10-sinf O’zbekiston tarixi 2-dars: Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida
Download 0.94 Mb.
|
10-sinf O\'zbekiston tarixi 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.
- III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish: Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida Mustaqillik – Turkiston xalqlarining asriy orzusi.
I. Tashkiliy qism. O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish. 1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi. 1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish: 1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi: O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi. II. O’tilgan mavzuni takrorlash: “ Guruhlarda ishlash”O’quvchilar 3 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi. 1-topshiriq: Guruhlarga o’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savollar beriladi: 9-sinfda O'zbekiston tarixi fanida qaysi davr tarixini o'rgandingiz? Bu davr qanday mezonlar asosida davrlashtirilgan edi? 1-GURUHGA O’quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolar birgalikda tuzatiladi. Fikrlar to’planib tahlil va qisqacha xulosa qilinadi. III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish: Turkiston o‘lkasi 1917-yil fevral-oktyabr oralig‘ida Mustaqillik – Turkiston xalqlarining asriy orzusi. Tarixiy tajriba shuniko‘rsatadiki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida o‘z oilalari, muqaddatuproqlari, diniy e’tiqodlari, urf-odatlari va an’analariga sodiq qolishni ulug‘ish deb hisoblashgan. Bu daxlsiz urf-odatlarning buzilmasligi uchun o‘zbekxalqining ming-minglab sodiq o‘g‘lonlari o‘z hayotlarini qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo‘lgan janglarda shahid ketganlar. Turkiston mintaqasi Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to‘xtamaganmilliy ozodlik harakati xalqning milliy o‘zligini anglashida, o‘z Vatani va millatiningozodligi va mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mustahkamlashda ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Ma’lumki, Turkiston jadidlari islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni, taraqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo‘li bilan, parlament orqalierishishni mo‘ljallagan edilar. Mulohaza! 8-9-sinflarda olgan bilimingizga tayanib, islohotlarni parlament yo‘li bilan amalga oshirish deganda qanday jarayon tushunilishini mulohaza qiling. Biroq 1917-yildagi voqealar jarayoni, jadidchilik harakatining yirik nazariyotchisi Abdurauf Fitrat o‘sha paytda yozganidek, “Rusiyada bosh ko‘targan yangi bir balo – bolshevik balosi” kuchlar nisbatini butunlay o‘zgartirib yubordi. O‘zbek xalqining boshqa bir fidoyi farzandi Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan o‘rtaga tashlangan “Haq olinur, berilmas!” shiori butun millatning jangovar chaqirig‘iga aylandi. Mustaqillik va ozodlik uchun, Turkistonda muxtoriyat o‘rnatish uchun parlament yo‘li orqali kurashgan Turkiston taraqqiyparvarlari va jadidlarining faoliyati oradan 100 yildan ortiq vaqto‘tgan bugungi kunda ham diqqatga sazovor hodisa sanaladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling