104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
URARTU DAVLATINING TASHQI SIYOSATI
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
64. URARTU DAVLATINING TASHQI SIYOSATI. M.av. Xl-X asrlarda Van koii atrofidagi qabilalar Urartu atro- fida birlashib, Urartu podsholigini tashkil etadilar. Urartu davlatining hukmdori Aramu m.av. 864-845-yillarda podsholik qilgan. U Ossuriya podshosi Salamansar III ning Urartuga bostirib kirgan qo'shinlariga qattiq zarba bergan. Urartu podsholigining kuchayishi. M.av. 835—825-yi 11ar Sar- duri I Urartu podsholigini boshqargan. Sarduri I qo'shinlari ossur qo'shinlari ustidan bir necha bor g'alabaga erishgan. U o'zini „ Hamma podsholardan suvg 'a oluvchi ulug ‘ qudratli podsho-sha- hanshoh ", deb e'lon qilgan. Sarduri I qo'shinlari qo'shni qabilalar ustiga yurish qilib, Urartu yerlarini kengaytirgan. Sarduri I bosib olingan qabilalardan boj-xiroj olgan. U Van koii sohilida mustah- kam Tushpa shahrini barpo qilib. uni Urartu podsholigining poy- taxtiga aylantiradi.Sarduri I vafot etgach taxtga uning o’g’li Ishpuini o’tiradi. Ishpuini (m.av. 825-810-yillar) davrida Urartu podsholigi yanada kuchayadi. Van ko'li shimolidagi yerlar Urartuga qo'shib olinadi. Ishpuini qo'shinlari Urmiya ko'lining janubi-g'arbidagi Manna podsholigining yerlarini bosib olib, Ossuriyaga xavf soladilar. Urartu qo'shinlari Mannadan katta o’ljalar - qo’y, echki, qoramol, ot va ko’p sonli asirlar bilan Urartuga qaytganlar. Ishpuini vafotidan so'ng Urartu taxtiga uning o'g’li Menua o'tiradi. Menua (m. av. 810-786-yillar) davrida Urartu podsholigi kuchayadi. Menua shimolda Araks daiyosi, janubi-g'arbda Frot daryosining yuqorisidagi mamlakatlar ustiga zafarli yurishlar qiladi. O'sha vaqtdagi toshga bitilgan yozuvlarning birida “Menua mingan ot — Arsibinni 22 tir- sak - 11 metr-u 20 sm kenglikdagi jarlik ustidan sakrab o'tgan". deyiladi. Shu tufayli podsho mingan otning nomi "Arsibin” - “Bur- gut'’ bo'lgan ekan. Manbalarda Menua qo’rqmas jangchi, mashhur shoh va uzoqni ko'ruvchi dono siyosatchi kishi boiganligi hikoya qilinadi. U mamlakat mudofaasi va obodonchiligiga katta e'tibor berib, Van ko'lidan suv oluvchi 70 km. lik '’Menua kanali”ni qaz- dirgan. Menua davrida Urartu podsholigi har jihatdan gullab-yashna- gan davlatga aylangan. Argisbti I va Sarduri II lar davrlarida Urartu. Menuaning o'g'li Argishti I davrida m.av. 786-764-yillarda Urartu podsholigi yanada kuchaydi. Argishti I qo'shinlari shimolda Kolxidaga kirib borib. Araks daiyosi bo'yida Argishtixinili shahrini qurdira- di. Argishti I qo'shinlari Mannaga, Ossuriyaga hujum qilib, Diya- la daiyosi sohili va Bobil chegaralarigacha kirib boradilar. Janu- bi-g'arb tomonda Urartu qo'shinlari Frot daryosining yuqorisidagi mamlakatlar. shuningdek, Suriyagacha kirib boradi. Argishti I harbiy yurishlari davrida juda ko'p boylik, chorva va 280000 erkak, ayol va bolalardan iborat asirlarni mamlakatga olib keladi. 1 Argishti I vafotidan so'ng Urartu taxtiga Sarduri II o'tiradi. Sarduri II davrida (M. av. 764-735-yillar ) Urartu podsholigi yanada mustahkamlanadi. U harbiy islohot o'tkazib, ixtisoslashgan qo'shinni kuchaytiradi. Urartu qo'shinlari shimolda Eriax mamlakatini bosib olib, g'arbda Shimoliy Suriyaga kirib boradilar. Qo'shin janubda Ossuriya qo‘shinlariga qaqshatqich zarbalar beradi. Sarduri 11 davrining birinehi yarmida Urartu Old Osiyodagi eng qudratli davlat boiib qoladi. Urartu podsholigining kuchsizlanishi va parchalanishi. M. av. VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Ossuriya podsholigi kuchayadi. Urartu o'zini Ossurivadan himoya qilish uchun Shimoliy Suriya va Kichik Osiyoning sharqidagi katta-kichik davlatlar bilan ittifoq tuzadi. M.av. 743-yili Ossur podshosi Tiglatpalasar III Suriyaning Arpada shahri yaqinidagi mudhish jangda Sarduri II va uning ittifoqchilari ustidan g'alaba qozonadi. Sarduri II Urartuga chekinishga majbur boiadi. M.av. 735-yili Ossuriya qo'shinlari Urartuga bostirib kirib. Sarduri II qo'shiniarini yana yengadi. Shu yili Sarduri II vafot etib, taxtga o'g'li Rusa I o'tiradi. Rusa I m.av. 735-712-yillarda Urartu podsholigini boshqaradi. Rusa I podsholigining dastlabki davrida mamlakatda ichki g'alayonlar boshlanadi. U Kavkazorti va Sevan atrolida qo'zg'olon ko'targan 23 ta podsholik ustidan g'alaba qo- zonadi. M.av. 714-yili Ossur podshosi Sargon II Urartu ustiga yana qo'shin tortadi. Urmiya koii yaqinidagi jangda Sargon II qo'shinlari Urartu qo'shinlari ustidan g'alaba qozonadi. Ular shahar va qishloqlarni vayron etlib, katta boylik bilan Urartuga bostirib kirib uni ham vayron qiladilar. Bu xabarni eshitgan Rusa 1 o'zini o'zi oidiradi. Rusa I vafotidan keyin taxtga Rusa II o'tiradi. Bu davrda Urartu o'z mustaqilligini saqlab qolgan boisa ham. avvalgi shon-shuhratini boy bergan edi. Shu davrda Urartu podsholari Os- suriya bilan yaxshi munosabat o'rnatishga harakat qilganlar. Shu davrda Urartuga shimoldan kimmeriylar va skiflar bostirib kirib, mamlakatni xonavayron qilganlar. Sharqdan Midiya qo'shinlari hujum boshlab, Urartuni bosib olgan. Shunday qilib ichki g'alayonlar. qo'shni davlatlar va qabilalaming hujumlari natijasida I Irartu davlati kuchsizlanib, barham topib, so'ngra mayda davlat- larga bo'linib ketadi
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling