104- §. Sinonimiyaning turli leksik qatlamlarga mansub bo‘lishi
Sinonimik munosabatda bo'lgan so'zlar o'zbek tili lug'at boyligining
turli leksik qatlamlariga mansubdir. Masalan, anglamoq (o'zb.) - tushunmoq
(o'zb.); g0‘#7/(umumtil) — suluv(dial.); husn (ar.) —chimy (f-t.); xat (ar.) —
maktub (ar.) - noma (f-t.); kishi (o'zb.) — odam (ar.); ko'k (o'zb.) -
osmon (t-f.) — falak (ar.); analiz (r-b.) - tahlil (ar.); tema (r-b.) —mavzu
(ar.) kabi.
105- §. Sinonimiya va polisemiya
Sinonimiya va polisemiya o'rtasida ma’lum bog'lanish bor. Xususan,
polisemantik leksema har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik
qatorlarga kirishi mumkin: o/^vyoqmoq va oVyoqmoq (sinonimlar: olov
va о 7), quyosh olovi va quyosh harorati (sinonimlar: olov va harorat),
ol()v yigit va g"ayratli yigit (sinonimlar: olov va g'ayratli): bunda olov
leksemasining «predmet» semasi so'nib, «belgi» semasi faollashgan.
Sinonimlar nutqda muhim uslubiy vosita sanaladi: ular nutqning ravon
va ta’sirli bo'lishini, fikrning aniq va obrazli chiqishini ta’minlaydi.
I z o h . Sinonimiya hodisasi frazemalar va grammatik birliklar
(morfemalar, so'z birikmalari va gaplar) doirasida, shuningdek, leksema
va frazema munosabatlarida ham uchraydi. (Bu haqda «Frazeologiya» va
«Grammatika» bo'limlariga qaralsin).
Do'stlaringiz bilan baham: |