104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
QADIMGI OSSURIYA DAVLATI IJTIMOIY IQTISODIY HAYOTI
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
58. QADIMGI OSSURIYA DAVLATI IJTIMOIY IQTISODIY HAYOTI. M.av. I mingyillik boshlarida Yaqin Sharqdagi ahvol. M.av. I ming yillikda temirdan keng foydalanishi natijasida Qadimgi Sharq davlatlarida iqtisodiy yuksalish, quruqlik va daryo savdo yoilarida jonlanish jarayoni kuzatilgan. Yaqin Sharqdagi davlatlar orasida yaqin iqtisodiy. madaniy, siyosiy aloqalar kuchay- tirilgan va kengaygan. Mazkur davrda Qadimgi Sharq davlatlarida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanish jarayoni notekis boigan. Bu davrga kelib Xett, Mitanni kabi podsholiklar mayda davlatlarga bo'linib, boshqa kuchli davlatlar tarkibiga kirib nom-nishonsiz yo'qolgan- lar. Bu davrda Misr, Bobil kabi davlatlar ichki va tashqi jihatdan tushkunlikka uchrab, Ossuriya kabi kuchli davlatlar ta'siriga tushib qolganlar. M.av.I ming yillikda Yaqin Sharqda Urartu, Kush, Lidiya, Midiya va Fors kabi yangi “yosh davlatlar’' tarix sahnasida pay do bo'ladilar. Frakivlar, frigiylar, kariylar, arablar ayniqsa kimmeriylar va skiflar Yaqin Sharq dunyosining an’anaviy siyosiy hayotida faol ishtirok etadilar. Yaqin Sharqdagi davlatlar o'rtasida buyuk harbiy davlat maqomini tolish uchun qizg'in kurash avj oldi. Buyuk harbiy davlati maqomiga erishishiga intilgan davlatlarning biri Ossuriya edi. M.av. 11 mingyillikdayoq Ossuriya Yaqin Sharqdagi eng yirik davlatlardan biri bo'lgan edi.Ammo yarim ko'chmanchi aramey qabilalarining Ossuriya ustiga bostirib kirishlari uning taqdiriga juda katta sal- biy ta'sir ko'rsatdi. Arameylar tomonidan Ossuriya shaharlari va qishloqlarining vayron etilishi natijasida xonavayron bo'lgan aholi tog'lik hududlarga qochib borib yashirinishga majbur bo'lgan. Aramey qabilalarining ketishlari natijasida Ossuriyaning shahar va qishloqlari vayron etilib. xo'jalikning hamma tarmoqlari izdan chiqadi. Bir vaqtlar qudratli bo'lgan Ossuriya davlati og'ir damlar- ni boshidan kechirib inqirozga yuz tutadi va harbiy jihatdan no- chor ahvolga tushib qoladi. M.av. X asrga kelib Ossuriya asta-sekin oyoqqa turib, temir qurollardan xo'jalikning hamma taiTnoqlari va harbiy maqsadlarda foydalanishi oqibatida uning xo'jaligi qayta rivoj topib, harbiy salohiyati oshdi. Ossuriya o‘zining iqtisodiy va harbiy salohityatini tiklab. mamlakatda siyosiy markazlashish ja- rayoni barqaror mustahkamlana bordi. M.av. X-VI1 asrlarda Ossuriya o‘z tarixining yangi bosqichiga Yangi Ossur podsholigi davriga qadam qo'ydi. Ossuriya o'z xo'jaligi va harbiy salohiyatini qayta tiklab olgach, qo'shni mamlakatlarga harbiy yurishlarni uyushtirish imkoni- yatiga ega bo'ldi. Ossuriyaning harbiy yurishlardan maqsadi Old Osiyodagi quruqlik va dengiz savdosi yo'l larini qo'lga kiritib, ular ustidan kuchli nazorat o'rnatish va savdo-sotiqdan tushadigan katta boylikka ega bo'lish edi. Old Osiyodagi serqatnov savdo yo'llari- ga ega bo'lish Misr, Bobil, Urartu va boshqa davlatlar siyosatining asosini tashkil etardi. Shu bois Ossuriya bu borada o'zining kuchli raqiblari mavjudligini bilar va ular bilan g'olibona urushlar olib borishi muqarrar edi. Shuningdek, urush Ossuriyaning ichki siyo- satida ham muhim ahamiyatga ega edi. G'olibona urushlar mam- lakatga katta boylik keltirish bilan birga afkor ommani mamlakat ichki ishlaridagi ijtimoiy masalalardan chalg'itardi xolos. M. av. IX asrda Ossuriyaning bosqinchilik siyosati. IX asr boshlariga kelib Ossuriya davlati kuchayib shimoliy Mesopotamiyada o'zining mavqeyini tiklab olgach tashqi bosqinchilik siyo- satini boshlab yuboradi. Ossuriyaning harbiy bosqinchilik siyosati ayniqsa Ashshurnazirpal II (m.av. 883-859) va Salamansar III (m.av. 859-824) davrida faollashadi. Ashshurnazirpal davrida ossur qo'shinlari shimoldagi Nairi qabilalari bilan g'olibona urushlar olib boradi. Bu davrda Urartu davlatining shakllanish jarayoni boshiangan edi. Ossur qo'shinlari Dajla darvosidan sharqdagi tog'li Midiya qabilalari bilan janglar olib borganlar. Ossur qo'shinlari Bobil qo'shinlari bilan olib borilgan urushlar nalijasida bobilliklarning shimoliy hududlaridagi yerlarini egallaydi. Shundan so'ng Ossur podsholari o'zlarining harbiy harakatlarini g'arbga-Sharqiy O'rtayer dengizi qirg'oqla- riga qaratadilar.Tiglatpalasar III islohotlari va Ossuriyaning uchinchi yuk- salishi. M.av. 746-745-yillarda Ossuriyada vaziyat keskinlashib. Kalxa shahrida qcf zg'olon boshlanadi. Mamlakatdagi norozilik va qo‘zg'olonlardan foydalangan harbiylar yangi sulola vakili Tiglatpalasar III ni shoh etib ko‘taradilar. Tiglatpalasar III Ossuriya taxtiga oiirgach, mamlakat kuch-qudratini mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega boTgan islohotlar o'tkazishga kirishadi. Ossuriya davlati о‘sib. kuchayib borishi bilan uning q o i ostida- gi oTkalarni ham, istilo qilingan mamlakatlarni ham puxtaroq idora qilish zaruriyati tugila borgan. Atrofdagi subariy, ossur va aramey qabilalarining yagona ossur xalqi bo Tib birgalashib qorishib keti- shi qadimiy qabilaviy va urug‘chilik aloqalarining buzilib ketishi- ga sabab boigan. Bu esa mamlakatni ma’muriy jihatdan yangidan taqsimlash zaruriyati ni keltirib chiqargan. Ossur askarlari istilo qilgan uzoq oTkalarda tez-tez qo'zg'olonlar boiib turgan. Shu sababli Tiglatpalasar III podsholik qilgan davrda katta-katta eski oikalar hududi kichikroq yangi okruglarga boiinib, ularga maxsus amaldorlar (bel-paxatilar) boshliq qilib qo‘yilgan. Davlatning be- poyon hududini idora qilish uchun podshoning “topshiriqlarini ijro qiladigan maxsus amaldorlar” (bel-pikittilari) boigan. Bu amaldorlar yordami bilan juda katta davlatning hamma idora ishlari podsho saroyida istiqornat qiluvchi mustabid shoh qoiida to'plangan. Yangi Ossur podsholigi davrida davlatni boshqarish uchun markazlashgan idora talab qilingan. Mazkur davrda Ossuriyada podsho oliy bosh ruhoniy hisoblanib, diniy marosimlarni uning o‘zi oikazgan. Podsho qabuliga kirgan amaldor-zodagonlar podshoning oyog'iga yiqilib. “yer 0‘pishlari” yoki uning oyogini o‘pishlari lozim boigan. Shuni ta'kidlash joizki, Ossur davlati juda kuchaygan davrda ham ossur podshosi har bir ishda ruhoniy-kohin- lardan maslahat soiab ish yuritgan. Tiglatpalasar III ning muhim islohotlaridan biri harbiy ishlarni qayta tashkil etishdan iborat boigan. Ilgarigi ossur podsholari mamlakatning erkak kishilaridan tuzilgan xalq lashkarlari y ordami bilan joylarda urushlar olib borar va katta-kichik qo’zg'olonlarni bostirar edilar.Tiglatpalasar III bilan Sargon II podsholik qilgan davrda harbiy islohotlar o'ikazilib. natijada Ossuriya davlatida harbiy ishlar qay- tadan qurilgan. Ossur podsholari ko'p sonli, yaxshi qurollangan va kuchli muntazam qo'shin tuzib, davlat hokimiyatining butun appa- ratini harbiy ehtiyojlargaxizmat qildirgan. Ossuriyaning ko‘p sonli qo‘shini bosib olingan oika va mamlakatning erkin aholisi bilan toidirib turilgan. Har bir viloyat boshlig'i o‘z q o i ostidagi yurtdan askar to'plab. bu askarlarga viloyat boshligining o‘zi qoinondon- lik qilgan. Mazkur davrda Ossuriyada maxsus “muntazam qo'shin” tuzilib. bu qo'shinga “podsho boiinmasi” deb nom berilgan. Bu qo‘shin isyonlarni bostirish uchun xizmat qilgan. Shuningdek, Ossuriyada podshoning shaxsiy gvardiyasi ham bo'lib, bu gvardiya podshoning “muqaddas shaxsini” qo'riqlashi lozim boigan. Yozma manbalarda 50 kishidan iborat kichik-kichik askariy boiinma- lar (kisru) boiganligi haqida ma’lumotlar bor. Ossuriya askariy qismlarida piyodalar, suvoriylar hamda jang aravasi mingan askar- lar boigan. Ossur qo‘shini tuzilmasida 200 piyoda askarga 10 ta otliq suvoriy va bitta jang aravasi mingan jangchi to‘g‘ri kelgan. Shuni aytib o'tish joizki ossur qo'shinlari tarkibida tuya mingan jangchilar ham bo'lgan. M.av. IX asrda podsholik qilgan Ashshurbanipal zamonida ossur qo‘shinlarida jang aravalari va otliq qo'shinlaridan unumli foydalanilgan. Ossur askarlarining asosiy qismi piyoda askarlardan iborat bo'lib, ular qurol-yarog' bilan yaxshi ta’minlangan. Piyoda askarlar kamonchilar, qalqonchilar, nayzabozJardan tashkil topgan edi. Qo'shinning asosiy qurol-aslahasi sovut, qalqon, dubulg‘a, ka- malak, kalta qilich va nayzalardan iborat boigan. Ossur podsholari o'z qo'shinlarini yaxshi qurollantirishga juda katta e’tibor berganlar. Sargon II ning Ashshurdagi saroyi kavlanganda arxeologlar u yerdan juda ko‘p qurol-yarogiar topishgan. Ossur qo‘shinlari o‘z davrida qal'a devorlarini buzish uchun ishlatiladigan maxsus mos- lamalarga ham ega boiganlar. Qo‘shinlar o'nlik, elliklik, yuzlik va ming kishidan iborat qismlarga boiingan. Ularning har biri ning o'z belgisi va bayroqlari boigan.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling