103 guruh Toshboʻlova Robiya Axborot tushunchasi va uning turlari. Axborotni olish, saqlash va qayta ishlash yo’llari. Axborot o’lchovlari


Download 18.78 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi18.78 Kb.
#1606039
  1   2   3
Bog'liq
103 guruh Toshboʻlova Robiya


103 guruh Toshboʻlova Robiya

Axborot tushunchasi va uning turlari. Axborotni olish, saqlash va qayta ishlash yo’llari. Axborot o’lchovlari

Mavzu rejasi:


1. Informatikaning asosi va uning zamon taraqqiyotidagi ahamiyati.
2. Axborot va axborotlashtirish.
3. Axborot va uning xususiyatlari.
4. Axborotning o’lchov birliklari.
5. Axborot sifati.

103 guruh Toshboʻlova Robiya

Tayanch so’z va iboralar: informatika, kibernetika, axborot, axborotni o’lchash, xabar, ma’lumot, kompyuter, hisoblash texnikasi, axborot tashuvchi vositalar, axborot te

1. Informatikaning asosi va uning zamon taraqqiyotidagi ahamiyati
Informatikaning asosiy yo’nalishlari:
1. Hisoblash tizimlari va ularning dasturiy ta’minotini yaratish;
2. Informasiya nazariyasi: informasiyani uzatish, saqlash, qabul qilish, qayta ishlash bo’lgan prosessni o’rganadi;
3. Sun’iy intellekt;
4. Tizimli analiz; (Proyektlanayotgan tizimni analiz qilish talablari qo’yiladi)
5. Kompyuter grafikasi;
6. Telekommunikasiya(lokal);
Informatika fani, model, algoritm va dasturlashtirish shularga tayanib, informatika yoki axborot so’zi “tushuntirish” tavsiflash degan ma’noni anglatadi. U 3 ta sifatga ega bo’lishi shart.

Axborot o’rganilayotgan narsa yoki xodisani har taraflama to’liq ifodalash kerak yoki axborot to’liqlik sifatiga ega bo’lishi kerak.

2. Axborot ma’lum ma’noda qimmatli bo’lishi kerak.

3. Axborot ishonchli bo’lishi lozim.

Qisqa qilib aytganda, informatika axborotlar ustida bajariladigan amallar va ularni qo’llash usullarini o’rganadigan fandir. Demak, informatikaning asosi bu kibernetikadir, asosiy ashyosi bu- axborotdir. 

103 guruh Toshboʻlova Robiya

2. Axborot va axborotlashtirish


Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnologiyalari iboralari kundalik turmushda eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar desak mubolaga bulmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko’ramiz. Ya’ni axborotlardan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o’zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi.

Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-texnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.

Jamiyatni axborotlashtirish – inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bog’liq obyektiv jarayon hisoblanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo’nalishga ajratish mumkin:
1. Mexnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.
2. Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish.
3. Tashkiliy — iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
4. Axoliga xizmat ko’rsatish sohasini axborotlashtirish.
5. Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.

3. Axborot va uning xususiyatlari


Axborot tushunchasi informatika fanining asosiy tushunchasi hisoblanadi. Axborot insonning sezgi organlari orqali qabul qilinadigan barcha ma’lumotlar majmui.



Download 18.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling