10-sinf kitob tahlili
Download 68.5 Kb.
|
DARS TAHLILI 10 11
- Bu sahifa navigatsiya:
- MI 101 talabasi: _________ Sultonaliyev Odilbek 10-sinf Informatika va axborot texnologiyalari va online maktab video darslarini mazmun jihatdan taqqoslash
10-SINF KITOB TAHLILI Men amaliyot davrimning 4-haftasida 10-sinf informatika va axborot texnologiyalari darslik kitobini tahlil qildim. 10-sinf informatika va axborot texnologiyalari darslik kitobi uchta katta bobdan iborat. Bular: 1-Bob. MS EXCEL 2010 da amallar va formulalar 2-Bob. Malumotlar ombori 3-Bob. Delphi muhitida ilovalar yaratish Boblar bo’yicha mos ravishda 19 ta, 15 ta, 34 ta jami 68 ta mavzu berilgan. Bulardan, ikkitasi mustahkamlash uchun amaliy mashg’ulot, oltitasi nazorat ishi, o’n to’qqiztasi amaliy mashg’ulot va ikkitasi takrorlashga doir savol va topshiriqlar, qolganlari esa yangi mavzular. Ko’rinib turibdiki darslik kitob informatika sohasidagi uchta yirik sohalar bo’yicha ishlab chiqilgan. Kitob negizida o’quvchi MS EXCEL dasturida juda ham samarali mashg’ulotlar bajara olishi, MS ACCES dasturida matematik amallarni bajara olishi Delphi dasturlash tili haqidagi tushunchalardan foydalanib ko’plab yangi dasturlar asoschisiga aylanishi ko’zda tutilgan. Kitob dizaynida turlixil rangli jadvallar, tiniq formatdagi rasmlar, grafiklar va yuqoridagi dasturlardan foydalanish uchun shablonlar taqdim etilgan. Har bir mavzu so’ngida 6-8 tagacha savol va topshiriqlar va 2-3 tagacha uyda bajarish uchun topshiriqlar berilgan. Kitob tahlilida shu malumotlarga etibor berdim. MI 101 talabasi: _________ Sultonaliyev Odilbek 10-sinf Informatika va axborot texnologiyalari va online maktab video darslarini mazmun jihatdan taqqoslash MAVZU: Sodda ifodalarni hisoblash. Men amaliyot davrimning 4-haftasida 10-sinf informatika va axborot texnologiyalari darslik kitobining soda ifodalarni hisoblash mavzusini onlayn video darsda o’tilgani bilan taqqoslab tahlil qildim. Mavzu boshlanishi video darsda kitobdagi kabi, lekin Excel dasturini interfeysi haqida gapirilganda kitobda berilmagan malumotlar aytib o’tildi. Sarlavxalar satri, menyular satri uskunalar paneli, formulalar satri, jadval maydoni va holatlar satri joylashgan o’rni ko’rsatilgan holda tushuntirib berildi. Bir necha katakchalar birlashmasini, biz katakchalar bloki deb atashimiz mumkinligi aytib o’tildi. Darslik kitobda fayl menyusi haqida malumot kelmagan ekan. Video darsda fayl menyusiga uning tarkibiga kiruvchi komponentlari ham qo’shib tavsif qilindi. Umuman olganda kitobda menyularga qisqacha tariff berib ketilgan, ular nima vazifani bajara olish, nima uchun kerakligi aytib o’tilgan. Video darsda bu haqida kengroq tushunchalar berilgan. Katakcha nimaligi qay holatda paydo bo’lishi va katakcha manzili haqida ham malumotlar aytildi. Mavzuda keng foydalaniladigan formula tushunchasi va uning tarkibiy qizmi haqidagi malumotlar ham berib o’tildi. Dasturdagi kataklar ichida paydo bo’ladigan, hatoni yoki biror malumotni anglatuvchi belgilar haqida kitobdagi malumotlar keltirib o’tildi. Bu mavzu darslik kitobdan ko’ra onlayn video darsda juda yaxshi tushuntirilgan deb o’yladim. Qolgan video darslarga nisbatan bu mavzu uchun ko’proq vaqt ajratilgan ekan. Mavzu va onlayn dars yuzasidan qilgan tahlil ishim shulardan iborat. MI 101 talabasi: _________ Sultonaliyev Odilbek Xusan o’g’li Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling