101- §. Leksik sinonimiya


nur (ikkinchi qatorda) va yolg‘iz


Download 17.01 Kb.
bet2/5
Sana09.01.2022
Hajmi17.01 Kb.
#255644
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jamolxonov HO`AT sinonim

nur (ikkinchi qatorda) va yolg‘iz (uchinchi qatorda) betaraf ma’nolidir;
e) leksemalarning turkumlik semalari bir xil bo'ladi, bu hoi sinonimlarning bir so'z turkumiga birlashishini taqozo qiladi: bahor\a ko'klam
(ot), chiroyli va go'zal (sifat), so'zJamoq va gapirmoq (fe’l) kabi.
Yuqoridagi xususiyatlardan, ayniqsa, ifoda semalarining har xilligidan
kelib chiqib, leksik sinonimlar quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar). Bunday sinonimlar
ma'no qirralari bilan farqlanadi. Masalan, achchiqlanmoq, g'azablanmoq,
qabrlanmoq leksemalari «g'azabi kelmoq» ma’nosi bilan bir sinonimik
qatorga birlashadi, ammo ularda shu ma’noni ifodalash darajasi bir xil
emas, u «achchiqlanmoq»dan «g'azablanmoq»qa, «g'azablanmoq»dan esa
«qahrlanmoq»qa qarab kuchayib boradi.
2. Uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar). Bunday sinonimlarning
leksik ma'nosi ijobiy yoki siilbiy bo'yoqlar (uslubiy semalar) bilan qoplangan
boladi, ayni shu uslubiy semalar sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi
qiymatini belgilaydi. Masalan, jilmaymoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq,
ishshaymoq va irshaymoq leksemalarining barchasida bitta leksik ma'no —
«ovoz chiqarmay miyig'ida kulish» hodisasini nomlash bor, ammo shu
ma'no jilmaymoq leksemasida biroz ijobiy, iljaymoq leksemasida esa biroz
salbiy bokvoq bilan qoplangan, bu salbiy boyoq irjaymoq, tirjaymoq,
ishshaymoq va irshaymoq lekscmalarida yana-da ortib boradi. Qiyos qiling:
U hamisha kulib, j i l m a y i b turadigan mehribon chehrani ko'rmadi
(M.lsm.). Sho'xroq qiz, yigitlar i l j a y i b , bir-biriga ko'z qisib qo'yishadi
(«Mushtum»). Fosih afandi bo'lsa ... qora duldul ustida kuydirgan kalladay
i r j a y i b o'tiraredi (M.lsm.). Fazliddin t i r j a y i b , egri-bugri tishlarining
oqini ko'rsatdi (O.) Lekin Murzin hayron qolib: «U emas-ки!» — degan
edi, kommendant: «Adashmang, aynan o'zi». ~ dedi surbetlarcha
i s h s h a y i b . (Sh.). Yeryutgurlar, nima qilib i r s h a y i b turibsizlar, huv,
ko'zlaring teshilsin! ~ dedi xotinlardan biri (M.Os.).
3. Nutqiy sinonimlar — nutqning u yoki bu turiga xoslanishi bilan
o'zaro farqlanadigan sinonimlar. Masalan, ozgina, pichay sal, xiyoljinday,
qittayjichcha qatoridagi ozgina leksemasi nutqning barcha ko'rinishlarida
(adabiy nutqda ham, so'zlashuv nutqida ham) qo'llana olgani holda, pieha,
xiyol, jinda\\ qittay, jieheha leksemalari faqat so'zlashuv nutqiga
xoslangandir.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Download 17.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling