101-guruh talabasi ashurova
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
Untitled presentation
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eʼtibor uchun raxmat!
101-GURUH TALABASI ASHUROVA MALIKA “ULUGʻBEK XAZINASI” Asari haqida O‘zbek adabiyotining iste’dodli namoyondasi, so‘z san’atkori Odil Yoqubov bir qator asarlari bilan nasr taraqqiyotda katta va o‘chmas iz qoldirdi. Adibning “Ko‘hna dunyo” romanida Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy obrazlari yaratilishi bilan uzviylikda, ular yashagan murakkab davr muhiti, uning inson ruhiyatiga ta’siri talqin etilgan. “Ulug‘bek xazinasi” romanida esa Mirzo Ulug‘bekning umrini so‘ngi damlaridagi tarixiy ziddiyatlar ifodalangan. Romanda Ali Qushchining hayoti, ijodi, amalga oshirayotgan ishlarining Mirzo Ulug‘bek hayoti bilan bog‘liqligi haqidagi talqinlar haqida so‘z yuritiladi. Roman sujetidan o‘rin olgan voqealar silsilasida Mirzo Ulug‘bek va o‘z farzandi Abdulatif o‘rtasidagi ziddiyatlardan istirob chekkan shaxs qismati, farzandining taxt uchun o‘z otasiga qarshi kurash boshlashi, bundan ruhlangan ba’zi saroy amaldorlarining xiyonatlari tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan talqin etilganligiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, ana shunday murakkab tarixiy sharoitda shogirdi Ali Qushchining ustozi Mirzo Ulug‘bekka bo‘lgan ishonchi va sadoqati, farzandi Abdulatif xiyonat qilib turgan bir vaqtda uning ustoziga munosabatini o‘zgarmaganligi, aksincha, hayotini xavf ostiga qo‘yib, saroydagi yillar davomida yaratilgan asarlarni saqlash uchun qilgan harakatlari yorqin lavhalarda talqin etilganligi, bu esa tarixiy haqiqatning badiiy ifodasi ekanligini alohida ta’kidlaydi. Tarixiy faktlardan oziqlangan Odil Yoqubov romanda Mirzo Ulug‘bek va o‘g‘li Mirzo Abdulatif ziddiyatlaridan, uning toj-taxt uchun olib borayotgan kurashlaridan istirob chekayotgan xal hayoti, uning murakkablashish jarayoni, podshohlikdagi kurashlardan ozor chekkan xalq fojealari juda asosli ifodalangan. Mirzo Ulug‘bek ruhiy olamidagi qarama-qarshiliklarning vujudga kelish sabablari, istiroblari monologik va diologik nutq asosida tasvirlanganligini alohiha qayd etadi. Odol Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi talqinlar badiiy adabiyotda Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchi o‘rtasidagi insoniy munosabatlarning mavjudligini ko‘rsatadi. Mana oradan qariyb 650 yil o‘tgan bo‘lishiga qaramay nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda Mirzo Ulug‘bek siymosi ulug‘lanib kelinmoqda. Uni butun dunyo faqatgina shoh yoki sarkarda deb emas shu bilan birgalikda tarixchi, olim va buyuk munajjim sifatida ham yaxshi biladi. Ulug‘bek 1394 yilning mart oyida Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida, bobosi Temurning harbiy yurishi paytida tug‘ildi. U Shohrux Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, unga Muhammad Tarag‘ay ismi berilgan, lekin bolaligidayoq u Ulug‘bek deb atala boshlab, bu ism keyinchalik uning asosiy ismi bo‘lib qoldi. Yoshligida Ulug‘bek fan va san’at turlariga, ayniqsa, matematik va astronomiyani katta qiziqish o‘rganagan. Uning aqliy dunyoqarashi kengayishida otasi va bobosi to‘plagan boy kutubxona zamin bo‘ldi, u yerda ko‘p vaqtini o‘tkazgan va buning zamirida butun dunyoni hayratda qoldiradigan darajada kashfiyotlar qilib samolarni eng birinchilardan bo‘lib o‘rgandi. Ulug‘bek kuchli xotira, aql va zehnga ega bo‘lgani bois taxtni ham erta egallaydi. Shohrux to‘ng‘ich o‘g‘li Ulug‘bekni 1411 yili Movarunnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlaydi Roman aynan o‘z o‘g‘li uo‘lida o‘ldirilgani ham va ko‘pgina hodisalar ham tilga olinadi, bir qancha tarixiy shaxslar bu yerda ham ishtirok etgani manda yananda qiziqish uyg‘otdi. Eng esda qolarli va taasurotga boy bo‘lganni, Ulug‘bekda insoniy g‘urur juda kuchli bo‘lgani ekanligini ko‘rdim ushbu romanda. O‘g‘li uni o‘ldirish chog‘ida o‘limga ketayotganini bilsa ham Ulug‘bek hammadan ham Movarounahrga qirq yil rahnamolik qilib ortirgan asosiy boyligi-madrasalariyu rasadxonasi, nodir xazinasi-to‘plagan kutubxonasiyu yaratgan asarlari yo‘q bo‘lib ketishi uni tashvishga soladi. Xulosa o‘rnida shuni aytoqchimanki, Ulug‘bek, uning hayoti va bu unga bag‘ishlangan roman personajlar ruhiy dramasi tasviri jihatdan adabiyotimizda muhim yangilik bo‘lganini aytish mumkin. Biz yosh avlod mana shunday mahorat bilan yozilgan asarlar orqali o‘tmishda naqadar buyuk ajdodimiz yashab o‘tganini bilamiz va kelajak aqlod uchun faxr—iftixor bilan ayta olamiz. (Insho 587 so‘zdan iborat). Eʼtibor uchun raxmat! Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling