10-sinf jahon tarixi 2017-yil darslik asosida mavzulashgan test savollari


-mavzu. XX asrning ikkinchi yarmida fan va madaniyatning rivojlanishi. (44 ta)


Download 444.5 Kb.
bet51/51
Sana08.01.2022
Hajmi444.5 Kb.
#248564
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
10 sinf jahon tarixi mavzulashgan

29-mavzu. XX asrning ikkinchi yarmida fan va madaniyatning rivojlanishi. (44 ta)
1. XX asr ikkinchi yarmidagi ilmiy-texnik inqilobning asosiy belgilarini aniqlang.

1)tabiiy va sintetik materiallardan tovarlarni ommaviy ishlab chiqarish; 2) mashinalardan keng foydalanish; 3) yerning sun’iy yo’ldoshini uchirish; 4) ishlab chiqarishning konveyerli liniyalarini yaratish; 5) zavod-avtomatlarni va sanoat robotlarini yaratish; 6)qurollanish poygasi; 7) lazerning kashf etilishi


A. 1, 2, 4, 5.

B. 1, 2, 5, 7.

C. 2, 4, 5, 6.

D. 3, 4, 5,7.


2. Ilmiy-texnik inqilob jahon iqtisodiyotini kapitalizmning qanday davriga olib chiqdi?

A. monopolistik davriga

B. imperialistik davrida

C. postindustrial davriga

D. industrial davriga
3. 1957-yil 4-oktabr kuni yuz bergan voqeani aniqlang:

A. qurollanish poygasi kosmos sohasiga ko’chdi,

B. Sovet Ittifoqi dunyoda birinchi Yerning sun’iy yo’ldoshini uchirdi

C. Yuriy Gagarin koinotga parvoz qildi,

D. D. Kilbi va R.. Noys tomonidan yarimo’tkazgichli integral mikrosxemalar yaratildi.
4. Sovet Ittifoqida kim boshchiligidagi guruh tomonidan Oyga kosmik kema uchirish borasidagi tadqiqotlar olib borildi?

A. Y.Gagarin

B. S.P. Korolyov

C. N.Y Jukovskiy

D. A.M.Proxorov
5. Yuriy Gagarin koinotga parvoz qilgan kosmik kemaning nomi nima?

A. Konveyer

B. Vostok

C. Rostok

D. Kosmos
6. Yuriy Gagarin „Vostok kemasida ” kosmosga parvoz qilgan sanani aniqlang.

A. 1957-yil 4-oktabr,

B. 1961-yil 12-aprel

C. 1957-yil 12-aprel

D. 1961-yil 4-oktabr
7. Qaysi voqea jahon iqtisodiyotini kapitalizmning postindustrial davriga olib chiqdi?

A. Ikkinchi jahon urushi.

B. sanoat robotlarining yaratilishi

C. kosmonavtika davrining boshlanishi

D. ilmiy-texnik inqilob
8.Qaysi davlat dunyoda birinchi yerning sun’iy yo’ldoshini uchirdi?

A. Sovet ittifoqi

B. AQSH

C. Shimoliy Koreya

D. Yaponiya
9.Ikkinchi Jahon urushidan keyin qaysi davlatlar o’rtasidagi qurollanish poygasi kosmos sohasiga ko’chdi?

A.AQSH va Shimoliy Koreya

B. SSSSR va AQSH

C. SSSR va Xitoy

D. Xitoy va Shimoliy koreya
10.1961-yil 12-apreldagi voqeaga nimalar natijasida erishildi?

A. ilmiy-texnik inqiloblar

B. zavod-avtomatlar va sanoat robotlariyaratilishi

C. Sovet Ittifoqida Yerning sun’iy yo’ldoshi uchirilishi

D. S.P. Korolkov boshchiligidagi guruh tomonidan olib borilgan tadqiqotlar
11. «Olam cheksiz, uning oxiriyo'q. Olam markazga ega emas. Yer ham, Quyosh ham olamning markazi emas. Olam--son-sanoqsiz yulduzlardir va har bir yulduz yiroqdagi bir quyoshdir...” degan olim o’limga hukm qilinganidan qancha vaqt o’tib inson koinotga parvoz qildi?

A. 332 yil

B. 361 yil

C. 319 yil

D. 418 yil
12.Dunyoda birinchi temiryo’l ixtiro qilinganidan qancha vaqt o’tib dunyoda birinchi Yerning sun’iy yo’ldoshi uchirildi?

A. 132 yil

B. 121 yil

C. 143 yil

D. 123 yil
13. “Majburiy nurlanish natijasida yorug‘likning kuchaytirilishi” iborasini ifodalovchi so’zni toping

A. patsifizm

B. lazer

C. philips

D. elektr
14. XX asr fizika fanining "eng yorqin kashfiyoti sanalgan kashfiyot nima?

A. kosmosning zabt etilishi

B. integral sxemalarning yaratilishi

C. kompyuterning ixtiro qilinishi

D. lazerning ixtiro qilinishi
15. Olimlar nimani XX asrning so‘nggi 50 yili ichida qilingan eng mashhur ixtiro deb atadilar?

A. kosmosning zabt etilishi

B. integral sxemalarning yaratilishi

C. kompyuterning ixtiro qilinishi

D. lazerning ixtiro qilinishi
16. Lazerni kimlar yaratdilar?

A. N.G. Basov, A.M. Proxorov, Ch. Tauns

B. D. Kilbi, R. Noys, N.G. Basov,

C. D. Kilbi, Ch. Tauns, S.P. Korolyov

D. N.G. Basov, S.P. Korolyov, Ch. Tauns
17. Lazer qachon ixtiro qilindi?

A. 1957-yil,

B. 1960-yil,

C. 1961-yil,

D. 1972-yil.
18. Lazerni yaratgan fizik olimlar qayerlik edi?

A. sovet davlati va amerikalik,

B. yaponiyalik

C. faqat amerikalik

D. shvedsiyalik va amerikalik

19. “Light Amplifi cation bu Stimulated Emission of Radiation” iborasi qanday qo’llanadi?

A. yarim o’tkazgichli integrallar

B. integral mikrosxemalar

C. elektron hisoblash mashinasi

D. lazer
20. Qaysi kashfiyot uchun uch olim biryo’la Nobel mukofotini oldi?

A. kosmosning zabt etilishi

B. integral sxemalarning yaratilishi

C. kompyuterning ixtiro qilinishi

D. lazerning ixtiro qilinishi


21. Lazer nima?

A. nurning mutlaqo yangi turi,

B. yarim o’tkazgichli integrallar

C. rentgen nurining yangicha nomi,

D. integral mikrosxemalar
22.Kompyuter so’zining ma’nosi nima?

A. mayda toshchalar

B. axborot texnologiyasi

C. hisoblagich

D. hisoblagich, axborot texnologiyasi
23. Dastlabki komyuterlarga xos xususiyatni aniqlang.

1) nurlanish natijasida yorug’likni kuchaytiri, 2) axborotni qayta ishlash 3) hisoblash 4) EHM deb yuritilgan 5) juda katta hajmga ega edi 6) ixcham hajmga ega edi

A. 1, 3, 4, 6.

B. 2, 3, 4, 6

C. 1, 2, 4, 5.

D. 2, 3, 4, 5.


24. Yarim o’tkazgichli mikrosxemalar qachon, qayerlik injener tomonidan yaratildi?

A. 1959-yil, amerikalik

B. 1960-yil, shvetsiyalik.

C. 1961-yil, SSSR lik

D. 1972-yil. amerikalik
25. Yarim o’tkazgichli integral mikrosxemalar kim tomonidan yaratildi?

A. N.G. Basov, A.M. Proxorov,

B. D. Kilbi, R. Noys,

C. D. Kilbi, Ch. Tauns,

D. N.G. Basov, S.P. Korolyov,
26. Integral mikrosxemalarning yaratilishini olimlar yuqori baho berib, nima deb atadilar ?

A. XX asrning yorqin kashfiyoti

B. kompyuter davrini boshlab berdi

C. eng mashhur ixtiro

D. kosmonavtika davrini boshlab berdi
27. Yarim o’tkazgichli integral mikrosxemalarni yaratganlar qaysi kasb egasi edi?

A. elektrik

B. fizik

C. injener

D. dasturchi
28. Yarim o’tkazgichli integral mikrosxemalarni yaratgan injenerlar qayerlik edi ?

A. sovet davlatidan

B. shvetsiyalik

C. angliyalik

D. amerikalik
29. Qaysi ixtiro kompyuter va boshqa asboblar hajmining keskin qisqarishiga, faoliyat sohasini keskin kengaytirishga olib keldi?

A. yarimo‘tkazgichli integral mikrosxemalar

B. algoritm

C. internet

D. ARPANET
30. Yarim o‘tkazgichli integral mikrosxemalarning yaratilishi himalarga olib keldi?

1) kompyuter va boshqa asboblar hajmi keskin qisqarishiga 2) kompyuter va boshqa asboblar faoliyat sohasining keskin kengayishiga 3) uyali telefon yaratilishiga 4) internetning yaratilishini yaqinlashtirdi

A. 1, 4

B. 2, 3


C. 1, 2

D. 3, 4
31. Qaysi tashkilot 1940-yillar oxiridayoq uyali telefonlarni yaratish ustida ish boshlagan edi?

A. Shvetsiyaning Televerket kompaniyasi

B. Ericsson kompaniyasi

C. Philips kompaniyasi

D. Massachuset texnologiya instituti


32. Shvedlar tomonidan taklif qilingan birinchi ommaviy uyali telefon aloqasi nima deb ataldi?

A. UCELL


B. Televerket

C.MTS


D. Philips
33. Televerket kompaniyasi 1940-yillar oxirida qanday ixtiro ustida ish boshlagan edi?

A. yarim o’tkazgichli integrallar

B. uyali telefon

C. elektron hisoblash mashinasi

D. uzoq masofadan turib kompyuter orqali aloqa o’rnatish
34. 1970 – 1980-yillari qaysi mashhur kompaniyalar tomonidan uyali telefon apparatlarining yangi turlari yaratildi?

A. IBM, Apple

B. Nokia, Samsung

C. Televerket, Ericsson

D. Ericsson, Philips

35. Qachon Ericsson, Philips va boshqa ko‘plab mashhur kompaniyalar tomonidan uyali telefon apparatlarining yangi turlari yaratildi?

A. 1970 – 1980-yillarda

B. 1980 – 1990-yillarda

C. 1960 – 1980-yillarda

D. 1960 – 1970-yillarda


36. 1970 – 1980-yillari Ericsson, Philips kompaniyalari nimaning yangi turlarini yaratdilar?

A. kompyuterlarning

B. uyali aloqa apparatlarining

C. kompyuterlar va uyali aloqa apparatlarining

D. elektron hisoblash mashinasining
37. Qaysi tashkilot xodimlari uzoq masofadan turib kompyuter orqali aloqa o‘rnatish mumkinligini asosladi va internetning yaratilishini yaqinlashtirdi?

A. Shvetsiyaning Televerket kompaniyasi

B. Ericsson kompaniyasi

C. Philips kompaniyasi

D. Massachuset texnologiya instituti
38. Qachon Internetning o‘tmishdoshi ARPANET yaratildi?

A. 1969-yili

B. 1970-yil

C. 1971-yil

D. 1972-yil
39.1969-yili qanday yangilik yaratildi?

A. internet

B. ARPANET

C. elektron pochta

D. uyali aloqa apparati
40. 1972-yili qanday yangilik yaratildi?

A. internet

B. ARPANET

C. elektron pochta

D. uyali aloqa apparati
41. Elektron pochta qachon yaratildi?

A. 1969-yili

B. 1970-yil

C. 1971-yil

D. 1972-yil
42. Qachon zamonaviy ko‘rinishga yaqin apparatlar paydo bo‘ldi?

A. 1970 – 1980-yillarda

B. 1980 – 1990-yillarda

C. 1960 – 1980-yillarda

D. 1960 – 1970-yillarda
43. XX asrning ikkinchi yarmida san’atda qanday yo‘nalishi keng ommalashdi?

A. abstraksionizm

B. postmodernizm

C. ommaviy madaniyat

D. modernizm
44. Abstraksionizmga qarama-qarshi ravishda qaysi yo’nalish paydo bo‘ldi va tezda Yevropaga tarqaldi?

A. postmodernizm

B. pop-art

C. ommaviy madaniyat

D. fotografiya
45. Pop-art qanday ma’noni anglatadi?

A. ommaviy madaniyat

B. folklor

C. mavhum

D. ommaviy san’at
46.Abstraksionizm qaysi san’atining rivojlanishiga o‘ziga xos javob tarzida paydo bo‘ldi?

A. postmodernizm

B. pop-art

C. ommaviy madaniyat

D. fotografiya
47. Qaysi yo’nalish vakillari tasvirda harakatni, hissiyotni ifodalashga intildilar?

A. abstraksionizm

B. postmodernizm

C. ommaviy madaniyat

D. modernizm
48. Qaysi yo’nalish vakillarining fikricha, dunyodagi har qanday buyum o‘zining dastlabki iste’molchilik ahamiyatini yo‘qotib, badiiy, estetik sifat kasb etishi mumkin?

A. postmodernizm

B. pop-art

C. abstraksionizm

D. fotografiya
49.San’atning qaysi yo‘nalishlarida olam qiyofasidagi mantiq va aniqlikning yo‘qligi san’atdagi modernizm bosqichi o‘z imkoniyatlarini tugatganidan dalolat edi?

A. abstraksionizm

B. postmodernizm

C. pop-art

D. modernizm
50. G‘arb va Sharq san’ati, o‘tmish va zamonaviy uslublar, folklor va ommaviy madaniyat elementlarini o‘zida jamlagan uslub qaysi?

A. abstraksionizm

B. postmodernizm

C. pop-art

D. modernizm
51. Urushdan keyin adabiyot sohasida ko’pchilik asarlar qanday ruhda yozilgan edi?

A. fashistik, patsifistik

B. realistik, patsifistik

C. realistik, antifashistik

D. antifashistik, patsifistik
52. Postmodernizm uslubi o’zida qanday elementlarni jamlagan?

A. tasvirda harakatni, hissiyotni ifodalash

B. folklor va ommaviy madaniyat

C. inson va tabiat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ifodalash

D. tabiatdagi halokatlarni ifodalash
53. Qachondan boshlab realizm jamiyatdagi yangi dolzarb muammolarni aks ettirish quroliga aylanadi?

A.XX asrning ikkinchi yarmida

B. 1960-yillardan

C. Urushdan keyin

D. XX asr o’rtalaridan.
54. Realistik ommaviy adabiyotga xos xususiyatlarni aniqlang.

1) ommaviy o‘quvchiga mo‘ljallangan 2) aniq andazalar asosida yozilgan 3) badiiy jihatdan

unchalik yuksak bo‘lmagan 4)badiiy jihatdan yuksak bo’lgan 5)aniq andazalar asosida yozilmagan 6) mafkuraviy jihatdan mavjud tartiblarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan

7) badiiy qiymati to‘g‘risida jiddiy fikr yuritib bo‘lmaydi 8) ularni o‘qish aqlni va qalbdan berilishni talab qilmaydi 9) ularni o’qiganda qalbdan berilish zarur 10)mafkuradan xoli 11) ular hozirgi tezkor zamonda vaqt o‘tkazishning bir turi bo‘lib qolgan


A.2,4,5,6,8,9,10

B.1,3,4,5,7,8,9

C.1,2,3,6,7,8,11

D.2,3,4,6,8,10,11


55. ”Bu – bozorning barcha qonunlarga rioya qiladigan, xaridorlarning turli qatlamiga mo‘ljallangan adabiy tovar”. Gap nima haqida ketyapti?

A. folklor

B. ommaviy madaniyat

C. modernizm



D. ommaviy adabiyot
Download 444.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling