10-variant kasbiy psihologiyada individual psihologik xususiyatlar. Kasbiy qobiliyatni shakillantirishda pedagogic mahoratning o`rni. Muloqat turlari va uning funksiyalari. Kasbga nisbatan ustanovka, ustanovkalarning turi va tuzilishi
Download 33,39 Kb.
|
10-variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasbiy ta’lim” kafedra mudiri dots. S h .Allay a rov
10-VARIANT
“Kasbiy ta’lim” kafedra mudiri dots. Sh.Allayarov Javoblar:
qo`zg`alish va tormozlanish kuchi bo`yicha og`ir va vazminligiga ko`ra xatti-harakatchanligiga ko`ra Nerv tizimining kuchi fiziologik moddaning ko`pligiga qarab aniqlanib, unga asosan kuchli nerv tizimining turida - moddalar zahirasining ko`pligi, kuchsizda esa - kamligi ko`zatiladi. Nerv tizimining kuchi qo`zg`alish jarayoniga bog`liq bo`lib, u tormozlanishda ifodalanadi. Yuqorida aytib o`tilgan sifatlarga asoslanib, I.P.Pavlov oliy nerv faoliyatining asosiy turini ajratadi. Ular Gippokrat temperament turlariga mos keladi: 1. Kuchli, og`ir vazmin emas. (qo`zg`alish tormozlanishdan ustuvor). Tez qo`zg`aluvchan tur. Holerik turga xos. 2. Kuchli, og`ir vazmin, harakatchan tur. Jonli tur. Sangvinik turiga xos. 3. Kuchli, og`ir vazmin, bosiq, sekin harakatlanuvchan. Flegmatik turiga xos 4. Kuchsiz tur. Melanholik turiga xos. Xarakter xususiyatlari insonda oila muhitida, jamiyat ta’siri ostida va ta’lim - tarbiyada shakllanadi. Insonga tug‘ma ravishda berilgan temperament xususiyatlari jamiyatning faoliyat turlariga qarab ijtimoiylashadi. Temperament alohida olingan har bir insonning umumiy va asab tizimining asosiy tavsifi bo‘lib, bu tavsif shaxsning butun faoliyatiga ta’sir etadi. Kundalik hayotimizda “xarakter” so`zi ko`p ishlatiladigan so`zlardan. Uni biz doimo birovlarga baho bermoqchi bo`lsak, ishlatamiz. Bu so`zning ma’nosini olimlar “bosilgan tamg`a” deb ham izohlashadi. Xarakter - ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofdagi voqelikka va o`z-o`ziga bo`lgan munosabatida ifodalanadigan, muayyan sharoitda tipik xulqatvor usullarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig`indisidir (yunonchadan «xislat», «belgi», «tamg`a»). Xarakter hamisha shaxsning o`ziga xos bo`lgan sifatlarini belgilab beradi. Shuning uchun ham xarakter kishining biror hayotiy vaziyat sharoitida o`zini qanday tutishini oldindan ko`rish imkonini beradi. Xarakter - shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mutlaqo bir xil bo`lgan kishilarni topib bo`lmaydi, lekin ayrim kishilarning xarakterlaridagi ko`p narsalar bir guruh kishilar uchun yoki xatto butun jamiyat uchun tipik bo`lishi mumkin. Bir jamoada mehnat qilayotgan kishilar uchun jamoatchilik, o`zaro yordam ko`rsatishga intilish, mehnatni xurmat qilish singari xususiyatlar tipik xususiyatlardir Qobiliyatlar - shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarni, osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishni ta’minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir. Inson qobiliyatlar yordamida bilim, ko`nikma va malakalarini nisbatan osonlik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo`ladi. Qobiliyatlar - bu: insonni individual xususiyati; inson biron faoliyatga bo`lgan yaroqligi; ushbu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullanishidir. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar, ya’ni bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi. Psixologiya metodologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyat imkoniyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatdagi zaruriy mahorat darajasi hisoblanadi. Psixologiya fani qobiliyat bilan faoliyatning muhim jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e’tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyat faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatsiz amalga oshirilishi amri mahol faoliyat ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar, mulohaza yuritish imkonini beradi.
Muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji boshlagan ishni samarali ado etish yo‘li bilan qondiriladi. Bunday inson o‘z oldiga murakkab masalalarni qo‘yib, uni yaxshi bajarib, o‘zgalar e’tirofiga intiladi. Agar u rahbar bo‘lsa, o‘zi tashabbus ko‘rsatib, so‘ngra niyatiga etish, kam tavakkal qilib, oqilona yo‘llarni belgilashni nazarda tutadi. Agar rahbar nimadandir xavotirlansa, tavakkal qilishi darajasi yuqori bo‘lsa, tashabbus ko‘rsatadi, lekin bajarishni boshqalarga yuklab, o‘zi chetda turishni afzal ko‘radi. Asosiy niyati nima qilib bo‘lsa ham o‘z obro‘siga putur etkamaslikOdamlarning bir-birlariga bog‘liqligi, aloqadorlikka sazovor bo‘lish ehtiyojini ba’zan partisipativ (lotincha “participate” - ishtirok, sherikchilik ma’nosini bildiradi) ehtiyoj yoki ishtirok etish ehtiyoji deb ataladi. Bunday ehtiyoj shaxsning do‘stona munosabatlarga intilishida namoyon bo‘ladi. Bunday odamlar xamkasblari, oshnalari va mavqe jihatdan o‘zidan yuqori turadiganlarning doimiy e’tirofi va e’tiboriga sazovor bo‘lishni istab yashaydilar. SHu nuqtai nazardan tahlil qilinganda, “affiliatsiya” tushunchasi biroz farq qiladi.
moddiy muloqot deganda subyektni dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida, ayni paytda shug`ullanayotgan faoliyatining mahsulotlari va predmetlarini ayirboshlash tushuniladi; kognitiv muloqot deb shaxslarning hamkorlikdagi faoliyatida narsa va hodisalarni o`rganish, ma’lumotlarni bilib olish jarayonida o`zaro bilim almashinuviga aytiladi; konditsion muloqotda psixologik va fiziologik holatlar ayirboshlanadi. Masalan, shifokor bemorning tushkun kayfiyatini ko`tarishi yoki aksincha, ona qizining o`ksinib yig`layotgan holatiga yig`i bilan munosabat bildirishi; motivatsion muloqot muayyan yo`nalishda hamkorlikda harakat qilish uchun o`zaro maqsadlar, qiziqishlar, motivlar va ehtiyojlar almashinuvi jarayoni bilan izohlanadi; faoliyat muloqoti kognitiv muloqot bilan uzviy bog`liq bo`lib, bunda harakatlar, operatsiyalar, ko`nikma va malakalar ayirboshlanadi. Bu muloqot jarayonida ma’lumotlar uzatiladi, bilim doirasi kengayadi, qobiliyatlar rivojlanadi va takomillashadi.
Qo‘shilish, kirishimlilik – shaxsning shunday ehtiyojidan kelib chiqadiki, u odamlar orasida ular bilan birga bo‘lish, ajralib turish va o‘zgalar diqqati markazida bo‘lishni bildiradi. Bu mohiyatan insonning o‘ziga o‘hshash insonlar bilan hamkorlikka qilishga bo‘lgan tabiiy intilishidir. Lekin bu istak osonlikcha ro‘y bermaydi. Zero, qo‘shilishga bo‘lgan motivatsiya muammosi shaxsning o‘z qadr – qimmati va sha’nining himoya qilish bilan oqlanadi. Bola taraqqiyotida ham kim bilandir birga bo‘lishga intiqlik uning interpersonal muammolaridan biridir. Keyinchalik katta bo‘lgan sari ushbu masala echimi shaxsning quyidagi xatti-harakat modellarini keltirib chiqaradi subsotsial - anglanmagan ustanovka bo‘lib, u inson ongida quyidagi fikrni bildiradi: “Men o‘zgalar nazaridan chetda qolib ketishim mumkin. Shu bois men ulardan ayro bo‘lishim kerak”. Shunday fikrlar bilan odam o‘zini o‘zgalardan tortadi, unda o‘zgalar e’tiborida bo‘lishi mumkinlik fikri tobora yo‘qolib boradi. Shuning uchun u o‘zini turli tadbirlardan, turfa xil odamlar bilan muloqotda bo‘lishdan tortadi, muloqot jarayonlarini chetlashga urinaveradi (“imitatsiya” obщeniya); yuqori darajadagi ijtimoiylik – anglanmagan ustanovka shu xolatda quyida mazmunda bo‘ladi: “Men o‘zimning o‘zgalar uchun unchalik ahamiyat kasb etishimni bilmasdan, nima qilib bo‘lsa-da ularning e’tiborini o‘zimga qaratishim shart.” Ya’ni, bunday inson hamisha odamlar davrasini istaydi, qidiradi va topadi, yolg‘izlikni mutloq yoqtirmaydi. Muloqotining ko‘rinishi – muomalaga kirishish, o‘ziga diqqat-e’tiborni tortish, o‘zining o‘zgalardan ustun tomonlarini ochiqnamoyish qilish, niqob ostida bo‘lsa ham o‘zini hammaga ochiq va yoqimtoy qilib ko‘rsatish; mo’tadil ijtimoiylik – ilk yoshlikdanoq o‘zgalar bilan qo‘shilib, kirishib ketish muammosini muvaffaqiyatli xal qila olgan inson xulqining ko‘rinishi. Asosiy xususiyati – o‘zgalar bilan birgalikda yaxshi muomalada bo‘lish, kirishib ketaverish, va shu bilan birga odamlar jamoasidan tashqarida ham o‘zini yaxshi his qilaverish. Download 33,39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling