104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
XAN IMPERIYASI ICHKI VA TASHQI SIYOSATI
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
31. XAN IMPERIYASI ICHKI VA TASHQI SIYOSATI. Xan podsholigi tashkil topib, o‘zini tiklab olgach, podsholar qo'shni mamlakatlarni istilo qilishga kirishganlar. M.av. 200-yilda Lyu Ban-Gao-Szu o'z qo'shinlari bilan xunnlar ustiga bostirib borgan. Uining qo'shinlari xunnlardan mag‘lubiyatga uchragan. Gao-Szuning o‘zi asirga tushib, asirlikdan mo'jiza tufayli qochib qutulgan. Xan saltanati- ning eng kuchaygan davri U-Di podsholik qilgan m.av. 140-87-yil- lardir. Bu davr Xitoy tarixida “Oltin asr” nomi bilan mashhur. U-Di davrida mahalliy aslzodalarning huquqlari biroz cheklanib, saltanat amaldorlari ustidan nazorat kuchaytirilgan. Xunnlarga qarshi kurashda o‘ziga ittifoqchilar topish uchun Xan podshosi U-Di m. av. 138-vili Chjan Syan boshliq o‘z elchilarini O rta Osiyo va Hindistonga yuborgan. Chjan Syan m. av. 138-125-yillarda Qang‘, Yuechji, Kushon, Dovon va Baqtriya hukmdorlari huzurida bo'lgan. U bu davlat rahbarlarini Xitoy bilan ittifoq bo'lib xun- nlarga qarshi kurashga ko'ndira olmagan. Ammo u O'rta Osiyo va Hindiston xalqlari haqida juda ko'p ma'lumot to'plab kelgan. Shu davrdan boshlab Xitoyning O'rta Osiyo bilan aloqasi kucha- yib, “Buyuk ipak yo‘li” ga asos solingan. M.av. 115-yilda Ch- jan Syan o‘zi kashf etgan bu yo'ldan O’rta Osiyoga yana bir bor kelgan. U Issiqko‘1 sohilida qarorgoh qurib, O'rta Osiyo, Parfiya, Kushonlar mamlakati va Hindistonga o‘z ayg‘oqchilarim yubor- gan. Ayg‘oqchilar esa Chjan Syanga bu mamlakatlar haqida ma’lu- motlar yuborib turgan. U-Di ko'p sonli otliq qo'shinga tayanib m. av. 127-119-yillar- dagi bo'lgan urushlarda xunnlarni yengib. dastlabki g'alabaga erishgan. U-Di davrida Xan qo'shinlari janubi-sharqiy Xitoydagi ko'p viloyatlami bosib olgan. M.av. 130—111 -yillar orasida U-Di janubi-g'arbdagi varvarlar ustiga ikki marta qo'shin yuborgan. Xan qo'shinlari Hindistonga yo'l topolmasalar ham Yanszi daryosining yuqori oqimidagi joylar podsholikka qo'shib olingan. M.av. 109-yili Xan qo'shinlari Koreya yarimoroliga ham bostirib kirib, Choson mamlakatini qo'shib olgan. M.av. 104-101- yili U-Di qo'shinlari Dovon mamlakatiga o'tib, uning shaharlari- dan biri Ershini qamal qilgan. Xitoyliklar Dovondan "qon bilan terlaydigan osmon otlarini ” olib qaytganlar. M.av. II asr o'rtalaridan I asr boshlaiigacha bo'lgan davr ichida Xan qo'shinlari zafarli yurishlar uyushtirib saltanat chegaralarini ancha kengaytirganlar. U-Di davrida Xan podsholigi Sharqiy Osiyodagi eng kuchli davlatiardan biri bo'lib qolgan. Xitoyda dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiq ancha taraqqiy etgan. Bu davr- da Xitoy savdogarlari Turon, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va boshqa mamlakatlar bilan qizg'in savdo-sotiq ishlarini olib bor- ganlar. Imperator Gao-szu (Lyu Ban, mil.avv. 202–195-yillar) xalqning ahvolini yengillashtiradigan tadbirlarni amalga oshir di. Qarzi uchun qul qilinganlar qullikdan ozod qilindilar. Jamoa larga vaq tinchalik imtiyozlar berildi. Soliqlar Sin davridagidan 10 marta kamaytirilib, hosilning 1/15 qismini tashkil etdi. Imperator Syao Ven-di (mil. avv. 180–165-yillar) xalqning ahvolini yanada yengillashtirdi. U saroy xarajatlarini kamaytirdi. Dehqonlardan olinadigan yer solig‘ini kamaytirdi. Qarindoshining jinoyati uchun jazolash, imperatorni haqorat qilgani uchun jazo berish bekor qilindi. Xitoy iqtisodiyotining asosi bo‘lgan deh qonchilikda asosiy ishlab-chiqaruvchilar dehqon jamoatchilar edi. Ular yer solig‘i (hosilning 1\15, 1\30 qismi), jon solig‘i, xo‘jalikdan olinadigan pul soliqlariga tortildilar. Erkaklar mehnat majburiyati (yilda bir oy, uch yil davomida), harbiy (2 yillik armiya va har yili 3 kunlik garnizon xizmati) majburiyatini o‘tadilar. Xan davrida hunarmandchilik va savdo sohasi rivojlandi. Poytaxt Chanyan va Linszi shaharlarida yarim milliongacha, boshqa ko‘pgina shaharlarda 50 mingdan ortiq aholi yashar edi. Shaharlar o‘z-o‘zini boshqarish organlariga ega edilar. Qullar ko‘p sonli bo‘lib, dehqonchilik va hunarmandchilikda hamda davlat xo‘jaligida qul mehnatidan keng foydalanilgan. Har bir shaharda qul bozori mavjud edi. Mil.avv. II asrda Sariq dengizdan boshlanib, O‘rtayer dengizigacha borgan Buyuk Ipak yo‘li shakl landi. Imperator U-di davri (mil.avv. 140–87-yillar) qadimgi Xitoy ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisi edi. U-di markazlashtirish siyosatini olib bordi. Vanlar va oqsuyak zodagonlarga meros mulkni faqat katta o‘g‘li emas, balki barcha o‘g‘illari o‘rtasida taqsimlash joriy etildi. Natijada merosiy mulklarning hajmi keskin qisqarib, ular amalda hokimiyatdan mahrum bo‘ldilar. Markaziy davlat apparati mustahkamlandi. Mamlakat hududi 14 okrugga bo‘lindi. Okrug amaldorlari faoliyatini nazorat qiladigan nazorat inspektori lavozimi qayta tiklandi. Okrug boshliqlari tomonidan amaldorlik vazifasiga qobiliyatli kishilarni muntazam tavsiya etish tizimi joriy qilindi. Ma’muriy mansablarni egallash uchun davlat imtihonlari tizimi joriy qilindi. Imperatorning birinchi maslahatchisi ni vakolat doirasi cheklandi. Imperator devonxonasi tashkil etilib, imperator hududlarni boshqarish tizimlari faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. U di, Lyu che davrida konfutsiylikni davlatning rasmiy mafkurasiga aylanish jarayoni tugallandi.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling