104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
60. QADIMGI KICHIK OSIYO TARIXI. 1829-yilda F. J.F.Shampalon tomonidan Ramzes II yozuvlari- ning o'qilishi va R.Lepsius tomonidan nashr etilishi XIX asrning 40-yillarida "Kadesh yonidagi jang” Misr-Xett tinchlik shartno- masining tuzilishi qudratli Xett davlatining mavjud boiganligini aytishga imkon berdi. 1876-yilda esa xett iyeroglif yozuvi topilgan. 1906-1907-yillar- da (hozirgi Bo‘g‘ozqoya yaqinidagi joy, Anqara yaqinida) xettlar poytaxti Xattusa xarobalari nemis ossurologi T. Vinklyer va turk arxeologi Makirdibey tomonidan qazib ochilgan. Buyodgorlikning madaniy qatlamlaridan topilgan buyumlar Xett davlati tarixi va madaniyati haqida birmuncha keng ma’lumot to'plashga imkon berdi. Topilgan buyumlar orasida mixxat (ponasimon) bilan akkad va xett tilida yozilgan katta bir arxiv topilgan. Qadimgi xett yozuv- larini o'rganishda atoqli chex olimi B. Grozniyning xizmatlari katta. U 1915—1917-yillarda xett yozuvini o‘qishga muyassar bo‘lgan. Xett yozuvlari asosan m. av. XIV asrga mansub bo'lib, mazmu- nan xett yilnomalari, podsholarning yozishmalari va Xett qonunlar majmuasidan iborat bo'lgan. Unda Xett diplomatiyasi, adabiyoti, Misr fir'avnlari, Ossur va Bobil podsholari bilan yozishmalari, shuningdek, xalqaro va har xil shartnomalar haqida qimmatli maiumotlar bor. Xett yozuvlarida xo'jalik va adabiy-dmiy testlar ham saqlanib qolgan. Kichik Osiyo to‘rt dengiz (Qora, Marmar, Egey, O‘rtayer dengizlari) bilan o‘ralib, Yevropadan Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlari bilan ajralgan. Yarim orolning sharqiy qismi Shimoliy Pont, Tavr va Anti Tavr tog‘lari bilan o‘ralgan, cho‘l yassi tog‘ligidan iborat. G‘arbiy qismida qulay buxtalar ko‘p bo‘lgan dengiz qirg‘oqlari bor. Tog‘lar daryo vodiylari bilan almashib keladi. Yarim orolda kichikroq Galis (hozirgi Qizil irmoq), Germ, Paktol daryolari mavjud. Kichik Osiyoda qayin va kedr daraxtlari mavjud. Tog‘larda oltin, kumush, qo‘rg‘o shin, mis va temir xomashyosi qadimdan qazib olingan. Qurilish xomashyolaridan marmar, tog‘ billuri, slyuda va obsidian uchraydi. Ko‘llardan tuz qazib olingan. Kichik Osiyo Yevropa va Osiyo qit’alari oralig‘ida joylashgani uchun qadimda hunarmandchilik, savdo etnik migratsiyalar va madaniy aloqalar rivojlanishida muhim rol o‘ynadi. Bir necha ming yil davomida Qora dengizning ikki bo‘g‘ozi va Kavkaz dovonlari orqali ko‘plab etnoslar Kichik Osiyoga migratsiya qildi va bu yerda o‘rnashib qolishga urindilar. Kichik Osiyoning eng qadimgi aholisi Qora dengiz bo‘g‘ozlari va Kavkaz tog‘laridan kirib kelgan xalqlar xettlarning ilk ajdodlari (nesiy lar, luviya, palay), kask yoki kashklar, mil.avv. XIV asrlarda axey lar, keyin friglar, ko‘chmanchi kimmeriylar va Kichik Osiyo ning g‘arbiy sohillarida yunonlar ko‘chib keldilar. 2. Ibtidoiy jamoa davri. Kichik Osiyoning tabiiy sharoitga mos ravishda bu yerda bir vaqtning o‘zida o‘nga yaqin madaniyatlarning mavjudligidan dalolat beradi. Kichik Osiyo paleolit davridan o‘zlashtirildi. Ilk paleolit ovchilari yarim orolni o‘zlashtirib, keyin ibtidoiy dehqonchilik bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Hozirgi Antaliya shahri yonidan mil.avv. X– IX ming yilliklarga oid g‘alla o‘roqlari tishlari topilgan. Mil.avv. VIII–VI ming yilliklarda Kichik Osiyoda paxsa uylardan iborat qo‘rg‘onlarda ovchi va dehqonlar yashaganlar ( Xojalar, Chayon, Tepa qatlamlari). Koniya tekisligida mil.avv. VII–VI ming yilliklarda Chatal- Guyuk madaniyati shakllandi. Bu yerda yuksak rivojlangan dehqonchilik madaniyati bo‘lgan. Bu madaniyatga 20 dan ortiq qo‘rg‘onlar tegishli bo‘lib, ularning eng kattasi Chatal -Guyuk edi. Chatal Guyuk manzilgohi (13 gektar)da uylar bir xil o‘lchamda, xom g‘ishtdan qurilgan. Uylarning tomi tepasida yorug‘lik tushishi uchun tuynuk ochilgan, tomdan ochilgan boshqa tuynuk kirib chiqish uchun eshik vazifasini o‘tagan. Devorga ichki va tashqi tomondan zinapoya qo‘yilgan. Chatal Guyukda bundan 14-15 ming yil oldin qurilgan ibodatxona topilgan. Bu ibodatxonani o‘troq ovchi-terimchilar qurganlar. Ularning qurollari toshdan bo‘lgan. Bu yerda bundan 12 ming yil oldin qurilgan don ombori topilgan. Chatal Guyukda 12 xil o‘simlik o‘stirilgan, echki, qo‘y boqilgan. Mis va qo‘rg‘oshindan turli buyumlar tayyorlangan. Bu yerda mavjud bo‘lgan ibodatxona yuksak injenerlik tafakkuri asosida qurilgan. Quruvchilar geologiya fanidan yaxshi xabardor bo‘lgan, ibodatxona quruvchilari richag yordamida balandligi 5 metr, og‘irligi 4 tonnalik ustunlarni ko‘targanlar, 10 tonna og‘irlikdagi ustunlarga relyef tasvirlar tushirilgan. Ibodatxonaga kiradigan darvoza tosh taxtadan bo‘lib, har bir taxtaga odam va hayvon tasvirlari tushirilgan 20 dan ortiq rel’yef tasvirlar mavjud. Ibodatxonada hayvon suyaklari juda ko‘p. Odamlar ibodatxonada bayram va marosimlar vaqtida to‘planganlar. Chatal Guyukdan 400 km uzoqlikda Shimolda joylashgan Tubekli tepaga Chatal Guyakdagi ho‘kiz, buqa tasviri ko‘chib o‘tdi. Tubekli tepa (Turkiya)dan bundan 3 ming yil oldin yasalgan haykal topilgan. Kichik Osiyo qadimdan kichik viloyatlarga bo‘lingan: Pifiya, Paflago niya, Kilikiya, Kappadokiya, Vifiniya, Likiya, Misiya, Frigiya, Lidiya va Luviya. Mil.avv. III ming yillikda Kichik Osiyoda hunarmandchilik savdo markazlari bo‘lgan shaharlar paydo bo‘ldi. Kichik Osiyoda mil.avv. III ming yillikda shahar-davlatlar mavjud bo‘lgani to‘g‘risida Anatoliyadan topilgan loy taxtacha matnlari guvohlik beradi. Matnlar savdogarlarning faoliyati mahalliy Anatoliya davlatlari hokimlari nazorati ostida bo‘lganini tasdiqlaydi. Kichik Osiyo hokimlari tranzit savdoda faol ishtirok etganlar. Hunarmandlar mahalliy mehnat qurollari, mis boltalar, tilla ko‘zalar yasaganlar. Hunarmandchilik markazlarida arxeologlar Boltiq bo‘yida uchraydigan qahrabo (yantar), Afg‘onistondan keltirilgan qimmatbaho tosh – la’l, Misrdan olib kelingan yog‘och qutichalarni topganlar. Kichik Osiyodan metall xomashyosi Suriya va Mesopotamiyaga chiqarilgan. Ilk temir xomashyosi mil.avv. XIV asrda bu yerda xettlar tomonidan kashf qi lingan. Kichik Osiyoda metallga ishlov berish, zargarlik yuqori darajada rivojlangan, xanjar, qilich va jang boltalari, metall qalpoqlar ishlab chiqarish keng tarqalgan.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling