10-sinf ona tili fanidan 3-chorak testi


Download 21.61 Kb.
bet1/2
Sana09.01.2022
Hajmi21.61 Kb.
#257783
  1   2
Bog'liq
10-sinf ona tili 3-chorak testi


10-sinf ona tili fanidan 3-chorak testi.
1.Qaysi uslubda murakkab jumlalar,kirish va kiritmali qurilmalar ko’p qo’llaniladi ?

A.So’zlashuv B.Ilmiy C.Badiiy D.Publitsistik

2.Qaysi ijodkor kitob kashf qilinishini g'ildirakning ixtiro qilinishi bilan baravar qo'yadi?

A.A.M.Gorkiy B.Leonid Leonov C.Stefan Sveyg D.Ozod Sharafiddinov

3.Quyidagi so’zlardan uslubiy betaraf so’zlarni belgilang.

A.Go’zal,ulug’vor,suluv

B.Ziyo,ilm,daho

C.Inson,odam,non

D.Ulug’vor,otashin,suluv

4.Uslublarning qay birida nutqiy ohang katta ahamiyatga ega ?

A.Badiiy B.So’zlashuv C.Publitsistik D.Rasmiy

5.Fasohat so’zining izohi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan ?

A.Gapga chechanlik,notiqlik B.Ulug’ martabali insonlar,arboblar

C.Chaqqonlik,ilg’orlik D.Beparvo,beg’am

6.Quyidagilardan badiiy uslub janrlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang.

1.Hikoya 2.G'azal 3.Drama 4.Tavsifnoma 5.Fard 6.Tilxat 7.Gurung 8.Tez aytish

A.1.2.3.4.7 B.1.3.4.7.8 C.1.2.3.5. D.1.3.5.7.8

7.,,Girdob’’ romani muallifi kim ?

A.Said Ahmad B.Ozod Sharafiddinov C.O’ktam Usmonov D.Shukur Xolmirzayev

8.-gay qo’shimchasi qaysi uslubga xos ?

A.So’zlashuv B.Publitsistik C.Badiiy D.Rasmiy

9.Murakkab qo’shma gaplar ko’pincha qaysi uslubda qo’llaniladi ?

A.So’zlashuv B.Kitobiy C.Publitsistik D.Ilmiy

10.So’zlashuv uslubida qanday qo’shimcha qo’llanmaydi ?

A.-gach B.-gay C.-gusi D.-ajak

11.O’z qarashlarini internetdagi ma’lum bir platformada doimiy ravishda e’lon qiladigan kishi ma’nosini beruvchi so’z qaysi javobda berilgan ?

A.Tadbirkor B.Bloger C.Xeshteg D.Dayjest

12.Protest so’zining izohi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan ?

A.Madhiya B.Norozilik bayonoti C.Ayblov xati D.Tashakkurnoma

13.Petitsiya so’zining izohi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan ?

A.Lotincha,da’vo qilish ,shikoyat,ariza ma’nolarini bildiradi.

B.Tashakkurnoma C.Madhiya D.Axborot xati

14.Maxsus terminlar yordamida fanga doir fikrlarni bayon etishga mo’ljallangan uslub ?

A.Badiiy B.Publitsistik C.Rasmiy D.Ilmiy

15.Ilmiy uslub janrlari qaaysi javobda to’g’ri korsatilgan ?

1.Tezis 2.Monografiya 3.Dissertatsiya 4.Tilxat 5.Tavsifnoma 6.Drama

A.1.2.3 B.1.2.5 C.3.4.6 D.4.5.6

16.Bo’yoqdor til birliklaridan,ko’chma ma’noli ifodalardan foydalanishning ustuvorligi qaysi uslub xususiyati hisoblanadi ?


A.Badiiy B.Ilmiy C.Rasmiy D.Publitsistik

17.Tovush to’lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog’liq hodisalar akustik hodisalar deyiladi.

Ushbu gap qaysi uslubga xos ?

A.Badiiy B.Publitsistik C.Rasmiy D.Ilmiy

18.Esse ifoda maqsadida biron muammoni qo’yishiga ko’ra qaysi uslubga xos hisoblanadi ?

A.Ilmiy B.Badiiy C.So’zlashuv D.Rasmiy

19.Ma’nodoshlar qatorida ortiqcha so’z qo’llanganm javobni aniqlang.

A.Yomon,uquvsiz,tajribasiz,no’noq

B.Yomon,qattiq,juda,nihoyatda

C.Yomon,qabih,razil,sovuqqon

D.Yomon,noxush,sovuq,yoqimsiz

20.Quyidagi so’zlardan qaysi biri faqat badiiy uslubga xos ?

A.Nigoh B.Boqish C.Qarash D.Nazar

21.Uslublarning eng murakkabi qaysi uslub hisoblanadi ?

22.Fransuzcha---tajriba,mashq;xomaki narsa degan ma’nolarni bildiruvchi so’z?

23.Ingliz tilida ,,muz o’lka’’ nomini bildiruvchi o’lka nomi ?

24.Qaysi uslubda jumlalarning qisqargan shakli,ritorik so’roq gaplar,yig’iq va to’liqsiz gaplar o’rni almashgan gaplar cheklanmagan holda qo’llaniladi ?

25.Fikrat-daryo,g’aflat ko’lmakdir ,

Daryo-hayot,ko’lmak o’lmakdir.

Ushbu misralar muallifi kim ?





Download 21.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling