104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet30/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

29. YANGI OSSURIYA PODSHOLIGI. Osuriyaning yangidan yuksalishi podsho hokimiyatini bosib olgan harbiy boshliq, podsho Tiglatpalasar III (mil.avv. 745–727-yillar) davrida boshlandi. G‘ayratli sarkarda, mohir tashkilotchi Tiglatpalasar III podsho hokimiyatini mustahkamlash uchun qator islohotlar o‘tkazdi. U mamlakat hududini kichik-kichik noibliklarga bo‘lib yubordi. Noiblar ustidan markaziy hokimiyatning nazorati o‘rnatilib, noiblarning vakolatlari belgilanib, vazifalari cheklandi. Viloyat noiblariga viloyatda soliqlarni to‘plash, fuqarolarning majburiyatlarni bajarishini tashkil qilish va o‘z viloyatlari harbiy qismlariga rahbarlik qilish vazifalari yuklandi. Bo‘ysundirilgan aholiga nisbatan ham munosabat o‘zgardi. Tiglatpalasar III gacha harbiy yurishlarning asosiy maqsadi talonchilik, o‘lpon olish va bosib olingan hududlar aholisining bir qismini olib ketib qul qilish edi. Endilikda esa, bunday odamlarni ommaviy ravishda boshqa viloyatlarga ko‘chirib o‘tkazish, ularning o‘rniga boshqa bo‘ysundirilgan viloyatlardan asirlarni olib kelib joylashtirish boshlandi. Ba’zida bo‘ysundirilgan aholi o‘z yerida qoldirilib, ularga og‘ir majburiyatlar yuklangan. Bosib olingan hudud esa Osu riya tarkibiga kiritilgan. Ular dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib, xiroj to‘laganlar. Shuningdek, ular qurilish, yo‘l qurish ishlari, sug‘orish inshootlarini ta’mirlash ishlariga tortilganlar. Bundan tashqari, yana ular qo‘shinda yordamchi qismlarga xizmat qilishlari shart bo‘lgan. Tiglatpalasar III xazinadan maosh oladigan ko‘p sonli muntazam qo‘shin tuzdi va ko‘ngillilarni harbiy xizmatga chaqirishdan voz kech di. Harbiy xizmatga aholining o‘rta va past tabaqalari jalb qilindi. Osuriya qo‘shini davlat bosqinchilik siyosatining asosiy quroli bo‘lgan. Qo‘shin qurollariga qarab, bir necha qismlarga bo‘lingan. Piyoda qo‘shinlar son jihatidan eng ko‘p sonli bo‘lib, u yengil va og‘ir qurolli qismlarga bo‘lingan. Mil. avv. IX asrdan boshlab otliq qismlar paydo bo‘ladi. Ular og‘ir va yengil qurollantirilgan qismlardan tuzilgan. Qo‘shinning zarbdor qismi jang aravalari bo‘lgan. Jang aravalari qo‘shinning imtiyozli qismi edi. Vaqt o‘tishi bilan ularning o‘rnini otliq qismlar egalladi. Shahar va qal’alarni qamal qilishda osuriyaliklar turli qamal qurollaridan foydalanganlar. Osuriya qo‘shinlari mustahkamlangan harbiy manzilgohlar, harbiy qarorgohlar, yo‘llar qurish malakasiga ega edilar. Ular devor buzuvchi, metalldan yasalgan qurilmalar va yondiruvchi qurollarni qo‘llay olganlar. Osuriya davlatining uchinchi gullab-yashnashi mil. avv. VIII asrning 40-yillaridan VII-asrning 40-yillari oxirigacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keldi. Bu davr Osuriya va Old Osiyo tarixida alohida o‘rin tutdi. Qaysiki, Osuriyaning faol ekspansiyasi unga qo‘shni bo‘lgan hududlar, davlatlar ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotiga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazdi. Osuriyaning harbiy kuchga asoslangan davlat hokimiyatining tashqi siyosati faqat qo‘shni mamlakatlarga nisbatan harbiy tazyiq o‘tkazish orqali o‘z ta’siri ostida ushlab turishga yo‘naltirilgan edi. Bunday siyosat Old Osiyoning o‘sha davrdagi va keyingi asrlardagi siyosiy taraqqiyotiga kuchli ta’sir etdi. Yaxshi qurollangan ko‘p sonli qo‘shin bilan Osuriya podsholari Tiglatpalasar III (mil.avv. 745–727-yil ), Sargon II (mil. avv. 722–705-yil) va Sinnaxxerib (mil.avv. 705–680-yil) g‘olibona yurishlar olib bordilar. Tiglatpalasar III harbiy zodagonlar yordamida podsho Ashshurnirari VI ni taxtdan tushirib, hokimiyatga keldi va istilochilik urushlarini olib bordi. Mil.avv. 743–740-yillarda Shimoliy Suriya va Kichik Osiyo hokimlarining birlashgan ittifoqining kuchlari tor-mor qilindi. Urartu davlatiga qarshi g‘olibona yurishlar olib borildi va mamlakat talon-taroj qilindi. Sharqda Osuriya Midiyaning bir qismiga ega bo‘lib, bu yerda bir necha provinsiyalar tashkil qilindi. Mil.avv. 729-yilda Bobilni bosib olib, Tiglatpalasar Pulu nomi bilan Bobil podshosi tojini kiydi. Sargon II (mil.avv. 722–705-yil) davrida mil.avv. 722-yilda Isroil podsholigi bosib olindi. Hokimiyatni noqonuniy ravishda bosib olgan Sargon II podshoning yangi qarorgohi – Dur-Sharrukin («Sargon qal’asi»)ni qurdi. Uning avlodlari – Sargoniylar Osuriyani uning halokatigacha boshqarganlar. Badjahl podsho – jangchi Sinaxxerib (mil.avv. 705–680-yillar) poytaxtni Nineviyaga ko‘chirdi. Uning podsholigi davrida Osu riya Kichik Osiyoning janubiy-sharqini qo‘ldan chiqardi. Yahudiyaning qarshiligini bostira olmadi va uni qo‘llab-quvvatlagan Misrni bo‘ysundira olmadi. Sinaxerribning vorisi Asarxaddon (mil.avv. 680–669-yillar) vayron qilingan Bobilni qayta tikladi. Zaif, qaram Bobilni Osuriya bilan ittifoqda bo‘lgan alohida podsholik deb e’tirof etdi. Asarxaddon mamlakat shimoliy-g‘arbida mil.avv. 679-yilda paydo bo‘lgan kimmeriylar hujumini bartaraf qilib, Eronning shimoliy-g‘arbida yashagan skiflar bilan mil.avv. 672-yilda ittifoq tuzdi. U mil.avv. 671-yilda Misrni bosib olib, shimoliy arab qabilalarini bo‘ysundirdi. Bu davrda Osuriya davlati chegaralari Nil daryosining birinchi ostonalaridan Kavkaz ortigacha, Eron pasttog‘idan Kichik Osiyogacha, O‘rtayer dengizidan Fors qo‘ltig‘igacha cho‘zildi. Bu bepoyon davlatni boshqarish Osuriyaga juda katta qiyinchiliklarni tug‘dirdi. Tiglatpalasarning vorislari Sargon II (mil. avv. 722–705), Sinaxxerib (mil.avv. 705–680), Asarxaddon (mil. avv. 681–669) va Ashshurbanipal (mil.avv. 669–629) yuz yil davomida ko‘plab istilochilik urushlari natijasida tashkil etilgan ulkan imperiyani mustahkamlashga harakat qildilar. Ammo Ashshurbanipal hukmronligining so‘nggi yillarida imperiyaning yemirilishi boshlandi. Uning alohida markazlari o‘zaro raqobat qila boshladilar. Ashshurbanipal mil.avv. 629-yilda vafot etdi. Uning ukasi Sinshariskun taxtga chiqdi. Uch yildan so‘ng joylarda Osuriyaning hukmronligiga qarshi kuchli noroziliklar boshlanib, oxir-oqibatda uning halokatiga olib keldi. Imperiyaning jadal yemirilishi boshlandi. Bobil, Elam, xaldey, oromiy hokimliklari, Suriya va Finikiya shaharlari Osuriya hukmromligiga qarshi bosh ko‘tardi. Bobil va Midiya birgalikda Osuriyaga qarshi ittifoq tuzib, mil. avv. 614-yilda Ashshurni, mil.avv. 612-yilda Nineviyani vayron qildilar. Natijada Osuriya halokat yoqasiga kelib qoldi. Mil.avv. 590-yilda Xarran yonidagi jangda Osuriyaning harbiy qudrati to‘liq sindirildi. Tarixda ilk bor butun Old Osiyoni yagona davlat tarkibida birlashtirgan va bir necha yuz yil hukmronlik qilgan qadimiy Sharqning eng katta davlati tarix sahnasidan tushib ketdi. Osuriyaning yemirilishi natijasida midiyaliklar Osuriyaning o‘zini va Xarranni bosib oldilar. Bobil Mesopotamiyada o‘rnashib, Suriya va Falastin ustidan o‘z nazoratini o‘rnatishga tayyorlandi. Misr ham bu mamlakatlarga o‘zining o‘tmishdagi ta’sirini qayta tiklashga harakat qildi. Mil.avv. VII asr oxirida Old Osiyoda faqat uch qudratli davlat: Midiya, Bobil va Misr, Kichik Osiyoda ikki kichkina mustaqil davlat – Lidiya va Kilikiya qoldi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling