"Bojxona ishi" faniga kirish. Bojxona ishining vujudga kelish tarixi


O'zbekiston Respublikasida bojxona ishining hozirgi holati


Download 31.73 Kb.
bet3/7
Sana05.05.2023
Hajmi31.73 Kb.
#1429342
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bojxona ishi

4. O'zbekiston Respublikasida bojxona ishining hozirgi holati
Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. Turkiston okrugi ushalardan biri bo’ldi. Turkiston okrugidan 16 ta bojxona organi mavjud edi. 1895 yilda Termiz shaxrida Pattakesar bojxonasi tashkil etildi. Unda asosan Afgonistondan keltiriladigan tovarlardan boj undirilgan. Xar yili ushbu bojxona posti orqali 2500 dan ziyod sayoxatchi utardi. U paytlari Afgoniston xududi orqali Markaziy Osiyoga kuplab kontrabanda tovari xam utkazilgan.
1917 yildan keyin ichki va tashqi savdo xalq Komissarligida 8 ta bojxona okrugidan iborat bojxona boshqarmasi tashkil etilib, Turkiston okrugi shulardan biri edi. 1925 yilda bojxona boshqarmasi Bojxona bosh boshqarmasiga aylantirildi. Uning tarkibida bojxonaning 11 ta inspektorlik organlari va 266 ta bojxona bulib, ularda 5710 nafar xodim ishlar edi. Usha yili Termiz shaxridagi Pattakesar bojxonasi Termiz bojxonasiga aylantirildi. Xalq komissarliklari vazirliklarga aylantirilgandan keyin Bojxona bosh boshqarmasi Tashqi savdo vazirlik tarkibida koldi.
1986 yilda Bojxona bosh boshqarmasi SSSR Minstrlar Soveti xuzuridagi Davlat bojxona nazorati Bosh boshqarmasiga aylantirildi.
Toshkent shaxri sobiq SSSR ning janubiy darvozasi xisoblanib, xorijdan uchib kelgan samolyotlar Toshkentda tuxtab utar edi. Yangi xavo yullari ochilishi munosabati bilan 1959 yil 14 aprelda Toshkent aeroportida Termiz bojxonasiga buysunuvchi bojxona posti tashkil etildi. Toshkent postida xammasi bulib 3 ta xodim ishlagan. Ularga V.N.Novikov raxbarlik kilardi. Yetmishinchi yillarda tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishi munosabati bilan ushbu post Toshkent bojxonasiga, 1998 yilda esa O’zbekiston Respublikasi bojxonasiga aylantirildi.
1988-89 yillarda Samarkand, Buxoro, Namangan, Andijon, Karshi, Guliston, Jizzax, Kukon, Navoiy, Urganch, Chirchiq, Olmalikda bojxona postlari ishga tushdi. 1990 yil oxiri va 1991 yil boshida Samarkand, Fargona va Nukus postlari bojxonalarga aylantirildi va O’zbekiston Respublikasi Bojxona boshqarmasiga buysundirildi.
U paytlari bojxona ishlari Moskvadan turib boshqarilar, barcha raxbar xodimlar markazdan tayinlanardi. Bojxona tomonidan musodara qilingan tovar-moddiy boyliklar va boj tushumlari Moskva ixtiyoriga yuborilgan.
Bojxona organlarining Respublikadavlat nazorati va boshqaruvining mustaqil tuzilmasi sifatida shakllanishi va faoliyat kursatishi O’zbekiston uz mustaqilligini qulga kiritgandan keyin boshlandi. Prezident va xukumatimiz bojxona xaqidagi qonunlarni rivojlantirishga aloxida axamiyat berdi. 1991 yil oktyabrdayok, ya‘ni mustaqillik e‘lon qilingandan keyin O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Bojxona kumitasi tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 10 avgustdagi Farmoni asosida O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xuzuridagi Tovar moddiy boyliklar olib chiqib ketilishi ustidan nazorat qilish davlat inspektsiyasi bilan O’zbekiston Respublikasi Bojxona kumitasi negizida Davlat bojxona kumitasi tashkil etildi. 1277 kishidan iborat xodimlar shtati belgilandi. U.A.Abduganiev kumita raisi etib tayinlandi. Korakalpogiston Respublikasida, Toshkent shaxrida va viloyatlarda bojxona boshqarmalari tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 18 yanvardagi Farmoni bilan bojxona organlari vazifalari va funktsiyalari aniqlashtirilgandan keyin Bojxona kumitasi O’zbekiston Respublikasi Davlat solik kumitasining Bojxona bosh boshqarmasiga aylantirildi. S.A.Alimboev DSK raisisning urinbosari va Bojxona bosh boshqarmasi boshligi etib tayinlandi. 2024 kishidan iborat xodimlar shtati belgilandi. Korakalpogiston Respublikasi, Toshkent shaxri va viloyatlardagi bojxona boshqarmalari xizmatlarga aylantirildi. Bozor munosabatlari urnatilishi va iqtisodiy aloqalarning jadal rivojlanishi shuni takozo etdi.


Download 31.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling