10-sinf jahon tarixi 2017-yil darslik asosida mavzulashgan test savollari


-mavzu. 1918-1939-yillarda Fransiya


Download 444.5 Kb.
bet10/51
Sana08.01.2022
Hajmi444.5 Kb.
#248564
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
Bog'liq
10 sinf jahon tarixi mavzulashgan

4-mavzu. 1918-1939-yillarda Fransiya.

(47 ta)

1-jahon urushini Fransiya qanday yakunlaydi.



  1. g’alaba bilan b) mag’lubiyat bilan

c) neytral qoldi d) fashizmga yordam berdi

  1. 1-jahon urushidan so’ng qaysi davlat o‘zining ashaddiy dushmani bo‘lgan Germaniyani tormor qildi, qit’ada boshqa jiddiy raqibi qolmadi.

  1. Britaniya b) Rossiya

c) Fransiya d) Italiya

  1. Urush harakatlari Fransiya hududining qancha qismida bo’lib o’tgan.

  1. ½ b) ¼ c) 1/3 d) 1/5

  1. 1-jahon urushidan so’ng Fransiya qaysi davlatdan qarzdor bo’lib qolgan.

  1. Britaniya b) Rossiya c) Italiya d) Aqsh

  1. Qaysi davlatda Urush qishloq xo’jaligi, sanoat va kredit tizimiga jiddiy zarar yetkazdi, dunyodagi kreditorlik pozitsiyasini qisman yo‘qotdi.

  1. Britaniya b) Rossiya

c) Italiya d) Fransiya

  1. Urushdan keyin qaysi davlatda Kapitalning katta qismi kredit sohasidan ishlab chiqarish sohasiga ko‘chdi.

  1. Britaniya b) Rossiya c) Italiya d) Fransiya

  1. Versal shartnomasiga binoan Fransiya qaysi hududlarni qaytarib oldi.

  1. elzas, lotaringiya b) nitsa, nim c) bordo, tuluza d) nant, gavr

  1. Versal shartnomasiga binoan necha yilga yilga Saar ko‘mir havzasini egalladi.

  1. 20 b) 15 c) 10 d) 25

  1. Germaniya qaysi davlatga katta reparatsiya to’laydi.

  1. Britaniya b) Italiya c) Fransiya d) Rossiya

  1. Urushdan keyin qo’lga kiritilgan imkoniyatlar qachon sanoatning o‘sishi uchun qulay sharoit yaratdi.

  1. 1910-yillar b) 1930-yillar c) 1920-yillar d) 1940-yillar

  1. 1920-yillar sanoatning qaysi yangi turlari paydo bo’ldi.

  1. Avtomobilsozlik 2) samolyotsozlik 3) neftni qayta ishlash 4) rezina ishlab chiqarish 5) kimyo sanoati 6) elektrotexnika

  1. 1,2,3,4 b) 1,2,3,5 c) 3,4,5,6 d) 1,3,5,6

  1. 1920-yillar qaysi davlatda qishloq xo‘jaligi turg‘unlik holatini boshdan kechirayotgan bo‘lib, mahsulot yetishtirish urushdan oldingi holatida edi.

  1. Fransiya b) Britaniya c) Germaniya d) Rossiya

  1. Jahon iqtisodiy inqirozi qachon bo’lgan.

  1. 1929-1932-yy b) 1929-1933-yy c) 1930-1933-yy d) 1930-1934-yy

  1. 1929-1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Fransiyada qachon boshlandi.

  1. 1929-y b) 1930-y c) 1931-y d) 1932-y

  1. Qachon ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari susayib, sanoat ishlab chiqarishi keskin pasayib ketdi.

  1. 1929-y b) 1930-y c) 1931-y d) 1932-y

  1. Iqtisodiy inqiroz yillarida inqiroz yuz bergan sohalar noto’g’ri berilgan javob qaysi.

  1. Metallurgiya, mashinasozlik b) mashinasozlik, to‘qimachilik

c) Metallurgiya, oziq-ovqat sanoati d) elektrotexnika, to‘qimachilik

  1. Qaysi davlatda Inqirozdan aholining barcha qatlamlari jiddiy zarar ko‘rdi. Shahar mayda burjuaziyasining daromadlari keskin tushib ketdi, yuz minglab mayda savdogarlar xonavayron bo‘ldi.

  1. Fransiya b) Britaniya c) Germaniya d) Rossiya

  1. Fransiyada sanoat ishlab chiqa­rishi qachon ham inqirozdan oldingi darajasiga yetmadi.

  1. 1930-yillar o’rtalari b) 1940-yillar boshi c) 1930-yillar oxiri d) 1940-yillar o’rtalari

  1. Birinchi jahon urushidan keyingi og‘ir ahvolga qaramasdan, qaysi davlat hukmron doiralari «Biz istaganimizning hammasiga, hatto undan ham ko‘prog‘iga erishdik» deya, xalqni xotirjam qilishga urindi.

  1. Britaniya b) Fransiya c) Italiya d) Aqsh

  1. Qaysi davlatda Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng mamlakatda shovinistik kayfiyat keng tarqaldi.

  1. Aqsh b) Britaniya c) Italiya d) Fransiya

  1. Qachongi saylov jarayoni millatchilik va «bolsheviklar xavfi» bilan qo‘rqitish ruhi ostida o‘tdi. 1919-yil…

  1. Sentabr b) oktabr c) noyabr d) dekabr

  1. Qachon bo’lgan saylovda Burjua partiyalaridan iborat Milliy blok guruhi tuzildi.

  1. 1918-y b) 1919-y c) 1920-y d) 1921-y

  1. Milliy blok 1919-yil saylovda qancha ovoz olgan. (….dan ko’proq).

  1. 1/3 b) 2/3 c) ½ d) ¾

  1. Qaysi yilgi saylovdagi g’alaba Fransiyadagi o‘ng kuchlarning eng katta g‘alabasi edi.

  1. 1918-y b) 1919-y c) 1920-y d) 1921-y

  1. Fransiya qachongacha ijtimoiy qonunchilik sohasida bir qadam ham olg‘a tashlamadi.

  1. 1930-yillarning o‘rtalarigacha b) 1930-yillarning boshlarigacha

c) 1930-yillarning oxirlarigacha d) 1940-yillarning boshlarigacha

  1. Qaysi yillari hukumat pulning qadrsizlanishini to‘xtatishga, kun kechirishni arzonlashtirishga erishdi. Ijtimoiy faoliyatga e’tibor qaratildi ishsizlik, keksalik, kasallik nogironlik va homiladorlik uchun pensiyalar joriy qilindi.

  1. 1924-1929-yy b) 1925-1929-yy c) 1926-1929-yy d) 1926-1928-yy

  1. Qachongi saylovlarda ham o‘ng kuchlar g‘olib chiqdi.

  1. 1925-y b) 1926-y c) 1927-y d) 1928-y

  1. Qaysi davlatda iqtisodiy inqiroz 1930-yil oxirida boshlandi.

  1. Fransiya b) Germaniya c) Rossiya d) Italiya

  1. Qaysi yillarda bir nechta hukumat almashgan.

  1. 1926-1929-yy b) 1929-1933-yy c) 1929-1932-yy d) 1932-1936-yy

  1. Qachon hokimiyatga yana o‘nglar keldi. Fransiyada fashistik rejim o‘rnatilishi real xavfga aylandi.

  1. 1931-y b) 1932-y c) 1933-y d) 1934-y

  1. Qaysi davlatda 1930-yillarda Mamlakatda fashistlar faollashgan bir paytda hukumat aralashmaslik siyosatini olib bordi.

  1. Fransiya b) Germaniya c) Rossiya d) Italiya

  1. Fransiyada 1930-yillarda qaysi partiya fashistlarga qarshi faol harakat qildi.

  1. Konservativ partiya b) Xristian demokratik ittifoqi c) Xalq fronti d) Kommunistik partiya

  1. Fransiyada 1930-yillarda o‘nglar kimlarni Fransiyani “sovetlashtirish”da aybladi.

  1. Konservativ partiya b) Xristian demokratik ittifoqi c) Xalq fronti d) Kommunistik partiya

  1. Qaysi O‘nglar yetakchisi «Xalq frontidan ko‘ra Gitler ma’qul», - deya bayonot berdi.

  1. Pyer Laval b) E.Da’ladye c) J.Klemanso d) N.Chemberlen

  1. Gitlerga to’g’ri baho bermaslik nechanchi respublikani halokatga olib kelgan asosiy omillardan biri bo‘ldi.

  1. Ikkinchi b) uchinchi c) to’rtinchi d) beshinchi

  1. Eduard Dalad’e hukumati qachon Myunxen kelishuvini imzolagan.

  1. 1938-yil kuzida b) 1939-yil yozida c) 1937-yil kuzida d) 1940-yil kuzida

  1. Fransiya qaysi davlat bilan birga Myunxen kelishuvini imzolagan.

  1. Italiya b) Britaniya c) Turkiya d) Rossiya

  1. Myunxen kelishuvi qaysi davlatni Germaniyaga topshirgan.

  1. Yugoslaviya b) Polsha c) Avstriya d) Chexoslovakiya

  1. Amalda Myunxen kelishuvi nimaga yo’l ochib berdi.

  1. yangi jahon urushiga b) yangi iqtisodiy inqirozga c) Fransiyaning kuchayoshiga d) Germaniyaning tiyilishiga

  1. 1940-yil 14-iyun kuni nemis qo‘shinlari qaysi shaharga kirib keldi.

  1. London b) Parij c) Rim d) Varshava

  1. Fransiyaning Qachon imzolangan shartnomasi faqat Chexoslovakiyaga nisbatan emas, butun dunyoda tinchlikka nisbatan xoinlik bo‘lib chiqdi.

  1. 1938-yil kuzida b) 1939-yil yozida c) 1937-yil kuzida d) 1940-yil kuzida

  1. 2-jahon urushida ilk jabr ko’rgan xalqlar biri qaysi.

  1. Ingliz b) rus c) amerika d) fransuz

  1. Qachongi saylovda Milliy blok deb ataluvchi burjua partiyalaridan iborat guruh tuzildi.

  1. 1919-yil noyabr b) 1919-yil dekabr c) 1919-yil oktabr d) 1919-yil mart

  1. Qachon nemis qo‘shinlari Parijga kirib keldi.

  1. 1939-yil 14-iyun b) 1941-yil 14-iyun c) 1942-yil 14-iyun d) 1940-yil 14-iyun

  1. O‘z yetakchilarining kaltabin siyosati nechanchi respublika uchun juda qimmatga tushdi: u nemis qo‘shinlarining oyog‘i ostida barbod bo‘ldi.

  1. Ikkinchi b) uchinchi c) to’rtinchi d) beshinchi

  1. Bir irqning boshqalardan ustunligini da’vo qiluvchi, millatlar o‘rtasida nizo urug‘ini sochuvchi o‘ta o‘ng, ashaddiy millatchilik bu -.

  1. Irqchilik b) shovinizm c) pulyuralizm d) liberalism

  1. Mavjud tuzumni keskin o‘zgartirmaslik, uni konstitutsiya doirasida rivojlantirish tarafdorlari kimlar.

  1. o’nglar b) so’llar c) liberallar d) kommunistlar

  1. Mavjud tuzumni o‘zgartirish, keskin islohotlar taraf­dorlari kimlar.

  1. o’nglar b) so’llar c) liberallar d) kommunistlar



Download 444.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling