101- §. Leksik sinonimiya
- §. Kontekstual sinonimiya
Download 17.01 Kb.
|
Jamolxonov HO`AT sinonim
102- §. Kontekstual sinonimiya
Kontekstual sinonimiya — til birligi sifatida o'zaro sinonim bo'lmagan leksemalarning ma’lum kontekst doirasida (demak, nutq ichida) sinonimik munosabatga kiritilishi. Masalan, chinni va kosa so'zlarining leksik ma’nolari bir xil emas: chinni «idish-tovoq, izolatsion materiallar yasash uchun ishlatiladigan oq loy»ni, kosa esa «piyoladan kattaroq idish»ni ataydi. Demak, biri «material»ni, ikkinchisi esa shu materialdan yasalgan «idish»ni anglatadi, shunga ko'ra ular sinonim hisoblanmaydi, ammo ayrim shevalarda chinni leksemasi «kosa» ma’nosida ham qollanadi, binobarin, shu shevaga xos kontekst ichida u kosa leksemasining sinonimiga aylanadi. Masalan, Xoljonbika... xitoyi c h i n n i da may olib keldi (J .Sh.) Kontekst doirasida sinonimlashish hodisasi ayniqsa muallif leksemasining nutqdagi qo'llanishida ko'p uchraydi. Ma’lumki, muallif leksemasining sememasi tarkibida «yozuvchi», «shoir», «hikoyanavis», «olim», «ixtirochi» kabi qator semalar mujassamlangan. Demak, uning ma’no ko'lami ancha keng. Kontekst ichida esa muallif sememasining shu semalaridan biri aktuallashadi, qolganlari reallashmaydi. Masalan, roman, hikoya kabi nasriy asarlar haqida gap ketganda muallif leksemasi faqat «yozuvchi» ma’nosida qo'llanadi, demak, yozuvchi leksemasining kontekstual sinonimiga aylanadi, kontekstdan tashqarida esa bu ikki so'z sinonim bo'la olmaydi, chunki ularning ma’no ko'lami o'zaro teng emas. Tilda leksik ma’nolari o'zaro teng bo'lib, farqlovchi semalari bo'lmagan leksemalar ham uchraydi: so'roq va savol, хаЬагчъ darak, tenia va mavzu, nom va ot kabi. Tilshunoslikda bu tipdagi leksemalar absolut sinonimlar yoki leksik dubletlar deb ikki xil nomlanmoqda 127, -1091. Download 17.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling