O’n ikki barmoqli ichakda ovqat hazmi. Ovqat hazmi kanalining markaziy qismi bo‟lib ingichka ichaklar tizimining boshlang‟ich qismi o‟n ikki barmoqli ichak hisoblanadi va u yerga tushuvchi oziq moddalar uchta: me‟da osti, o‟t va ichaklarning hazm shiralari ta‟siriga uchraydi. O‟n ikki barmoqli ichakka oziq moddalar tushmaganida u yerdagi muhit kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega bo‟ladi. (pH-o‟rtacha 7,2-8,0 teng). Me‟dadan kislotali moddalari o‟n ikki barmoqli ichakka tushganidan keyin u yerdagi ishqorli shiralar bilan neytrallanguniga qadar pH odamlarning o‟n ikki barmoqli ichagida muhit 4,5-8,0 ga qadar o‟zgarib turadi. O‟n ikki barmoqli ichakka hazm shiralarini ajratuvchi hazm bezlarining faoliyati me‟dadagi ovqat hazmi bilan uzviy bog‟langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |