103 guruh Toshboʻlova Robiya Axborot tushunchasi va uning turlari. Axborotni olish, saqlash va qayta ishlash yo’llari. Axborot o’lchovlari


Download 18.78 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi18.78 Kb.
#1606039
1   2   3
Bog'liq
103 guruh Toshboʻlova Robiya

103 guruh Toshboʻlova Robiya
Axborot(informasiya) so’zi lotincha “information” so’zidan olingan bo’lib, tushuntirish, tavsiflash degan ma’noni anglatadi.
To’plangan axborotlardan lozim bo’lganda ishlatish uchun axborot tashuvchi vositalardan foydalanishgan.
Axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uni uzatish kabi ishlar majmuini bajarishda asosiy texnik vosita bugungi kunda kompyuter hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, axborotlarning almashinuv amallarini bajaruvchi aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va hokazolar mavjudki, ular ham axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari hisoblanadi.

4. Axborotning o’lchov birliklari


Axborotni o’lchash uchun ikki ko’rsatkich kiritilgan: axborot miqdori I va qiymatlar hajmi V. Bu ko’rsatkichlar axborot adekvatlik shakllarida turli ifoda va talqinga ega. Har bir shakl o’ziga xos axborot miqdoriga va qiymatlar hajmiga yega.
Axborotning sintaktik o’lchovi. Qiymatlar hajmi V xabarda belgilar (razryad) soni bilan o’lchanadi. Turli sanoq tizimlarida bir razryad turlicha uzunlikka ega bo’lganligi sababli ularning qiymat o’lchov birliklari ham o’zgaradi:
– ikki sanoq tizimida o’lchov birligi – bit (ikki razryad) (axborotni o’lchov birligi sifatida, ya’ni 8 bitdan iborat bo’lgan «bayt» o’lchov birligi ham ishlatiladi);
– o’nlik sanoq tizimida o’lchov birligi – dit (o’nlik razryad).
Axborot miqdori I ni tizim holatining noaniqlik tushunchasi(tizim entropiyasi)ni ko’rib chiqmasdan aniqlab bo’lmaydi.Axborotning semantik o’lchovi. Axborot ma’nosining mazmuni yoki axborotning miqdorini semantik darajada o’lchash uchun tezaurus o’lchovidan foydalaniladi. Bu o’lchov axborotning semantik xususiyatlarini foydalanuvchining kelgan xabarni qabul qilish qobiliyati bilan bog’laydi.
103 guruh Toshboʻlova Robiya

Tezaurus – foydalanuvchi yoki tizim ega bo’lgan xabarlar to’plamidir.


Semantik axbortning miqdorini nisbiy o’lchovi sifatida mazmundorlik koeffisiyentini ishlatish mumkin:
Axborotning paragmatik o’lchovi. Bu axborotning o’lchov birligi foydalanuvchi qo’ygan maqsadni egallash uchun kerak bo’lgan axborotning yaroqliligi bilan ifodalanadi. Paragmatik o’lchov ham nisbiy bo’lib, u axborotni qaysi tizimda ishlatishga bog’liqdir.
Axborotning eng kichik o’lchov birligi sifatida 1 bit qabul qilingan.
Axborotlar o’lchamining katta birliklari: kilobayt, megabayt, gigabayt, terobayt bo’lib, ular o’zaro quyidagicha bog’langan.

1024 bayt=1 Kbayt


1024 Kbayt=1 Mbayt
1024 Mbayt=1 Gbayt
1024 Gbayt=1 Tbayt

5. Axborot sifati


Axborot quyidagi sifatlarga ega bo’lishi kerak:

Axborotning reprezentativligi – obyekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadida axborotni to’g’ri tanlash va shakllantirish bilan bog’liqdir.


Axborotning mazmundorligi – semantik hajmini ifoda etadi.


Download 18.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling