukmronligini ko’rsatadigan eng mudhish faktlarni viloyatdalik vaqtida yahshi bilib olgan edi. Imperatorning birinchi ministeri darajasiga ko’tarilib olgach Van An-shi 1069-1074-yillarda moliyaviy iqtisodiy va sotsial xarakterdagi bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. Avvalo u yerlarni qaytadan ro’yxatga oldirdi va imperator xizmatidagi zadogonlarning yeriga soliq soldi, bu xizmatchi zadogonlar yer solig’i to’lamay qo’ygan edi. So’ngra u dehqonlarni davlatga barshchina o’tashdan ozod qildi, barshchina o’rniga pul bilan to’lanadigan soliq joriy qildi. Ocharchilikning oldini olich uchun Van An-shi davlatga qarashli g’alla omborlarini tashkil qildi, ocharchilik yillarida aholiga anashu omborlardan g’alla beriladi. Sudxo’rlikni tugatish maqsadida davlat banki tashkil qildi. Bu banklardan dehqonlar ham prosent evaziga qarz oladigan bo’ldi. Van An-shi harbiy sohada ham katta reforma o’tkazmoqchi bo’ldi. Yollanma armiya o’rniga umumiy harbiy majburiyat joriy qilmoqchi edi. Asosiy qo’shin dehqon lashkarlaridan iborat bo’lishi kekar edi. Har uch xonadondan bitta piyoda askar, har o’nta xonadondan bitta otliq askar berishi kerak edi. Van An-shi reformalari amaldorlar va feodallarning qattiq qarshiligiga uchradi. 1075-yilda Van An-shi vazifasidan bo’shatildi. Uning tuzgan planlari davlat uchun xavfli deb topildi, voholanki uning maqsadi feadol davlatni ichida parazit elementlardan holi qilib uni tartibga solish edi, xalos.
Download 100.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling