10-sinf jahon tarixi xronologiyasi
partizanlik harakatlari maydoniga aylandi
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya 10-11
partizanlik harakatlari maydoniga aylandi. 1990-yillar oxirida Turkiyada YIMning yillik o‘sishi ancha yuqori bo‘lib, eksportning asosiy qismini sanoat mahsulotlari tashkil qildi. 1990-yillar Yaponiyada hukumat beqarorligi bilan xarakterlanadi. Bu yillari Yaponiyada bir necha koalitsion hukumatlar almashgandan so‘ng 1996-yil yanvarda LDP yana bir partiyali hukumat tuzishga erishdi. 1990-yillarda - ikkinchi jahon urushidan so‘ng jahondagi kuchlar nisbatini belgilab kelgan kapitalistik va sotsialistik harbiy-siyosiy bloklar o‘rtasidagi qarama qarshilik barham topdi. 1990-yillarda Hindiston jiddiy yutuqlarga erishdi. Shu davrda YIM hajmi bir necha barobar oshdi. 1990-yillarda Suriya iqtisodiyotida turg‘unlik boshlandi. 1990-yillarda taraqqiyotning sotsialistik yo‘lini tanlagan Vyetnam, Kambodja, Laos juda og‘ir ahvolda qoldi. Ular dunyo ning eng kambag‘al mamlakatlari qatoriga kirardi. 1990-yillardagi «Osiyo inqirozi» Indoneziyaga juda qattiq ta’sir ko‘rsatdi. 1990-yillardagi Meksika inqirozi Lotin Amerikasi mamlakatlarini larzaga solgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqirozlar zanjirining birinchisi edi. 1990-yillardan boshlab Yaponiya iqtisodiyotida davlat sektorining ulushi kamayib boradi. 1990-yillardan boshlab Yevropa integratsiyasining keyingi rivojlanishi ikki yo‘nalish bo‘yicha bordi. Birinchidan, yangi a’zolarni qabul qilish yo‘nalishi bo‘lib, 1996-yili a’zolar soni 15 taga yetdi. 1990-yillardan Isroil iqtisodi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi. 1990-yillardan Malayziyaning iqtisodiy o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lib, u industrial rivojlangan mamlakatlar qatoriga intilmoqda. Malayziyada mamlakatni rivojlantirishning 2020-yilgacha bo‘lgan dasturi ishlab chiqilgan. 1990-yillarga kelib, Falastin muammosini hal qilish imkoni paydo bo‘ldi. 1990-yillari «neoliberal islohot yutuqlarining namoyishi» bo‘lgan Argentina iqtisodiyoti qattiq zarar ko‘rdi. 1990-yillari AQSH tashqi siyosatining asosiy tamoyillari o‘z ahamiyatini saqlab qoldi. 1990-yillari butun dunyoda ishlab chiqarilgan videoapparaturalarning 90% i, sanoat robotlarining 2/3 qismi Yaponiya hissasiga to‘g‘ri kelardi. 1990-yillari Filippinda ichki holatning og‘irligiga qaramasdan iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga erishildi. 1990-yillari Fransiyada postindustrial jamiyatning shakllanish jarayoni davom etdi. 1990-yillari Pokistonda qizg‘in siyosiy jarayonlar va hokimiyatning yuqori pog‘onasida korrupsiya bilan bog‘liq mojarolar davom etdi. 1990-yillari sobiq SSSRdan 600 ming kishining Isroilga ko‘chib kelishi qurilish, sanoatning ayrim sohalarida jadal rivojlanishni ta’minladi. 1990-yillari Tropik va Janubiy Afrika mamlakatlarida ham muhim va o‘ta murakkab o‘zgarishlar yuz berdi. 1990-yillarning birinchi yarmida iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari ilgarigidek yuqori bo‘lmasa-da, GFR dunyoning iqtisodiy yetakchi davlatlaridan biri bo‘lib qolaverdi. 1990-yillarning boshidayoq Sharqiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy o’sish zamonaviy dunyoda jiddiy ta’sirga ega bo‘lgan «yangi industrial mamlakatlar» deb ataluvchi guruh qatoridan joy olish imkonini berdi. 1990-yillarning boshlarida arab mamlakatlari va Shimoliy Afrikada «Musulmon birodarlar» kabi terrorchi guruhlar faollashdi. 1990-yillarning boshlarida X.Kolumb tomonidan Amerikaning kashf etilganiga 500 yil to‘lishi keng nishonlandi. 1990-yillarning ikkinchi yarmida Rossiyadagi iqtisodiy-ijtimoiy holat va Rossiyadan tashqaridagi ruslar muammosi alohida dolzarblik kasb etdi. Bunga sobiq SSSR ning turli hududlaridan Rossiyaga ko‘chib kelayotganlar muammosi ham qo‘shildi. 1990-yillarning ikkinchi yarmidan Buyuk Britaniyada iqtisodiy o‘sishning boshlanishi ham konservatorlar Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling