"Bojxona ishi" faniga kirish. Bojxona ishining vujudga kelish tarixi
Download 31.73 Kb.
|
Bojxona ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat bojxona qomitasining tashkil etilish zarurati TIF va uni tartibga solishda bojxona organlarining ahamiyati
- 1. "Bojxona ishi" faniga kirish. Bojxona ishining vujudga kelish tarixi
- Bojxona ishi rivojlanishining jahon tajribasi. Markaziy Osiyoda bojxona ishi
"Bojxona ishi" faniga kirish. Bojxona ishining vujudga kelish tarixi Bojxona ishi rivojlanishining jahon tajribasi. Markaziy Osiyoda bojxona ishi Bojxona ishining A.Temur davridagi rivoji O'zbekiston Respublikasida bojxona ishining hozirgi holati Davlat bojxona qo'mitasining tashkil etilish zarurati TIF va uni tartibga solishda bojxona organlarining ahamiyati O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy siyosati va uning asosiy yo'nalishlari Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi va uning ahamiyati 1. "Bojxona ishi" faniga kirish. Bojxona ishining vujudga kelish tarixi Qadimgi dunyoda bojxona munosabatlarini paydo bo’lishi. Xalqlar va davlatlar urtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalarni tartibga solishning uziga xos shakli sifatida bojxona kup asrlar muqaddam paydo bo’ldi. Tashqi savdo aloqalari xaqidagi eng ilk ma‘lumotlar bizga qadimgi Misrning oltinchi sulolasi (bizning eramizgacha bulgan III ming yillik boshi) yodgoliklari orqali yetib kelgan. Bu davrda misrliklar Finikiya shaxarlari va Kizil dengiz xavzasidagi yerlar axolisi bilan savdo qilishgan. Keyinrok Nil vodiysi savdogarlarining savdo aloqalari Ikki daryo oraligining quldorchilik davlatlariga xam yoyilgan. Savdo karvonlarining xarakati xavfsiz emas edi. Misrdagi Yangi podshoxlik davri (eramizgacha XVI-XII asrlar)ning tarixiy yodgorliklari ot-ulovlarni talash va savdogarlarning shikoyatlari xaqida xikoya kiladi. Kup mablag sarflanadigan kurikchilarni saklash kimmatga tushar va xamisha xam uzini oklamas edi. Shu sababli karvonni kuriklash sarf-xarajatlarini qoplash uchun maxsus yigimlar undirila boshlandi. Feodallar tomonidan ularning mulki orqali utuvchi savdogarlardan undiriladigan soliklar xam bojning Qadimgi kurinishi edi. Keyinchalik ularni shaxarlar xam undirib ola boshladi, davlat paydo bulgandan keyin esa boj xazinani tuldirishning qulay vositasiga aylandi. Ijtimoiy xayot murakkablashishi, shaxarlar rivojlanishi, davlat va siyosiy ustkurma paydo bo’lishi, savdo xajmi va intensivligi kengayishi davomida yigimlarning yangidan-yangi turlari, shu jumladan savdodan va yuk keltirishdan olinadigan yigimlar joriy etila boshlandi. Eramizgacha III-II ming oraligida Ashshurning (Osuriya poytaxti) foydasiga uning Kichiq Osiyodagi mustamlakalaridan boj undirilgan. Eramizgacha II ming yillik boshida deyarli butun Qadimgi dunyoning markaziga aylangan Vavilonda barcha tovarlar shaxarga olib kirilishida kuzdan kechirilar va ulardan boj undirilar edi. Boj uzining asosiy funktsiyasi, fiskal funktsiyasini, ya‘ni xazina manfaatlariga rioya qilish vazifasini ado etar ekan, boshqa soliklar va yigimlar bilan birgalikda davlatning mustaxkamlanishiga kumaklashdi. 2. Bojxona ishi rivojlanishining jahon tajribasi. Markaziy Osiyoda bojxona ishi XIX asr oxirida bozor munosabatlari rivojlanishi bilan birgalikda bojxona siyosati yangi bozorlarni egallab olishga yordam beruvchi vositalardan biriga aylandi. Buxoro xonligining katta qismini inglizlar uz nazorati ostida tutib turgan Afgoniston bilan chegarasida bojxonalar tashkil etildi. Ulkaning Afgoniston bilan savdo qilish uchun maxsus tashkil etilgan bojxona birlashmasiga kiruvchi boshqa tumanlaridan chiquvchi tovarlar mana shu bojxonadan utar edi. Afgoniston bilan savdo-sotikda fiskal maqsadni kuzlamagan ushbu birlashma tovarlarining ayrim turlari mazkur mamlakatga olib kirilganligi uchun maxsus mukofotlar tayinlangan, shunday qilib, Peshovar va Kobul orqali Afgonistonning shimoliy qismiga va Badaxshonning tovarlari bilan rakobat qilish uchun qulay shart-sharoitlar sun‘iy ravishda yaratilgan. Afgon bozorini qulga kiritish unchalik kiyin emasdek tuyulardi: yul yukligi sababli Afgonistonning Badaxshon viloyatiga, masalan, «ingliz mollari shunchalik oz miqdorda kelar ediki bu nafakat Badaxshonning uzida, balki saroy va Chebek orqali Rustak va Fayzobod shaxarlariga bu shaxarlardan inglizlar qul ostidagi yerlarga olib utiladigan ingliz tovarlariga nisbatan sifatli va arzon bulganligi uchun axoli yaxshi xarid kiladigan va boshqa tovarlar uchun maxalliy bozorlarni ochib kuyar edi». Tovarlar (manufaktura, kerosin, gugurt, kand-shakar) kuzdan kechirish uchun Samarakand ombor bojxonasiga takdim etilishi kerak bulgan. Bu yerda tovarlarga maxsus tamgalar bosilar va tavarlar savdogarlar tomonidan Afgoniston-Buxoro chegarasida joylashgan Karki, Kalif, Chushkaguzar, Termiz, Ayvoj, Saroy va Chebekdagi chegara bojxonalari orqali olib utilardi. Bu yerda bojxonachilar tamga bosilgan joylarni kuzdan kechirishar, tamgani olib kuyishar va tovarni chet elga chiqarishar edi. Tovar xaqikatda Buxorodan tashqariga olib chiqib ketilganligining isboti xisoblangan tamga esa, bojxonachilar tomonidan Samarkandga kaytarilardi. Bu yerda tovarning egasi uziga tegishli mukofotni olgan. Tovar uchun beriladigan mukofotning salmogi kuplab savdo firmalarini uziga jalb kilgan. Ular Samarkand, Buxoro, Karkida uz idoralarini tashkil etib, faoliyatlarini yildan-yilga rivojlantirishdi. Mana shu tufayli chegara bojxonalari orqali ip-gazlama tovarlar, shakar va kerosin kup miqdorda olib utila boshlandi. Biroq bojxona birlashmasi uz maqsadiga tulik erishishga muvaffak bulmadi. Savdo jilovini uz qulida ushlab turgan buxorolik, afgonistonlik mayda savdogarlar mukofotlardan foydalanish imkoniyatidan maxrum edi. Ular gazlamani Buxoroning chegara shaxarlarida sotib olishar, biroq bunday mol qonunga kura Samarkand bojxonasining tamgasi bulmasa mukofotlanmas edi. Buxoro bojxonalari xatto tamga kuyilgan tovarlardan xam boj yiguvchining xoxishiga va vijdoniga bog’liq miqdorlarda boj yigishardi. «... Bojgirlar xar bir joydan 4 dan 5 gacha rupiy (bir rupiy - 45 tiyin), amlokdorlar (uezd boshliklari) esa Amurayodan utganlik uchun 4-6 rupiy, ichiga xavo tuldirilgan xayvon terisidan yasalgan solni tortib boruvchi xar bir ot uchun bir tomonga o’tishdan 4-5 rupiy va xar bir odam olib utilganligi uchun aloxida 2 rupiy undirishgan». Savdogarlar utadigan bekliklarda xar bir tuya yoki otdan ulpon undirilardi, agar yul bir nechta beklikdan (Kitob, Shaxrisabz, Guzor, Xisor, Kurgontepa) o’tishi xisobga olinsa, ustama xarajatlar ancha sezilarli bular va beriladigan mukofotning yarmiga yoki xatto xammasiga teng bular edi. Ma‘lumki, Buxoro xukumati uz vaqtida Afgonistonga olib ketiladigan tovarlarni bojdan ozod qilish xaqida farmoyish chiqargan bulib, biroq bu farmoyish Buxoro devonxonasidan tashqariga chiqmadi. Lekin shunga qaramay, bojxona birlashmasi davlat lar urtasidagi savdo aloqalari kengayishida uz axamiyatiga ega bo’ldi. Download 31.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling