10-variant kasbiy psihologiyada individual psihologik xususiyatlar. Kasbiy qobiliyatni shakillantirishda pedagogic mahoratning o`rni. Muloqat turlari va uning funksiyalari. Kasbga nisbatan ustanovka, ustanovkalarning turi va tuzilishi


Download 33.39 Kb.
Sana06.07.2020
Hajmi33.39 Kb.
#123088
Bog'liq
10-variant


10-VARIANT

  1. Kasbiy psihologiyada individual psihologik xususiyatlar.

  2. Kasbiy qobiliyatni shakillantirishda pedagogic mahoratning o`rni.

  3. Muloqat turlari va uning funksiyalari.

  4. Kasbga nisbatan ustanovka, ustanovkalarning turi va tuzilishi.

Kasbiy ta’lim” kafedra mudiri dots. Sh.Allayarov

Javoblar:


  1. Shaxsning individual xususiyatlariga – temperament, xarakter va qobiliyatni kiritish mumkin. Temperament – (lot. «temperamentum» - aralashma) inson psixikasining individual jihatdan o`ziga xos, shaxs faoliyati va xulqining dinamik, ya’ni o`zgaruvchan va emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi xususiyatlar majmuidir. Shaxsning individual xususiyatlari uning tug’ma, biologik xususiyatlariga bog`liq. Chunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy mavjudot bo`lsa, ikkinchi tomondan biologik - yaxlitlik, tug`ma sifatlarni o`z ichiga olgan individ hamdir. Gippokrat ta’limotiga muvog`iq, insonda to`rt xil suyuqlikdan bittasi ustuvorlik qiladi. Ushbu suyuqliklar munosabati yunon terminalogiyasida “krasis” (aralashma, qorishma) deb ataladi, tarjima qilinganda “temperament” tushunchasi yo`zaga keladiBuyuk fiziolog, oliy nerv faoliyatining asoschisi I.P.Pavlovning bergan ta’rifi ko`ra: temperament – har bir insonning alohida umumiy tavsifi bo`lib, nerv tizimining asosiy tavsifidir va u individning faoliyatigi alohida tus beradi. Temperament haqidagi ilmiy nazariyaga I.P.Pavlov ta’limoti asos solgan. I.P.Pavlov nerv tizimining tipologik xususiyatlarini – oliy nerv faoliyatini ta’limotida ifodalab bergan. Oliy nerv faoliyatida I.P.Pavlov quyidagi nerv jarayonlarini ajratdi:

qo`zg`alish va tormozlanish kuchi bo`yicha

og`ir va vazminligiga ko`ra

xatti-harakatchanligiga ko`ra

Nerv tizimining kuchi fiziologik moddaning ko`pligiga qarab aniqlanib, unga asosan kuchli nerv tizimining turida - moddalar zahirasining ko`pligi, kuchsizda esa - kamligi ko`zatiladi. Nerv tizimining kuchi qo`zg`alish jarayoniga bog`liq bo`lib, u tormozlanishda ifodalanadi. Yuqorida aytib o`tilgan sifatlarga asoslanib, I.P.Pavlov oliy nerv faoliyatining asosiy turini ajratadi. Ular Gippokrat temperament turlariga mos keladi:

1. Kuchli, og`ir vazmin emas. (qo`zg`alish tormozlanishdan ustuvor). Tez qo`zg`aluvchan tur.

Holerik turga xos.

2. Kuchli, og`ir vazmin, harakatchan tur. Jonli tur. Sangvinik turiga xos.

3. Kuchli, og`ir vazmin, bosiq, sekin harakatlanuvchan. Flegmatik turiga xos

4. Kuchsiz tur. Melanholik turiga xos.

Xarakter xususiyatlari insonda oila muhitida, jamiyat ta’siri ostida va ta’lim - tarbiyada shakllanadi. Insonga tug‘ma ravishda berilgan temperament xususiyatlari jamiyatning faoliyat turlariga qarab ijtimoiylashadi. Temperament alohida olingan har bir insonning umumiy va asab tizimining asosiy tavsifi bo‘lib, bu tavsif shaxsning butun faoliyatiga ta’sir etadi. Kundalik hayotimizda “xarakter” so`zi ko`p ishlatiladigan so`zlardan. Uni biz doimo birovlarga baho bermoqchi bo`lsak, ishlatamiz. Bu so`zning ma’nosini olimlar “bosilgan tamg`a” deb ham izohlashadi. Xarakter - ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofdagi voqelikka va o`z-o`ziga bo`lgan munosabatida ifodalanadigan, muayyan sharoitda tipik xulqatvor usullarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig`indisidir (yunonchadan «xislat», «belgi», «tamg`a»). Xarakter hamisha shaxsning o`ziga xos bo`lgan sifatlarini belgilab beradi. Shuning uchun ham xarakter kishining biror hayotiy vaziyat sharoitida o`zini qanday tutishini oldindan ko`rish imkonini beradi.

Xarakter - shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mutlaqo bir xil bo`lgan kishilarni topib bo`lmaydi, lekin ayrim kishilarning xarakterlaridagi ko`p narsalar bir guruh kishilar uchun yoki xatto butun jamiyat uchun tipik bo`lishi mumkin. Bir jamoada mehnat qilayotgan kishilar uchun jamoatchilik, o`zaro yordam ko`rsatishga intilish, mehnatni xurmat qilish singari xususiyatlar tipik xususiyatlardir

Qobiliyatlar - shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarni, osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishni ta’minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir. Inson qobiliyatlar yordamida bilim, ko`nikma va malakalarini nisbatan osonlik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo`ladi. Qobiliyatlar - bu: insonni individual xususiyati; inson biron faoliyatga bo`lgan yaroqligi; ushbu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug`ullanishidir. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar, ya’ni bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi. Psixologiya metodologik asosining ko‘rsatishicha, qobiliyat imkoniyatlar tizimidan tashkil topgan bo‘lib, u yoki bu faoliyatdagi zaruriy mahorat darajasi hisoblanadi. Psixologiya fani qobiliyat bilan faoliyatning muhim jabhalari bo‘lmish bilim, ko‘nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini rad etar ekan, ularning birligini e’tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyat faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi, lekin shunda ham aynan shu qobiliyatsiz amalga oshirilishi amri mahol faoliyat ko‘rinishlaridagina aks etadi, xolos. Faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayonida yuzaga chiqadigan farqlar, mulohaza yuritish imkonini beradi.



  1. Inson tabiatan ijtimoiy mavjudot bo‘lgani sababli, u o‘z xatti-harakatlarida yaxlit jamiyat, mehnat jamoasi, o‘zi hurmat qiladigan, unga referent bo‘lgan guruhning normalari, qadriyatlari va fikrlarini qabul qiladi va unga moslashadi. Referent guruhning shaxsga ta’siri shunda ifodalanadiki, u bevosita u yoki bu ishni bajarishi uchun motivirovka rolini o‘ynaydi. SHu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, shaxs uchun referent guruh - bu shunday insonlar uyushmasiki, ularning fikrlari, qadriyatlari, xulq– atvori va xatti– harakatlari xamisha unga ibrat bo‘ladi, shaxs ularga taqlid qiladi va ergashadi. Referent guruh a’zolari bir erda, bir makonda jam bo‘lmasliklari mumkin, ularni shaxs hayoti mobaynida tanlaydi, o‘zi kerak bo‘lsa, almashtiradi. Referentlar ota–onasi yoki qarindoshlardan kimlardir, ustozlardan kimlardir, film qahramonlari, badiiy qahramonlar yoki tanish– bilishlardan kimlardir bo‘lishi mumkin. Kimga tahlid qilishi yoki ergashishiga qarab shaxsning psixologik portretini aniqlash, “chizish” mumkin bo‘ladi. Referent guruh a’zolari shaxs ijtimoiy xulqining motivatorlari hisoblanadi. SHunday qilib, shaxsning har qanday xulq-atvori yoki harakatlarini ichki psixologik sabablar yoki tashqi, shart-sharoitlar omili vositasida tushuntirish mumkin. Oxirgisi vaziyatli motivatsiya bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarida uning o‘ziga xos o‘rni va roli bor. Vaziyatlarga oid motivatsiyada tashqi motivatorlar rolini turli stimullar o‘ynaydi. Boshqaruv faoliyatida bu rag‘batlantirish vositasida manfaatdorlikni oshirishdir. Ijrochi xodimlarda bunday sharoitlarda mehnat faoliyatiga nisbatan ichki psixologik turtki bo‘lib, bu avvalo mehnatdan manfaatdorlikni, qolaversa, mehnatdan qoniqishni ta’minlaydi. YUqorida ta’kidlanganidek, bunda xodimlarga belgilanadigan maoshlarning miqdori, pulli mukofotlar, ma’muriyat tomonidan yaratilgan sharoitlar va shu kabi tashqi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Lekin hozirgi davrda hamma tashkilot ham xodimlarini moddiy jihatdan xadeb rag‘batlantirishga imkon topa olmaydi. SHu bois motivatsiya ma’nosida xodimlarni ichki psixologik jihatdan mehnatga chorlash, undash, shaxs sifatida o‘z mehnatiga nisbatan ongli va mas’uliyatli munosabatni shakllantirish katta rol o‘ynaydi.

Muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji boshlagan ishni samarali ado etish yo‘li bilan qondiriladi. Bunday inson o‘z oldiga murakkab masalalarni qo‘yib, uni yaxshi bajarib, o‘zgalar e’tirofiga intiladi. Agar u rahbar bo‘lsa, o‘zi tashabbus ko‘rsatib, so‘ngra niyatiga etish, kam tavakkal qilib, oqilona yo‘llarni belgilashni nazarda tutadi. Agar rahbar nimadandir xavotirlansa, tavakkal qilishi darajasi yuqori bo‘lsa, tashabbus ko‘rsatadi, lekin bajarishni boshqalarga yuklab, o‘zi chetda turishni afzal ko‘radi. Asosiy niyati nima qilib bo‘lsa ham o‘z obro‘siga putur etkamaslikOdamlarning bir-birlariga bog‘liqligi, aloqadorlikka sazovor bo‘lish ehtiyojini ba’zan partisipativ (lotincha “participate” - ishtirok, sherikchilik ma’nosini bildiradi) ehtiyoj yoki ishtirok etish ehtiyoji deb ataladi. Bunday ehtiyoj shaxsning do‘stona munosabatlarga intilishida namoyon bo‘ladi. Bunday odamlar xamkasblari, oshnalari va mavqe jihatdan o‘zidan yuqori turadiganlarning doimiy e’tirofi va e’tiboriga sazovor bo‘lishni istab yashaydilar. SHu nuqtai nazardan tahlil qilinganda, “affiliatsiya” tushunchasi biroz farq qiladi.

  1. Muloqot - faqat insonlarga xos bo`lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlariga nimanidir aytish istagi tug`iladi. Muloqot - odamlar o`rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog`lanishlar rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot birgalikda faoliyat ko`rsatuvchilar o`rtasida axborot ayirboshlashni o`z ichiga oladi. Muloqotning turi va shakllari turlichadir. Masalan, bu faoliyat bevosita «yuzma-yuz» bo‘lishi yoki u yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o‘xshash) orqali amalga oshiriladigan; biror professional faoliyat jarayonidagi amaliy yoki do‘stona bo‘lishi; sub’ekt-sub’ekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki sub’ekt-ob’ektli (monologik) bo‘lishi mumkin. Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, hattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo‘lish imkoniyatidan maxrum bo‘lgan odam o‘zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo‘la olmaydi. Shuning uchun muloqotning shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funksiyalarini tahlil qilamiz. Har qanday muloqotning eng birinchi elementar funksiyasi - suhbatdoshlarning o‘zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o‘zbeklarda samimiy salom-alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O‘zbek xalqining eng nodir va buyuk xislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan kutib oladi, ko‘rishadi, so‘rashadi, xol-axvol so‘raydi. Shunisi xarakterliki, ta’ziyaga borgan chog‘da xam ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz. Bu kabi birlamchi kontakt usullari boshqa millat va xalqlarda ham bor, ya’ni bu jihat milliy o‘ziga xoslikka ega. Muloqotning ikkinchi muhim funksiyasi - ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o‘ziga zarur insoniy xususiyatlarni shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich xayvonlar tomonidan o‘g‘rilanib ketilishi, so‘ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo‘lishi faktlari shuni ko‘rsatganki, «mauglilar» biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish qobiliyatlarini xam cheklashi ko‘plab psixologik eksperimentlarda o‘z isbotini topdi. Muloqotning uchinchi muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan odamning qo‘li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat o‘zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Ko‘plab tadqiqotlarda izolyatsiya, ya’ni odamni yolg‘izlatib qo‘yishning uning ruhiyatiga ta’siri o‘rganilgan.

 moddiy muloqot deganda subyektni dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida, ayni paytda shug`ullanayotgan faoliyatining mahsulotlari va predmetlarini ayirboshlash tushuniladi;

 kognitiv muloqot deb shaxslarning hamkorlikdagi faoliyatida narsa va hodisalarni o`rganish, ma’lumotlarni bilib olish jarayonida o`zaro bilim almashinuviga aytiladi;

 konditsion muloqotda psixologik va fiziologik holatlar ayirboshlanadi. Masalan, shifokor bemorning tushkun kayfiyatini ko`tarishi yoki aksincha, ona qizining o`ksinib yig`layotgan holatiga yig`i bilan munosabat bildirishi;

 motivatsion muloqot muayyan yo`nalishda hamkorlikda harakat qilish uchun o`zaro maqsadlar, qiziqishlar, motivlar va ehtiyojlar almashinuvi jarayoni bilan izohlanadi;

 faoliyat muloqoti kognitiv muloqot bilan uzviy bog`liq bo`lib, bunda harakatlar, operatsiyalar, ko`nikma va malakalar ayirboshlanadi. Bu muloqot jarayonida ma’lumotlar uzatiladi, bilim doirasi kengayadi, qobiliyatlar rivojlanadi va takomillashadi.



  1. ijtimoiy xulqning asosini shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘luvchi uch toifa ehtiyojlar tashkil etadi: qo‘shilish, nazorat va ochiqlik.

Qo‘shilish, kirishimlilik – shaxsning shunday ehtiyojidan kelib chiqadiki, u odamlar orasida ular bilan birga bo‘lish, ajralib turish va o‘zgalar diqqati markazida bo‘lishni bildiradi. Bu mohiyatan insonning o‘ziga o‘hshash insonlar bilan hamkorlikka qilishga bo‘lgan tabiiy intilishidir. Lekin bu istak osonlikcha ro‘y bermaydi. Zero, qo‘shilishga bo‘lgan motivatsiya muammosi shaxsning o‘z qadr – qimmati va sha’nining himoya qilish bilan oqlanadi. Bola taraqqiyotida ham kim bilandir birga bo‘lishga intiqlik uning interpersonal muammolaridan biridir. Keyinchalik katta bo‘lgan sari ushbu masala echimi shaxsning quyidagi xatti-harakat modellarini keltirib chiqaradi

 subsotsial - anglanmagan ustanovka bo‘lib, u inson ongida quyidagi fikrni bildiradi: “Men o‘zgalar nazaridan chetda qolib ketishim mumkin. Shu bois men ulardan ayro bo‘lishim kerak”. Shunday fikrlar bilan odam o‘zini o‘zgalardan tortadi, unda o‘zgalar e’tiborida bo‘lishi mumkinlik fikri tobora yo‘qolib boradi. Shuning uchun u o‘zini turli tadbirlardan, turfa xil odamlar bilan muloqotda bo‘lishdan tortadi, muloqot jarayonlarini chetlashga urinaveradi (“imitatsiya” obщeniya);

 yuqori darajadagi ijtimoiylik – anglanmagan ustanovka shu xolatda quyida mazmunda bo‘ladi: “Men o‘zimning o‘zgalar uchun unchalik ahamiyat kasb etishimni bilmasdan, nima qilib bo‘lsa-da ularning e’tiborini o‘zimga qaratishim shart.” Ya’ni, bunday inson hamisha odamlar davrasini istaydi, qidiradi va topadi, yolg‘izlikni mutloq yoqtirmaydi. Muloqotining ko‘rinishi – muomalaga kirishish, o‘ziga diqqat-e’tiborni tortish, o‘zining o‘zgalardan ustun tomonlarini ochiqnamoyish qilish, niqob ostida bo‘lsa ham o‘zini hammaga ochiq va yoqimtoy qilib ko‘rsatish;

 mo’tadil ijtimoiylik – ilk yoshlikdanoq o‘zgalar bilan qo‘shilib, kirishib ketish muammosini muvaffaqiyatli xal qila olgan inson xulqining ko‘rinishi. Asosiy xususiyati – o‘zgalar bilan birgalikda yaxshi muomalada bo‘lish, kirishib ketaverish, va shu bilan birga odamlar jamoasidan tashqarida ham o‘zini yaxshi his qilaverish.




Download 33.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling