10-sinf Tarix Javoblar: 1-bilet
Download 298.18 Kb. Pdf ko'rish
|
10-sinf-Tarix-2018
4-BILET
1. Eron. 1918-yil avgustga kelib ingliz qo‘shinlari butun Eronni o‘z nazoratiga oldi. 1919-yil imzol angan Angliya-Eron shartnomasiga binoan Eron amalda Buyuk Brita niya ning protek toratiga aylantirildi. Bu eronlikl arning g‘azabini keltirdi. Butun maml akatda tartibsizlik va qo‘zg‘olonlar boshlanib ketdi. Voqealarga armiya aralashib, 1921-yil fevralda kazaklar polki sardori polkovnik Rizoxon hukumatni ag‘darib tashladi. 1925-yilning dekabr oyida chaqirilgan Ta’sis majlisi Rizoxonni Pahlaviylar sulolasining shohi deb e’lon qildi. M. Kamoldan o‘rnak olib shoh Eronda 1928-yildan yevropacha libos joriy qildi, feodal unvon va murojaat shakllari bekor qilindi, nasab joriy qilindi. 1935- yildan mamlakatning nomi o‘zgartirildi: ilgarigi Fors o‘rniga Eron deb ataladigan bo‘ldi. 2. 1920-yil 6 – 8-oktyabrda amirning yozgi saroyi – Sito-rai-Mohi Xosada chaqirilgan Butunbuxoro xalq vakillarining I qurultoyida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilganligi tantana-li ravishda e’lon qilindi. Yosh buxoroliklar partiyasining yetakchisi Fayzulla Xo‘jayev yangi hukumat – BXSR Nozirlar Sho‘rosining raisi, Abdulqodir Muhitdinov Butunbuxoro Markaziy Inqilobiy Qo‘mitasi (Markaziy revkom) raisi bo‘ldi. BXSR davlat tuzumi jihatidan xalq demokratik hokimiyati edi. Uning zimmasiga qisqa muddat ichida o‘rta asrlardan meros qolgan amir Bu-xorosini demokratik davlatga aylantirishdek tarixiy vazifani bajarish tushdi.BXSR dastlabki hukumati tarkibiga Fayzulla Xo‘jayev rais va tashqi ishlar, Qori Yo‘ldosh Po‘latov maorif, Muxtorjon Saidjonov ichki ishlar, Usmon Xo‘ja (Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayev) moliya, Najib Husainov davlat nazorati, Yu.Ibrohimov favqulodda komissiya raisi, Mukammal Burhonov adliya, Shihobuddinov harbiy ishlar, Mirzo Muhiddin Mansurov savdo va sanoat nozirlari sifatida kiritildi. Butunbuxoro Markaziy Inqilobiy Qo‘mitasining a’zolari qilib Muinjon Aminov, Olimjon Akchurin, Abdulhamid Oripov, Sobir Yusupov, Hoji Hasan Ibrohimov, Fayzulla Xo‘jayev, Qulmuhamedov tayinlandi.
3. O‘nglar – mavjud tuzumni keskin o‘zgartirmaslik, uni konstitutsiya doirasida rivojlantirish tarafdorlari. Download 298.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling