100 million so’mlik sir -sinoat
Download 0.57 Mb.
|
Yunusova Dilfuza maqola
100 million so’mlik sir -sinoat. Amerikalik olimlar dastlab hayvonlar,so’ngra odam bosh miyasining aniq xaritasini yaratib,ana shu egri-bugri joylashgan miya tizimining qanday ishlashini o’rganishga harakat qilishmoqda.Buning uchun bosh miyani yangi neyrotexnologiyalar asosida tadqiq etadigan BRAIN loyihasi hayotga tadqiq etiladi.Bu loyiha yaqin 15 yil ichida fanda keskin burilish yasashi kutilmoqda.Shu maqsadlar uchun AQSH hukumati 100 million dollar mablag’ sarflashga tayyor.Garchi,bu pullar Moskvadagi eng qimmat uy bahosidan atigi besh barobar ko’p va “Apollon-11”fazo kemasi uchishini boshqarishning mingdan bir hissasiga ham tog’ri kelmaydi. -Keyingi 12 yilda internetdan foydalanuvchilar soni nihoyatda oshib,eng faol foydalanuvchilarning fe’l-atvorigina emas,tafakkur tarsi,eng muhimi,bosh miyasi ham o’zgargan,-deydi xotira va qartayish jarayonlarini tadqiq etuvchi mutaxassis G.Smoll.-Bosh miyaning ko’rish va eshitish kabi eng muhim jarayonlariga ta’sir ko’rsatuvchi bunday o’zgarishlarni boshqarishning esa imkoni bo’lmayapti.Negaki,ijtimoiy tarmoq kundalik hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurdi.Buning natijasida ajdodlarimiz 10 yil mobaynida tushunib yetgan hodisalar mohiyatini biz bir kundayoq anglab olmoqdamiz.Kompyuter orqali bosh miyaga yetkazilayotgan axborotlar hajmi juda katta.Internetdan foydalanuvchi 13 yoshli bolakayning bosh miyasida ro’y beradigan reaksiyalar, uning ota-onalari shu yoshda internetdan foydalanmasdan hosil qilgan reaksiyalardan farq qiladi.Tadqiqotlar natijasida bolaning diqqatini jamlay olmasligi,xotiraning pasayishi,asabiy bo’lib qolishi,ishtahaning yo’qligi bularga sabab -TELEFON ekanligi isbotlandi.Nafaqat bola balki, katta yoshdagi insonlar ham NEMOFOBIYA degan yomon illatga duchor bo’lishmoqda.Buning natijasida esa besh minut telefoni yonida bo’lmasa,o’zini yomon his qilishi kuzatilmoqda.Demak butun yer yuzida odamlarning juda ko’pi NEMOFOBIYA ga chalinishganligi isbotlangan. Buning oldini olish uchun esa biz kattalar,yoshlarni kitob o’qishga o’rgatishimiz kerak,zero kitob o’qigan boladan yomon illat chiqmaydi.Uning dunyoqarashi,so’zlashish madaniyati shakllanadi.Bunday bolalar bizning yurtimizga juda zarur.Kelajakni ana shunday bolalar bilan quramiz. Farg’ona viloyati,Dang’ara tumani 28-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchilari D.Yunusova,M.Meliboyeva. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling