102-guruh talabasi Reybayeva Maxinur hozirgi o’zbek romanlari


Download 1.21 Mb.
Sana06.04.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1330135
Bog'liq
folkor 1 s


102-guruh talabasi
Reybayeva Maxinur
HOZIRGI O’ZBEK
ROMANLARI
Roman – mavzu rang-barangligi, adabiy aholi
toifasi originalligi, xarakterlar xilma-xilligi, badiiy
mezonlari va muammo yechimida o’ziga xoslikni
uyushtiradigan yirik janr. U davr ruhiyatini tugal
va izchil, yaxlit va to’laqonli aks ettiradi. Tasvir
yo’siniga muvofiq, roman voqelik psixologizmi
(O’tkan kunlar) hamda xarakter badiiy tadrijini
(Mehrobdan chayon) umumlashtirishga intiladi.
Roman – harakatdagi adabiy-tarixiy jarayon
bilan tutashadigan o’zgaruvchan poetik shakl.
Joriy kun romanchiligi xususida mushohada yuritganda, adabiy talqin, ijodiy o’lcham hamda estetik mezon shakliy-uslubiy tajribaga tayanishi qabarib ko’rinadi. Abdulla Qodiriy poydevorini qo’ygan “oltinchi o’zbek milliy romanchilik maktabi“ (Bertels) yuzyillikda nodir nanunalar taqdim qildi. Cho’lponning “Kecha va kunduz", tunlar“romanlarida inson va muhit butun ziddiyatlari qalamga olinadi.
1264-inchi hijriy, dalv oyining o’n yettinchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botgan, tevarakdan shom azoni eshitiladir…

Baxtiyor NAZAROV, akademik:

  • Baxtiyor NAZAROV, akademik:
  • — Avvalo, Prezidentimizning ilm, maʼnaviyat, ijod ahliga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrligidan cheksiz minnatdor boʻlishimiz zarur. Qodiriy tavallud sanasini nishonlayotganimiz va keng miqyosli tadbir hamda rejalar belgila­nayotgani ana shu gʻamxoʻrlik natijasidir. Albatta, ayni Vatan ravnaqi, ozodligini qoʻmsab, unga erisha olmay yosh jonini fido qilgan ulugʻ adibga shunday ehtirom koʻrsatilishi Qodiriy merosidan bugun ham muttasil bahramand boʻlib kelayotgan kitobxon xalqimizga izhor etilayotgan hurmat va ehtirom ramzi hamdir.
  • Taassuf, Qodiriy va uning oʻziga oʻxshagan zabardast zamondoshlari bu kunlarni koʻrishmadi. Ammo asarlari bugun tirik, oʻz davrida kam nusxalarda chop etilgan kitoblari bugungi kunda oʻn, yuz minglab nusxada nashr etilyapti.
  • Yozuvchi tanqidiy-publitsistik maqolalari, hajviyalarida odamlarning yangiliklarni qabul qilishdagi norasoliklarni fosh etgandek boʻladi. ­Toshpoʻlat tajang, Kalvak maxzum kabi tipik qahramonlarning, goʻyo yangi jamiyat bilan hamqadam boʻla olmayotgani kulgi ostiga olinadi, ular tilidan shoʻro tuzumi yangiliklariga aytilayotgan tan­qidiy fikrlar ham kulgili, demak, ular rad etilishi lozimdek, biroq yozuvchi shu rad etilishi lozimdek fikr­larni salbiy qahramon tilidan ayttirib, ularga oʻzining gʻoya va xalqning dardini, alamlarini singdiradi.
  • Soʻnggi yillarda qodiriyshunoslikda jiddiy ishlar amalga oshirilganini taʼkidlash joiz. Qator tadqiqotlar bilan bir qatorda, yozuvchining nevarasi ­Xondamir Qodiriy tomonidan toʻplab, “Diyori Bakr” nomi ostida nashr etilgan kitobni alohida taʼkidash oʻrinli. Mazkur toʻplam Qodiriyning hajviyalari, kulgilari, tanqidiy-publitsistik maqolalari jamlangan eng mukammal nashr boʻlib, adibning bu yoʻnalishdagi ijodini oʻrganishga katta imkon yaratadi. Aminmizki, Qodiriy dahosiga ehtirom yuzasidan qilinayotgan ezgu ishlar koʻlami keng va u jadal davom etadi.

Baxtiyor NAZAROV, akademik

Sanobar TOʻLAGANOVA, filologiya fanlari nomzodi:

  • — Abdulla Qodiriy haqida soʻz ketganda beixtiyor romanchiligimiz asoschisini koʻz oldimizga keltirar ekanmiz, uning shaxsi haqida oʻylab qolamiz. Chunki asarlari adabiyotimiz va umuman, madaniyatimiz mulkiga aylanib ulgurgan adib qanday inson edi, degan savol hammani qiziqtirishi tabiiy. Shoʻro toʻntarishlari davrida shaxs tushunchasi zavol topdi va bu millatning maʼnaviy tanazzuliga xizmat qildi. ­­Or-nomus, milliy gʻururning yoʻqolishi ­shaxsning zavolidan darak. Qodiriy buni “maʼnaviy magʻlubiyat” deb atagan.
  • Oʻtgan asrda yangi oʻzbek adabiyoti paydo boʻldi. Uni Fitrat, Behbudiy, Choʻlpon, Qahhor, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Shayxzoda kabi ulugʻ ijodkorlar yaratdi. Ular ichida Abdulla ­Qodiriy shaxsiyati fenomenal hodisa. Oybek Qodiriy haqida shunday yozadi: “Sirtdan qaraganda bosiq, kamgap koʻrinar, chunki u har bir soʻzini taroziga solib koʻrar, ogʻziga kelgan har soʻzni aytavermas, sekin va oʻziga xalal be­rayotgandek yoqinqiramay gap boshlardi”.
  • Manbalarda yozuvchining xarakterini oʻziga ishongan, jasoratli, qatʼiy, haqiqatparvar kabi sifatlar bilan baholashgan.
  • Qodiriy tiriklik mazmunini oʻziga, oʻzligiga sodiq qolishda, deb bildi, butun kuch va gʻayratini, salohiyatini ­millatga, jamiyatga, adabiyotga bagʻishladi.

Ulugʻbek HAMDAM, filologiya fanlari doktori:

  • — Qodiriy asarlarining jozibadorligi, umrboqiyligi uning tilidadir. Xoʻsh, Qodiriy bizga zamondosh boʻlganida qanday tilda ijod qilgan boʻlardi? Albatta, zamonaviy badiiy tilimizda. Bunga shubha qilmaymiz. Shunisi qiziqki, har bir davr til vositasida oʻziga muhr bosadi. Qodiriyning oʻtgan asr 20-yillarida yozgan asarlari bilan 30-yillardagisining tilida sezilarli farq borligini koʻramiz. Misol uchun, adibning avvalgi “Oʻtkan kunlar” hamda “Mehrobdan chayon” romanlaridan koʻra keyingi “Obid ketmon” qissasi tili oʻrtasida ancha-muncha tafovut mavjud.
  • Qodiriyning 30-yillar tevaragida yozgan kichik asarlari tili ham aslida jozibali, hatto, kuzatishimizcha, 30-yillarda bitilgan Choʻlponning “Kecha va kunduz” romani tiliga birmuncha mos. Aytish joizki, hozirgi adabiy til mezonlarimizga ancha yaqin keladi.
  • Bundan shunday xulosa kelib chiqadi: hozirgi adabiy tilimiz arxaizm, jargon, sheva, maʼlum ijtimoiy qatlamlarga xos tildan “qutulib” olguniga qadar maʼlum zamonlar va bosqichlardan oʻtishiga toʻgʻri kelgan. Buni Qodiriyning asarlari isbotlab turibdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Sobir OʻNAROV (“Xalq soʻzi”)
  • Saviya.uz

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling