104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
18. QADIMGI CHJOU DAVLATI. M. av. XIII asr oxiri- XII asr boshlarida chjou qabilalari hukmdor Chan - “Ma’rifat- parvar hukmdor’ qo'l ostida birlashib kuchaygan.M. av. 1027-yili Charming o'g‘li U-Van boshchiligidagi kat- ta qo‘shin Shan-Inga bostirib kirgan. Shiddatli janglardan so'ng U-Van qo shinlari podsho Shou Sin boshliq Shan-ln qo'shinlari- ni tor-mor keltirgan. Bu mag'lubiyatdan so'ng podsho Shou Sin o'zini o‘zi o'ldirgan. Shundan keyin Shan-In davlati qulagan va Xitoyda C'hjou podsholigi tashkil topgan. Xitov tarixida bu pod- sholik G’arbiy va Sharqiy Chjou podsholiklari davriga boiinadi. G'arbiv Chjou podsholigi davri m.av. XII—VIII asrlarni o‘z ichi- ga oladi. G’arbiy Chjou davlatining chegarasi g'arbda Vev daryo- sidan sharqda Sariq dengiz sohiligacha boMgan yerlarni egallagan edi. Uning poytaxti Vey daryosi bo'vidagi Xao shahri edi. G‘arbiy Chjou podsholari qo'shni qabilalar, xususan junlar bilan janglar olib borgan. Chjou podsholari mamlakatni viloyatlarga bo'lib, ular- ni qarindoshlari, lashkarboshilar va amaldorlariga bo'lib bergan. Viloyat hokimlari boyib ketgach podshoga itoat etmay qo‘ygan. Bu hoi podsho hokimiyati kuchsizlanishiga olib kelgan. Sharqiy Chjou podsholigi. M. av. VIII asr boshlarida Xuanxe daryosining yuqori oqimida yashagan ko‘chmanchi jun qabilalari Chjou podsholigi yerlariga bostirib kira boshlaydilar. Yu-Van podsholigi davrida (m.av. 788-771) chjoular yarim ko'chmanchi junlar bilan shiddatli janglar olib borgan. M.av. 770-yili podsho Pin-Van junlar hujumidan bezor boiib podsholik poytaxtini Xaodan Loyanga, ya'ni Sharqqa ko‘chiradi. Shu tufayli podsholik Sharqiy Chjou nomi bilan atalgan. Sharqiy Chjou podsholigi davri m.av. VIII—III asrlar orasidagi davrni o'7 ichiga oladi. Sharqiy Chjou podsholari g'arb tomonda jun, shimolda di. xunn qabilalari va boshqa qabilalar bilan uzoq vaqt urushlar olib borgan. M.av. 636-yili Chjou hukmdorlaridan Syan-Van di qabilalari bilan bo'lgan jangda mag'lubiyatga uchragan. Syan-Van podsholik poytaxti Loyanni tashlab ehiqishga majbur bo'lgan. M.av. VII-IV asrlarda Sharqiy Xitoy mavda podsholiklarga boMinib keta boshlagan. Bu podsholiklarning yiriklari U, Chu,Si, Szva va Yuz kabi davlatlar edi. Bu Xitoy tarixida “Chjancho” - “Adovatlashuvchi podsholiklar” davri deb atalgan. Bu vaqtda ular Sharqiy Xitoyda hukmronlik qilish uchun uzoq yiillar davo- mida o’zaro kurash olib borganlar. Uzluksiz jang-u jadallar, qonli urushlar natijasida goh Szin, Yuz, goh Chu, U, Si va Sinlar g‘olib chiqqan yoki magiubiyatga uchragan. Uzoq davom etgan urushlar va xalq g'alayonlari tufayli M.av. I asr oxirlari-III asr boshlariga kelib Chjou podsholigi ham kuchsizlanib barham topgan. Chjou podsholigi davrida xo'jalik ilgarigiga nisbatan ancha rivojlangan. Jez, ayniqsa temir- dan omoch tishi, belkurak va boshqa qishloq xo‘jaligi asboblari- ning kashf etilishi sug‘orma dehqonchilikni yanada rivojlanishiga olib kelgan. Daryo bo'ylaridagi serunum yerlarga kanallar orqali suv chiqarilgan, suv omborlari qurilgan. Hosildorlikrii oshirish uchun almashlab ekish joriy qilingan. Har bir tomorqa uch boTak- ka boTingan. Tomorqaning ikki boiagiga ekin ekilib, uchinchisi haydab, shudgor qilib qo‘yilgan. Har uchala yer bo‘lagining o‘z nomi bo‘'lib, ularning birinchisi “yangi”, ikkinchisi “yangi yer”, uchinchisi “uch yoshli dala” deb atalgan. Yerlar o"glitlanib, deh- qonlar kuzgi va bahorgi ekinlar ekkanlar. Dehqonlar bog'dorchilik, sholikorlik, sabzavotchilik va g"allachilik bilan shug‘ullangan- lar. Mamlakatnmg katta maydonlarida tutzorlar tashkil etib. ipak qurti boqilib. ipakchilikka katta e’tibor berilgan. Davlat ham dehqonchilikni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan. Mamlakatning tog'li va dashtli viloyatlaridagi yaylovlarda chorvachilik rivojlangan. Maxsus amaldorlar chorvachilikni rivojlantirish bilan shug'ul- langanlar, yaylovlarda va shaxsiy xo‘jaliklarda qoramol, qo‘y, ech- ki, clurchqa va ot boqilgan. Tibet kabi baland tog'lik hududdlarda qoramolning alohida zoti -qo‘tos boqilgan.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling