104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet35/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

34. YAMXAD DAVLATI. Mil.avv. XVIII asr da Shimoliy Suriyaga bostirib kirgan amoriy qabilalaridan biri bir necha shahar va davlatlarni birlashtirgan yirik davlatni barpo qi lishga urinadi. Bu siyosiy birlashma Yamxad nomini oladi. Dastlab bu birlashma qabilalar ittifoqi shaklida edi. Uning asoschisi doimiy qarorgohga ega bo‘lmagan. Yamxad davlati shimolda Karxemishdan janubda Oront daryosigacha bo‘lgan bepoyon hududga hukmronlik qilgan (tax. mil.avv. XVII asrning II yarmida). Xalpa (hozirgi Aleppo) shahri poytaxt vazifasini o‘tagan. Mesopotamiya shimolidagi Mari shahri bilan serqatnov savdo aloqasi o‘rnatiladi. Mil.avv. XVII asrda Yamxad zaiflashib, tushkunlikka yuz tutadi. Mil.avv. 1600-yillar atrofida Yamxad davlatini xettlar bosib oldilar. Mil.avv. XVII–XIII asrda Yamxaddan janubroqda bir qancha shaharlarni birlashtirgan qudratli giksoslar ittifoqi vujudga keladi. M. av. XVIII asrda amoriy qabilalarining katta guruhi Shimoliy Suriyaga bostirib kiradi. Ularning sardori Suniuepax Yamxad davlatini tuzib. o'zini hukmdor deb e'lon qiladi. U Karxemishdan Katnagacha boigan yerlarni bosib oladi. Sumuepaxning vorisi Yarmilim o'zini shoh deb e’lon qilib, Xalapni davlat markaziga aylantiradi. Yamxadliklar Mari va Bobil bilan qizg'in savdo-sotiq ishlari olib borib, ularga bug'day, zaytun moyi, musallas, hunarmandchilik va kulolchilik buyumlari yetkazib beradilar. Ulardan esa qurol. qo'rg'oshin va zargarlik buyumlari keltiradilar. Ammo XVIII asr oxiriga kelib, Yamxad davlati kuchdan ketib, o‘z mustaqilligini yo‘qotadi. M. av. XVIII asr oxiri XVII asr bosh- larida Yamxaddan janubdagi bepoyon dashtlarda giksoslarning harbiy ittifoqi tashkil topadi. Ular Falastin va Janubiy Suriyadagi ko'pgina shahar-davlatlarni bosib oladilar. O'zlarining otliq qo'shi- ni va jangovar aravalarida Shimoliy Misrga bostirib kiradilar. Nil daryosining quyi qismidagi Avaris shahrini mamlakat poytaxtiga aylantiradilar. Ular Misrda 120 yildan ortiq hukmronlik qiladi. M.av. 1580-yili giksoslar Misrdan quvib chiqariladi. Misrliklar Finikiya, Falastin va Suriyada o'z hukmronliklarini o'rnatgach, XV asrga kelib giksoslarning harbiy ittifoqi tarqalib ketadi.\


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling