10-sinf jahon tarixi xronologiyasi
-SINF O’ZBEKISTON TARIXI XRONOLOGIYASI
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
xronologiya 10-11
10-SINF O’ZBEKISTON TARIXI XRONOLOGIYASI
1914-yil Yosh xivaliklar partiyasi tashkil topgan 1917-yil Abdurauf Fitrat ‘’Tarix millatlarning o’tmishini, taraqqiyotini va tanazzulining sabablarini o’rgatadigan ilmdir” deb yozib qoldirgan 1917-yil Abdurauf Fitrat shu yil voqealariga nisbatan.‘’Rusiyada bosh ko’targan balo—Bolshevik balosi” deb kim yozib qoldirgan 1917-yil Fevral inqilobi Yosh buxoroliklar ichida kuchlar nisbatining qayta guruhlanishini tezlashtirdi 1917-yil 27-fevral Rossiyada davlat to’ntarishi bo’lib o’tgan 1917-yil mart butun mamlakatda fevral voqealaridan keyin yangi hokimiyuat o’rnatildi 1917-yil 1-mart Moskvada fevral voqealaridan keyin yangi hokimiyat o’rnatildi 1917-yil 2-mart Rossiya imperatori Nikolay II o’z ixtiyori bilan taxtdan voz kechdi 1917-yil 2-mart Toshkentda ishchi deputatlari Soveti (Toshkent Soveti) tuzilgan 1917-yil 12-mart yangi hisob bo’yicha Rossiyada davlat to’ntarishi bo’lib o’tgan 1917-yil 14-mart Toshkent shahrida Turkiston taraqqiyparvarlarning ijtimoiy-siyosiy tashkiloti ‘’Sho’royi Islomiya” (“Islom kengashi”) tuzildi 1917-yil 31-mart Kuropatkin uy qamog’iga tashlangan sana 1917-yil mart—iyul fevral voqealaridan keyin Muvaqqat hukumatga Georgiy Lvov boshchilik qilgan 1917-yil aprel Sho’royi Islomiya tashkilotining Samarqand, Qo’qon, Namangan, Andijon, Marg’ilon, Skobelov (Farg’ona),Marv, Turkiston, Oqmachit (Qizilo’rda), O’sh va boshqa shaharlarda shu’balari tuzilgan 1917-yil 5-aprel Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh xivaliklar partiyasining islohot to’g’risidagi manifestiga imzo chekdi 1917-yil 7-aprel Sayid Olimxon Buxoroda turli islohotlar o’tkazish to’g’risidagi farmonni imzoladi 1917-yil 7-aprel Turkiston o’lkasini boshqarish uchun 9 kishidan iborat Turkiston komiteti tuzildi va Toshkentda faoliyat ko’rsatdi. 1917-yil 8-aprel Yosh buxoroliklar tomonidan Buxoro shahrida bo’lgan namoyish amir tomonidan bostirildi 1917-yil 8-aprel Xivada xon huzurida qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligida Majlis va Husayn devonbegi Matmurodov boshchiligida Nozirlar Sho’rosi tashkil topgan 1917-yil 14-aprel 7-aprelda imzolangan farmon bekor qilindi 1917-yil 16-23-aprel Toshkent shahrida Sho’royi Islomiya tashkilotining tashabbusi bilan Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi bo’lib o’tdi 1917-yil may Yosh xivaliklar partiyasi rahbari Polvonniyoz Yusupov boshchiligidagi delegatsiya Muvaqqat hukumat vakillari bilan muzokara o’tkazish uchun Toshkentga keldi 1917-yil iyun Asfandiyorxon Muvaqqat hukumatning Xivadagi vakili general Mirbadalov boshchiligidagi harbiy kuchlarga tayanib Majlisni tarqatib yubordi 1917-yil iyun Shoroyi Islomiya tashkilotidan bir guruh ulamolar ajralib chiqib, Qo’qon va Toshkentda yangi jamiyat—‘’Shoroyi Ulamo’’ga asos soldilar 1917-yil iyul-oktabr fevral voqealaridan keyin Muvaqqat hukumatga Aleksandr Kerenskiy boshchilik qilgan 1917-yil avgust—sentabr bolsheviklar Petrograd va Moskva Sovetlarida ko’pchilikni egalladi va hokimiyatni bosib olish uchun qurolli to’ntarishga tayyorgarlik ko’rdi. 1917-yil kuzida Turkistonda hokimiyatning bolsheviklar ta’siridagi Sovetlar qo’liga o’tishi uchun obyektiv shartsharoit yo’q edi, bolsheviklarning omma o’rtasida ta’siri ham oz bo’lgan 1917-yil sentabr Toshkentda Turkiston va Qozog’iston musulmonlari qurultoyi o’tkazilgan 1917-yil 24-oktabrdan 25-oktabrga o’tar kechasi qurollangan ishchilar, Petrograd garnizoning soldatlari va Boltiq flotining matroslari Qishki saroyga bostirib kirdi va majlis o’tkazayotgan Muvaqqat hukumat a’zolarini qamoqqa oldi. 1917-yil 27-oktabrda Toshkentga yetib kelgach, bolsheviklar va so’l eserlar hokimiyatni zo’rovonlik yo’li bilan egallash uchun kurash boshladilar 1917-yil 28-oktabr shu sanadan boshlab Toshkentning yangi shahar qismida qurolli to’qnashuvlar avj oldi 1917-yil noyabr Samarqand, Skobelov va boshqa shaharlarda sovet hokimiyati o’rnatildi 1917-yil noyabr Asfandiyorxon rus kazaklari yordamida Majlisni butunlay tugatdi 1917-yil noyabr Turkiston o’lkasida bolsheviklarning hokimiyat tepasiga kelishi natijasida sovet Rossiyasi bilan Buxoro amirligi o’rtasidagi siyosiy vaziyat keskinlashdi 1917-yil 7-noyabr Jizzaxda Sharof Rashidov tavallud topgan 1917-yil 15-22-noyabr Toshkentda Turkiston ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining III o’lka syezdida so’l eserlar, bolsheviklar va maksimalistlardan iborat sovet hukumati—Turkiston o’lka Xalq Komissarlari Soveti tuzildi 1917-yil 12-15-noyabrda “turli musulmon guruhlarining birlashgan kengashi” o’tkazilib, unda Sirdaryo va Samarqand viloyatlaridan kelgan vakillar qatnashdi 1917-yil 26-28-noyabr Qo’qon shahrida Butunturkiston o’lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo’lib o’tdi 1917-yil 27-noyabr shu kunni Abdurauf Fitrat ‘’Milliy laylatulqadrimiz’’ deb atadi 1917-yil 27-noyabr kechqurun ”Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o’zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi’’ deyilgan qaror qabul qilindi 1917-yil 28-noyabr tashkil etilayotgan hukumatga Turkiston Muxtoriyati deb nom berildi. 1917-yil dekabr Toshkentda 60 ming kishi ishtirok etgan miting o’tkazildi 1917-yil 1-dekabr Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat a’zolari imzolagan maxsus Murojaatnoma e’lon qilindi 1917-yil 2-dekabr Yangi Buxoro (Kogon)da bo’lib o’tgan amirlik hududidagi rus manzilgohlari ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining II syezdida Buxoroda amirlik tuzumini ag’darib tashlab, hokimiyatni Fayzulla Xo’jayev boshchiligidagi Yosh buxoroliklarga berishga qaror qildi 1917-yil qish shu faslda boshlangan ocharchilik bolsheviklarning qattol siyosati natijasida tobora kuchayib borgan 1917-1923-yillar ocharchilik natijasida Farg’ona vodiysida 1 mln, Samarqand viloyatida 200 ming kishi o’lib ketgan 1917-1924-yillar O’zbekiston tarixida sovet davrining 1-bosqichi 1917-1991-yillar O’zbekiston tarixida sovet davri 1918-yil shu yildan boshlab Bahrombek 2 ming yigit bilan Samarqand viloyatida qizil armiyaga qarshi janglarda faol qatnashdi 1918-yil 19-26-yanvar Turkiston o’lka ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda IV syezdida Turkiston Muxtoriyatini kuch bilan tugatishga qaror qilishdi 1918-yil 26-yanvar RSFSR Xalq Komissarlari Soveti raisining maxsus dekreti bilan Rossiya hududida grigorian kalendari joriy qilindi 1918-yil 30-yanvar Turkiston XKS Turkiston Muxtoriyatiga qarshi harbiy harakatlarni boshladi 1918-yil 30-yanvar shu kuni kechqurun Toshkentdan yuborilgan dastlabki harbiy otryadlar Skobelovdan Qo’qonga to’p va pulemotlar bilan yetib keldi 1918-yil 31-yanvar shu kuni tushdan keyin Qo’qonda Turkiston Muxtoriyatiga qarshi harakatlar boshlandi 1918-yil 31-yanvar shu sanagacha tarixiy sanalar Rossiyada eski hisob bilan berilgan 1918-yil 31-yanvardan keyin 1-fevralga emas 14- fevralga o’tilgan 1918-yil 14-fevraldan Rossiyada tarixiy sanalar yangi hisob bilan berilgan 1918-yil 15-fevral Qo’qon shahrida yong’inlar bo’ldi 1918-yil 18-fevral shu kundan boshlab Kichik Ergash amalda muxtoriyat hukumatining rahabariga aylandi 1918-yil 20-fevral shu kun “Ulug’ Turkiston” gazetasining ma’lumotlariga ko’ra, Xo’qand (Qo’qon) tarixining eng dahshatli kuni edi 1918-yil 22-fevral Qo’qon shahridagi Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan “tinchlik shartnomasi’’ imzolandi 1918-yil fevral oyining so’nggi o’n kunligida Turkiston mintaqasida bolsheviklar hukmronligidagi sovet rejimiga qarshi istiqlolchilik harakati dastlab Qo’qon atroflarida boshlandi 1918-yil 27-fevral bolsheviklarning harbiy kuchlariga qarshi bo’lgan janglarning birida Kichik Ergash shahid bo’lgan 1918-yil erta bahori avval Farg’ona vodiysida, so’ngra butun Turkiston mintaqasida sovet rejimiga qarshi qurolli istiqlolchilik harakati boshlandi 1918-yil 1-mart Turkiston o’lkasi XKS raisi Fyodor Kolosev boshchiligidagi 3500 kishidan iborat harbiy kuchlar Yangi Buxoroga yetib keldi 1918-yil 2-mart Eski Buxoro shahriga Turkiston o’lkasi XKS raisi Fyodor Kolosev boshchiligidagi harbiy kuchlar hujum boshladi 1918-yil 5-mart shu kuni kechqurun Kolosev o’z harbiy kuchlariga Toshkent tomonga chekinishga buyruq berdi 1918-yil 17-mart Kolosev otryadi bilan Samarqandga yetib keldi 1918-yil 25-mart sovet Turkistoni va Buxoro amirligi o’rtasida Qizlitepa bitimi imzolandi 1918-yil 20-aprel—1-may Toshkentda Turkiston ishchi, soldat, krestyan, musulmon va dehqon deputatlarining V o’lka syezdi bo’lib o’tdi 1918-yil 30-aprel ”Rossiya Sovet federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi haqidagi Nizomi’’ qabul qilindi 1918-yil may bolsheviklar tomonidan Sho’royi Islomiya va ‘’Sho’royi Ulamo’’ tashkilotlari tugatilgan 1918-yil 17-25-iyun Toshkentda Turkiston bolshevistik tashkilotlarining tashkiliy o’lka syezdi bo’lib o’tdi 1918-yil mart oxiri shu davrga kelib Katta Ergashning nomi Farg’ona vodiysi aholisi o’rtasida juda mashhur bo’lib ketdi 1918-yil o’rtalari shu davrga kelib Farg’ona vodiysida taxminan 100 ga yaqin qo’rboshi o’z guruhlari bilan qizil armiyaga qarshi kurash olib bordilar 1918-yil o’rtalaridan e’tiboran qizil askarlarga qarshi mustaqillik uchun jangga kirgan edi 1918-yil 30-oktabr Xivada saroy fitnasi oqibatida Asfandiyorxon o’ldirildi va taxtga akasi Said Abdullaxon o’tirdi 1918-yil noyabr Junaidxon qo’shinlari Amudaryodan o’tib, To’rtko’lga hujum qildi 1918-yil noyabr Turkiston ASSRda Turor Risqulov raisligida ocharchilikka qarshi Markaziy komissiyasi tuizilgan 1918-1920-yillar sovet hokimiyatining dastlabki davri (bu paytda harbiy kommunizm davri deb ham yuritiladi) 1918-1923-yillar Samarqand viloyatidagi istiqlolchilarga Bahrombek va Ochilbek kabi qo’rboshilar rahbarlik qilgan 1918-1924-yillar Turkiston ASSR, BXSR, XXSR mavjud bo’lgan davr 1918-1925-yillar Turkistonda keng xalq ommasi vakillarining shu yillarda bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borgan qurolli harakatiga sho’ro hukumati davrida buyuk davlat shovinistlari tomonidan “bosmachilik” deb berilgan rasmiy nom 1919-yil mart oyi Turkiston Kompartiyasining II konferensiyada RKP o’lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) tuzildi 1919-yil 9-aprel Xiva yaqinidagi Taxta qishlog’ida Junaidxon bilan Sovet hokimiyati vakillari o’rtasida shartnoma imzolandi 1919-yil yozining oxiri va kuzi Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi. 1919-yil sentabr Madaminbek lashkarlari Jalolobod va O’sh shaharlarini egallashdi 1919-yil 12-oktabr Pomirning Ergashtom ovulida anjuman bo’lib, unda Madaminbek boshchiligida Farg’ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi 1919-yil 4-noyabr Yosh xivaliklar, Tortko’ldagi inqilobchi kommunistlar guruhi va Qo’shmamedxon Sapiyev va G’ulomalixon Bahodir boshchiligidagi Turkman qabilalari Xiva xoni Said Abdullaxon va Turkman yovmutlarining yetakchisi Junaidxonga qarshi kurash boshlash uchun o’zaro ittifoq tuzib, Xiva shahrini egallash uchun qizil askarlarni yordamga chaqirdi 1919-yil noyabr-1920-yil yanvar Turkiston frontining Amudaryo (Xiva) guruhi qo’shinlari Xivani bosib olish uchun keskin janglar olib bordi 1919-yil kech kuzi Madaminbek qo’l ostida 30 ming nafar ( Shermuhammadbek qo’l ostida 20 ming, Katta Ergash 8 ming nafar askari b o’lgan) yigit qizil armiyaga qarshi istiqlol janglarini olib bordilar 1920-yil ko’tarilgan qo’zg’olonlar mamlakatning barcha hududi—g’arbiy, markaziy, sharqiy qismlarida boshlanib, ommaviy tus oldi 1920-yil Qirg’iziston ASSR tashkil etildi 1920-yil Markazga tashib ketilayotgan non mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat turlarining miqdori bir necha marta ko’paygan 1920-yil shu yildan boshlab istiqlolchilik harakati qaytadan shiddat bilan rivojlandi 1920-yil yanvar Turor Risqulov Turkiston Sovet Respublikasi nomini o’zgartirib, uni Turk Respublikasi, yagona kommunistik partiya—Turkiston turkiy xalqlarning kommunistik partiyasini tuzish taklifi bilan chiqdi 1920-yil yanvar o’rtalari jangovor tashabbus qizil armiya qo’l ostiga o’tdi 1920-yil 1-fevral Xiva Sovet qo’shinlari tomonidan bosib olindi 1920-yil 2-fevral Xivada Muvaqqat inqilobiy qo’mita tuzildi 1920-yil bahori XXSRda yangi tipdagi maktablar tashkil qilina boshlandi 1920-yil 6-mart Skobelov shahrida Madaminbek va N.Veryovkin-Roxalskiy o’rtasida yarash bitimi imzolandi 1920-yil 10-mart Turkiston ASSR MIK va Turkiston Kompartiyasining birlashgan kengashida Sultonbek Xo’janov, Sanjar Asfandiyorov, N.Paskutskiy kabi atoqli partiya xodimlari SSRning O’rta Osiyo federatsiyasini tuzish taklifi bilan chiqdilar 1920-yil 26-30-aprel Butunxorazm xalq vakillarining I qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR) tuzilganligi e’lon qilindi 1920-yil may Madaminbek qo’rboshilar o’rdasiga borgan paytda o’ldirildi 1920-yil 3-may Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston— mustaqil islom jumhuriyati tashkil topdi 1920-yil yoz Turor Risqulov o’z vazifasidan ozod qilindi 1920-yil 12-avgust Turkiston fronti qo’mondoni M.V.Frunze amirlikni tugatish maqsadida SamarqandBuxoro guruhi (fronti)ni tuzish haqida buyruq bergan 1920-29-avgust Sovet hukumati Buxoro amirligini tugatishga buyruq berdi 1920-yil yoz va kuz Turkistondagi ozodlik harakati yangi bosqichga qadam qo’ydi 1920-yil sentabr oyi boshlarida amirlik xazinasi va boshqa boyliklar ortilgan 2 ta eshelon Samarqand va Toshkent orqali Moskvaga yo’l olgan 1920-yil sentabr Frunze Moskvaga qaytgach, qo’lga olingan va bir necha oy uy qamog’ida saqlangan 1920-yil sentabr Sharqiy Buxoroga kelgan sobiq amir Olimxon katta kuchlar to’plab, qizil armiyaga qarshi kurashga rahbarlik qildi 1920-yil sentabr Frunze Moskvaga qaytgach, qo’lga olingan va bir necha oy uy qamog’ida saqlangan 1920-yil 1-2-sentabr Buxoro shahriga 12 ming snaryad tashlangan 1920-yil 2-sentabr qizil armiya tomonidan Buxoro shahri egallangan 1920-yil 6-8-oktabr amirning yozgi saroyi Sitorai – Mohi Xosada chaqirilgan Butunbuxoro xalq vakillarining I qurultoyida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilganligi e’lon qilindi 1920-1933-yillar ‘’Qo’shchi’’ ittifoqi faoliyat ko’rsatgan davr 1921-yil shu yildan boshlab Ahmad Zakiy Validiyning yozishicha, Ochilbek “Turkiston milliy birligi” tashkiloti ko’rsatmalari asosida faoliyat ko’rsatgan 1921-yil bahori yer-sev islohotini amaliy jihatdan ro’yobga chiqarish shu paytdan boshlandi 1921-yil bahori mamlakat iqtisodiy munosabatlarida keskin o’zgarishlar o’tkazish zarurligi ravshan bo’lib qoldi 1921-yil mart RKP X syezdida oziq-ovqat razvyorstkasini oziq-ovqat solig’I bilan almashtirish to’g’rida qaror qilindi 1921-yil mart bir qator janglarda mag’lubiyatga uchragan Olimxon Afg’oniston davlati hududiga o’tib ketishga majbur bo’ldi 1921-yil 6-mart Xorazmda qizil askarlar uyushtirgan harbiy davlat to’ntarishlaridan keyin Polvonniyoz Yusupov hukumati ag’darib tashlandi 1921-yil iyun-sentabr Farg’ona viloyatida 200 dan ortiq qo’rboshi guruhlari harakat qilgan 1921-yil avgust Turkiston ASSRda yangi iqtisodiy siyosatga o’tish Turkiston Kompartiyasi VI syezdida siyosiy jihatdan asoslab berildi 1921-yil sentabr Xivada xalq dorilfununi ochilgan 1921-yil 13-sentabr Farg’ona vodiysida favqulodda holat e’lon qilindi 1921-yil oktabr Anvar Posho Kavkazdan Buxoro shahriga keladi 1921-yil noyabr Farg’ona viloyatida sovet hokimiyati tomonidan harbiy diktatura o’rnatildi va Turkiston fronti harbiy inbilobiy kengashi a’zosi Baranov Farg’ona viloyatining harbiy diktatori qilib tayinlandi 1921-yil 9-noyabr Anvar Posho Qarshi yaqinidagi Qilliko’l atrofida Mulla Nafis qo’rboshi bilan uchrashadi 1921-yil 24-noyabr Afg’onistonga qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligida maxsus elchilik hay’ati jo’natilgan. 1921-1922-yillar Turkistondan Rossiyaga 4,4 mln pud g’alla jo’natilgan 1921-1922-yillar O’rta Osiyoda yer-suv islohoti amalga oshirildi. U ikki bosqichdan iborat bo’lib, shu yillarda Turkiston ASSR va Qozog’iston ASSR da amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar birinchi bosqichni tashkil qiladi 1921-1922-yillar arab alifbosi isloh qilinib, ancha soddalashtirildi 1922-yil bahorida Junaidxon Xorazmda o’z faoliyatini yanada kuchaytirdi 1922-yil aprel Junaidxon qo’shinlari Posu shahri va uning atroflarni qizil askarlardan ozod qilishdi 1922-yil yozi shu davrgacha Bahrombek o’z yigitlari bilan qizil armiyaga qarshi faol kurashgan 1922-yil avgust Anvar Posho Sharqiy Buxoroning Baljuvon atrofidagi Obidara qishlog’ida qizil askarlarga qarshi bo’lgan jangda mardlarcha halok bo’ldi 1922-yil kuzi Bahrombek va ukasi Shahriyor qo’rboshini qo’lga olishib, Samarqand shahrida otib tashlandi 1922-yil dekabr XXSRda qishloq xo’jaligida yagona soliq tizimi joriy qilina boshlandi 1922-yil 30-dekabr RSFSR, Ukraina, Belorussiya, ZSFSR asosida SSSR tuzildi 1922-1924-yillar Butunbuxoro Markaziy Ijroiya Qo’mitasiga Porso Xo’jayev boshchilik qilgan 1923-yil Xorazmda ‘’bosmachilik’’ harakatini tezlik bilan bostirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi va shu yildan boshlab bu holat yanada kuchayadi 1923-yil 12-yanvar uchinchi chaqiriq XXSR MIK II sessiyasida Xorazmda 4 yildan buyon davom etib kelayotgan “bosmachilik” harakatiga qarshi mavjud hukumatning o’zi kurash olib borishiga ojiz ekanligi ochiq aytilib, RSFSR hukumatidan “shoshilinch yordam” so’raldi 1923-yil 10-may Ochilbek Kitob atrofida qizil askarlar bilan bo’lgan janglarning birida mardlarcha halok bo’lgan 1923-yil iyun XXSRda hunarmandchilik va sanoat sohasidagi soliqlar bir tizimga solinib, davlat solig’i joriy etlindi 1923-yil yozi va kuzi tashqi kuchlar tazyiqi bilan Fayzulla Xo’jayevning yaqin safdoshlari Fitrat, Otaulla Xo’jayev, Sattor Xo’jayev, Muinjon Aminov, Qori Yo’ldosh Po’latov va boshqa nozirlar hukumat tarkibidan chiqarildi 1923-yil 17-20-oktabr Butunxorazm xalq vakillarining IV qurultoyi XXSRni Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XXSR)ga aylantirish to’g’risida qaror qabul qildi 1923-yil oktabr shu oydan boshlab Xorazmdagi demokratik o’zgarishlarga chek qo’yildi 1923-yil dekabr Farg’ona vodiysi vakillari RSFSR tarkibida Farg’ona muxtor viloyatini tashkil etish to’g’risidagi taklif bilan chiqqan 1923-1924-yillar Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilar qo’shiniga Islom Polvon va Yormat Maxsum kabi qo’rboshilar rahbarlik qildilar 1924-yil shu yil davomida tirik qolgan qasoskorlar (qo’rboshilar)ning ko’pchiligi qarshilikni to’xtatdilar 1924-yil Turkistondagi istiqlolchilik harakati asosan mag’lubiyatga uchragandan keyin Turkiston o’lkasini bo’lib tashlab, uni idora qilish masalasi o’zining so’nggi bosqichiga qadam qo’ydi 1924-yil boshlari shu vaqtdan boshlab sovet hokimiyati “mustaqil respublikalar” tashkil qilish masalasini hal qilishga jiddiy kirashdi 1924-yil fevral Buxoro Kompartiyasi chegaralanish masalasi yuzasidan Fayzulla Xo’jayev tomonidan yozilgan tezislarni qabul qildi 1924-yil fevral-iyun SSSRdagi markaziy organlar, Turkiston, Buxor, Xorazm kommunistik partiyalari va RKP (b) MK O’rta Osiyo byurosi milliy chegaralanish masalasi yuzasidan zo’r berib ish olib bordi 1924-yil 8-may bir guruh Xorazm rahbarlari RKP (b) MKga ‘’Xorazmda milliy masalani hal qilish to’g’risida maktub’’ yuborib, Xorazmni chegaralanishga qo’shmaslikni iltimos qildilar 1924-yil 12-iyun Stalin taklifi bilan RKP (b) mk Siyosiy byurosining “O’rta Osiyo respublikalarini milliyhududiy chegaralash to’g’risida” maxsus qarori qabul qilingan 1924-yil 17-iyun Junaidxon o’zining 20 nafar hamrohi bilan Afg’onistondagi Hirot shahriga yetib keldi 1924-yil iyul Xorazm Kompartiyasi Markaziy Komiteti mas’ul kotibi Qalandar Odinayev vazifasidan olib tashlandi 1924-yil 26-iyul Xorazm Kompartiyasining yangi rahbarlari respublikaning chegaralanishiga kiritilishiga o’z roziligini bildirdi 1924-yil yozi va kuzi Mulla Abdulqahhor yigitlari va qizil askarlar o’rtasida Gijduvon tumanining G’ishti va Kattag’amxo’rqishloqlari,Nurota tog’larida, Shofirkon tumaniga tutash Qizilqumning Jilvon qumliklarida, Bog’i afzal va Vardonze qishloqlarida qattiq to’qnashuvlar bo’lgan 1924-yil kuzi O’rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish o’tkazilishi natijasida qurolli kurshning 1- davri yakunlandi 1924-yil 16-sentabr Turkiston ASSR MIK ning favqulodda sessiyasida O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi 1924-yil 18-20-sentabr Butunbuxoro xalq vakillarining V qurultoyida BXSRning nomi o’zgartirilib, u Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi (BXSR)ga aylantirildi 1924-yil 20-sentabr Butunbuxoro xalq vakillarining V qurultoyida O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi 1924-yil 20-sentabr Butunbuxoro xalq vakillarining V qurultoyida Fayzulla Xo’jayev ‘’O’rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanishni o’tkazish to’g’risida’’ ma’ruza qildi 1924-yil sentabr-oktabr O’rta Osiyoda o’tkazilgan milliy-hududiy chegaralanishi O’rta Osiyo respublikalari, RSFSR va SSSRning oliy organlari tomonidan qonuniy kuchga kirdi 1924-yil 14-oktabr RSFSR MIKning II sessiyasida TASSR MIKning milliy-hududiy chegaralanishi to’g’risidagi qarori ayrim tuzatishlar bilan qabul qilindi 1924-yil 27-oktabr Moskvada SSSR MIKning III sessiyasida TASSR MIK favqulodda sessiyasi, Butunbuxoro va Butunxorazm xalq vakillarining V qurultoylari asosida O’rta Osiyo milliy respublikalar tuzish to’g’risida maxsus qaror qabul qilindi 1924-yil 29-oktabr Butunxorazm xalq vakillarining V qurultoyida O’rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanishni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi 1924-yil 31-oktabr Fayzulla Xo’jayev boshchiligida O’zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komiteti tashkil topdi 1924-yil 18-noyabr Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR MIKlari maxsus qo’shma qaror qabul qildilar va shu qarorga binoan o’z vakolatlarini O’zbekiston SSR Sovetlarining ta’sis qurultoyiga qadar ish ko’ruvchi O’zbekiston SSR Muvaqqat inqilobiy komitetiga topshirdilar 1924-yil oxiriga kelib qo’rboshilar Turkistondagi iqtisodiy inqiroz va qashshoqlik, dahshatli ocharchilik, xalqning og’ir turmushini ko’rmasliklari mumkin emas edi 1924-yil oxiri Abdulqahhor qo’rboshi Qizilqumda qizil askarlarga qarshi bo’lgan janglardan birida halok bo’ladi 1924-yil oxiri Turkiston mintaqasida istiqlolchilik harakatining birinchi davri yakunlandi 1924-yil oxiri Markaz tomonidan XXSR va BXSR tugatilib, mintaqada o’zbek xalqi davlatchiligi shakllangan ikki tarixiy markaz yo’qotildi 1924-yil oxiri O’rta Osiyo respublikalari aholisi 8 131 062 kishini tashkil etgan 1925-yil shu yilgi ma’lumotlarga ko’ra ‘’Qo’shchi’’ ittifoqi 200 ming kishini o’ziga birlashtirgan 1925-yil 29-yanvar O’zbekiston SSRda ilk bor ma’muriy-hududiy bo’linish o’tkazildi 1925-yil 6-12-fevral eski Buxoro shahrida O’zbekiston kommunistik partiyasining I ta’sis syezdi bo’ldi 1925-yil 12-19-fevral To’rtko’lda dehqon, batrak, va qizil askar deputatlari Qoraqalpoq avtonom viloyati Sovetlarining ta’sis syezdi bo’lib o’tdi 1925-yil 13-fevral Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Butuno’zbek Sovetlarining I ta’sis qurultoyi ochildi 1925-yil 17-fevral ‘’O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to’g’risidagi Deklaratsiya’’ qabul qilindi 1925-yil 25-fevral O’zbekiston SSRning tuzilgan sanasi 1925-yil fevral—aprel Buxoro shahri shu davr mobaynida poytaxt bo’ldi 1925-yil 3-mart O’zSSR MIK huzurida Bobon Mavlonbekov raisligida ‘’Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi’’ tuzildi 1925-yil 21-mart O’zbekiston kasaba uyushmalari I ta’sis syezdida O’zbekiston kasaba uyushmalari (profsoyuzlar)ga asos solindi 1925-yil aprel Samarqand shahrida bo’lib o’tgan ta’sis qurultoyida O’zbekiston komsomoliga asos solindi 1925-yil aprel—1930-yil sentabr Samarqand shahri shu davr mobaynida O’zbekiston SSR poytaxti bo’ldi 1925-yil 13-may O’zbekiston SSR Butunittifoq Sovetlarining III syezida SSSR tarkibiga qabul qilindi 1925-yil noyabr O’zbekiston Kompartiyasining II syezdi bo’ldi. Unda “Agrar inqilob’’ning strategiya va taktikasi tasdiqlandi 1925-yil 22-30-noyabr Samarqand shahrida bo’lgan O’zbekiston Kommunistik partiyasining II syezdida “Partiya, sovet, xo’jalik, kasaba uyushmalari va kooperativ tashkilotlariga mahalliy aholini jalb qilish” masalasi ko’rib chiqildi 1925-yil dekabr VKP (b) XIV syezdida SSSRda iqtisodiyotni rivojlantirishning hal qiluvchi vositasi sifatida sotsialistik industrlashtirishga o’tish ommaviy tarzda e’lon qilingan 1925-yil 2-dekabr Shu sanada imzolangan O’zbekiston SSR MIKning ‘’Suv va suvni natsionalizatsiya qilish to’g’risida” va ‘’yer-suv islohoti to’g’risida’’gi dekretlari bilan yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi boshlandi 1925-1926-yillar Yer-suv islohotining ikkinchi bosqichining 1-bosqichi shu yillarni o’z ichiga oladi 1925-1932-yillar Qoraqalpog’iston Qozog’iston tarkibida bo’lgan davr 1925-1929-yillar Yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi amalga oshirildi 1925-1929-yillar shu yillarda o’tkazilgan islohotlar natijasida barcha viloyatlarda 5 mingga yaqin boy xo’jaliklar tugatildi. 23 mingdan ortiq o’ziga to’q xo’jaliklarning ‘’ortiqcha’’ yerlari tortib olindi 1925-1935-yillar O’rta Osiyoda qurolli kurashning 2- davri 1925-1952-yillar KPSS shu yillar davomida VKP— Butunittifoq kommunistlar partiyasi nomi bilan yuritilgan 1925-1991-yillar O’zbekiston tarixida sovet davrining 2-bosqichi 1926-yil O’zbekistonda 16 ta ayollar artellari bo’lib, ularda 814 nafar mahalliy xotin-qizlar mehnat qilardi 1926-yil sentabr O’rta Osiyo xotin-qizlari kengashida ‘’hujum’’ kompaniyasi e’lon qilindi 1926-yil dekabr ‘’Hujum’’ kompaniyasini o’tkazish uchun O’rta Osiyo respublikalari, xususan, O’zbekistonda maxsus komissiyalar tuzildi 1926-yil 29-sentabr O’zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Qo’mitasi V sessiyasining rayonlashtirish to’g’risida qaror qabul qilindi 1926-yil 1-12-dekabr Dushanbeda Tojikiston ASSR Sovetlarining I ta’sis syezdida O’zbekiston SSR tarkibida Tojikiston SSR tuzilganligi haqida deklaratsiya qabul qilindi 1927-yil Andijondagi Eski shahar ayollar klubida 134 nafar a’zo bo’lgan 1927-yil respublikadagi tuman ijroiya qo’mitalari a’zolarinining 20 foizi, okrug ijroiya qo’mitalari a’zolarining 17 foizi ayollar bo’lgan 1927-yil Yer-suv islohotining ikkinchi bosqichining 2- bosqichi shu yilda amalga oshirilgan 1927-yil O’zSSR xalq xo’jaligida qishloq xo’jaligining salmog’i 62,6 %, sanoatning salmog’i 37,4 % ni tashkil etgan 1927-yil 8-yanvar O’zbekiston SSR MIK huzuridagi ‘’Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi’’ning nomi ‘’Davlat apparati va sanoatni O’zbeklashtirish Markaziy komissiyasi’’ deb o’zgartirildi 1927-yil 8-mart shu sanadan ‘’Hujum’’ kompaniyasini boshlashga qaror qilindi 1927-yil 8-mart xotin-qizlarning ommaviy mitinglari boshlandi 1927-yil 30-mart O’zSSR Sovetlarining II syezdida O’zbekiston SSRning 1-konstitutsiyasi qabul qilindi 1927-yil 6-iyun O’zbeklashtirish Markaziy komissiyasining Nizomi kuchga kiritildi 1927-yil 16-24-noyabr O’zbekiston Kommunistik Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling