104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet72/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

72. XAN SULOLASI TASHQI SIYOSATI. Xan podsholigi tashkil topib, o‘zini tiklab olgach, podsholar qo'shni mamlakatlarni istilo qilishga kirishganlar. M.av. 200-yilda Lyu Ban-Gao-Szu o'z qo'shinlari bilan xunnlar ustiga bostirib borgan. Uining qo'shinlari xunnlardan mag‘lubiyatga uchragan. Gao-Szuning o‘zi asirga tushib, asirlikdan mo'jiza tufayli qochib qutulgan. Xan saltanati- ning eng kuchaygan davri U-Di podsholik qilgan m.av. 140-87-yil- lardir. Bu davr Xitoy tarixida “Oltin asr” nomi bilan mashhur. U-Di davrida mahalliy aslzodalarning huquqlari biroz cheklanib, saltanat amaldorlari ustidan nazorat kuchaytirilgan. Xunnlarga qarshi kurashda o‘ziga ittifoqchilar topish uchun Xan podshosi U-Di m. av. 138-vili Chjan Syan boshliq o‘z elchilarini O rta Osiyo va Hindistonga yuborgan. Chjan Syan m. av. 138-125-yillarda Qang‘, Yuechji, Kushon, Dovon va Baqtriya hukmdorlari huzurida bo'lgan. U bu davlat rahbarlarini Xitoy bilan ittifoq bo'lib xun- nlarga qarshi kurashga ko'ndira olmagan. Ammo u O'rta Osiyo va Hindiston xalqlari haqida juda ko'p ma'lumot to'plab kelgan. Shu davrdan boshlab Xitoyning O'rta Osiyo bilan aloqasi kucha- yib, “Buyuk ipak yo‘li” ga asos solingan. M.av. 115-yilda Ch- jan Syan o‘zi kashf etgan bu yo'ldan O’rta Osiyoga yana bir bor kelgan. U Issiqko‘1 sohilida qarorgoh qurib, O'rta Osiyo, Parfiya, Kushonlar mamlakati va Hindistonga o‘z ayg‘oqchilarim yubor- gan. Ayg‘oqchilar esa Chjan Syanga bu mamlakatlar haqida ma’lu- motlar yuborib turgan. U-Di ko'p sonli otliq qo'shinga tayanib m. av. 127-119-yillar- dagi bo'lgan urushlarda xunnlarni yengib. dastlabki g'alabaga erishgan. U-Di davrida Xan qo'shinlari janubi-sharqiy Xitoydagi ko'p viloyatlami bosib olgan. M.av. 130—111 -yillar orasida U-Di janubi-g'arbdagi varvarlar ustiga ikki marta qo'shin yuborgan. Xan qo'shinlari Hindistonga yo'l topolmasalar ham Yanszi daryosining yuqori oqimidagi joylar podsholikka qo'shib olingan. M.av. 109-yili Xan qo'shinlari Koreya yarimoroliga ham bostirib kirib, Choson mamlakatini qo'shib olgan. M.av. 104-101- yili U-Di qo'shinlari Dovon mamlakatiga o'tib, uning shaharlari- dan biri Ershini qamal qilgan. Xitoyliklar Dovondan "qon bilan terlaydigan osmon otlarini ” olib qaytganlar. M.av. II asr o'rtalaridan I asr boshlaiigacha bo'lgan davr ichida Xan qo'shinlari zafarli yurishlar uyushtirib saltanat chegaralarini ancha kengaytirganlar. U-Di davrida Xan podsholigi Sharqiy Osiyodagi eng kuchli davlatiardan biri bo'lib qolgan. Xitoyda dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik va savdo-sotiq ancha taraqqiy etgan. Bu davr- da Xitoy savdogarlari Turon, Janubi-Sharqiy Osiyo, Janubiy Osiyo va boshqa mamlakatlar bilan qizg'in savdo-sotiq ishlarini olib bor- ganlar. Xan imperiyasi Mode boshchiligida kuchayib ketgan xunnlarga qarshi turli diplomatik o‘yinlarni olib bordi. Xitoy xunn qabila, urug‘lari o‘rtasida nizolar keltirib chiqarish, qo‘shni qabila-etnik birliklarni xunnlarga qarshi qo‘yish yo‘liga o‘tdi. Imperator U-di chaqqon harakat qiladigan otliq qismlarini tuzdi, xunnlarning jang taktikasini o‘rgandi. Mil.avv. 127–119-yillardagi Xitoy qo‘shinining xunnlarga qarshi yurishlari g‘alaba bilan tugadi. Xunnlar xitoy devori atrofidagi hududlardan siqib chiqarildi. Xunnlar bilan urush yillarida Xitoy hozirgi Sinszyan (Sharqiy Turkiston) va O‘rta Osiyo bilan ilk aloqalarni o‘rnatdi. U-di mil.avv. 139-yilda o‘z elchisi Chjan Syanni O‘rta Osiyo («G‘arbiy o‘lka»)ga yuborgan. Elchi 10 yildan so‘ng Xitoyga qaytib keladi. Xitoyliklar Farg‘ona, Baqtriya va Parfiya to‘g‘risida bilimga ega bo‘ldilar va bu mamlakatlar bilan aloqa o‘rnatdilar. Ana shu vaqtda Xitoy O‘rta Osiyodan uzum, poliz ekinlari, musiqa asboblari, idish-tovoqlarni o‘zlashtirib oldi. Xitoy Hindistonga boradigan yo‘lda Yuanyan va Sichuanni mil. avv. 109-yil Koreya yarim orolidagi Choson davlatini bosib oldi. Imperator U-dining hukmdorlik yillari qadimgi Xitoy tarixida «oltin davr» hisoblanadi. Xan davrida qullarning soni oshdi. Xususiy, davlat qullari, qarz uchun qul qilingan qullar mavjud edi. Manbalar bu davrdagi yirik quldor xo‘jaliklari, qul bozorlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Mil.avv. II–I asrlarda xalqning iqtisodiy ahvoli yanada og‘irlashdi. Yer va boshqa boyliklar oldi-sotdisi keng tus oldi. Qarzi uchun o‘zi va oila a’zolarini qul qilish yanada rivojlandi. Yer katta yer egalari qo‘lida to‘plana boshladi. Qaram dehqonlar ko‘paydi. Yer ijara haqi juda yuqorilab ketdi. Yollanma mehnat keng tarqaldi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling