104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
MISR IQTISODIYOTIDA NIL DARYOSINING O`RNI
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
75. MISR IQTISODIYOTIDA NIL DARYOSINING O`RNI. Qadimgi Misr deb Nil daryosining birinchi ostonasidan boshlab, keng Nil deltasini hosil qilgan tor Nil vodiysiga (kengligi 1 km dan 20 km gacha) aytiladi. Tor Nil vodiysi Yuqori Misr, deltaning quyi qismidagi viloyat Quyi Misr deb atalgan («Yegipet» nomi yunoncha, Misr poytaxti Memfis misrcha «Xekau-Ptax» yoki «xikupta» – «xudo Ptaxning ruhi qal’asi» ma’nosini bildiradigan so‘zdan kelib chiqqan). Qadimda misrliklar o‘z mamlakatlarini Nil vodiysining haydalgan qora tuproqli yeriga qarab, Kemet – «qora yer» deb ataganlar. Misr Afrika qit’asining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Suvaysh bo‘yni orqali Misr Old Osiyoning madaniy markazlari bilan bog‘langan. Misr Nil daryosi orqali Tropik Afrika va O‘rtayer dengiziga tutashgan. Gerodot «Misr – Nilning sovg‘asi» – deb ta’riflaydi. Chunki Nil daryosi hosildorlik manbai, aholining xo‘jalik faoliyatini asosi bo‘lib, Misr iqtisodiy hayotida yetakchi o‘rin tutgan. Nil daryosida har yil 19-iyunda toshqin ko‘tarilgan. Bu toshqin sentabr o‘rtalarigacha davom etgan. Noyabrda daryo o‘z o‘zaniga tushgan. Ekilgan yer aprel-mayda hosil keltirgan. Nil daryosi Misr iqtisodiyotining asosi bo‘lgan dehqonchilikda muhim o‘rin tutgan. Mo‘l-ko‘l hosil sun’iy sug‘orish asosida olingan. Yuqori Misrda asosan donli ekinlar yetishtirilib, ular ning bir qismi Nil daryosi bo‘ylab shimolga jo‘natilgan. Katta suv ombori qurilib, kanal bilan Nil daryosiga qo‘shildi. Fayum vohasida tarmoqlangan sug‘orish tizimi barpo qilindi.VI sulola davrida (XXIV–XXIII asrlar) nom va xizmatdagi zodagonlarning mavqei oshib bordi. Ularning ko‘pchiligi immunitet (soliq majburiyatlaridan ozodlik) yorlig‘ini oldilar. Markaziy hokimiyatning qudrati zaiflashdi, lekin mahalliy hokimiyat – nomlarning hokimlari katta moddiy boyliklarga ega bo‘ldilar. Nil daryosining suvi pasaydi. Suv tanqisligi natijasida hosil kamayishi ochlik va oxir-oqibatda, ijtimoiy norozilikning kuchayishi va davlatning yemirilishiga olib keldi. Oqibatda VI suloladan so‘ng Misrda (mil.avv. XXIII asr o‘rtalari) markaziy hokimiyat zaiflashib, mamlakat bir-biriga dushman nomlarga bo‘linib ketdi. MISRDA Nil daryosining sharqiy qismida Ramzes II yangi poytaxt Per-Ramzes shahrini qurgan. Uning merosxo‘rlari davrida ichki va tashqi siyosatda kuchli ziddiyatlar yuzaga kelgan. Nil vodiysida uzumchilik, asalchilik va bog‘dorchilik gullab-yashnagan. Yangi podsholik davrida Misr iqtisodiyotida dehqonchilik va chorvachilik yetakchi soha sifatida mahsulotni ko‘plab yetkazib bergan. Nil daryosining toshib ketishi ustidan muntazam nazorat o‘rnatilganNil daryosining birinchi ostonasidan janub tomondagi o‘lkalarda azaldan nubiyaliklar yashab kelganlarFir’avn Nexo davrida Nil daryosini Qizil dengiz bilan tutashtiradigan kanal qurish yuzasidan katta ishlar olib boriladi. Bu kanal qurilishi bilan Misrdan Nubiyaga va hatto undan uzoqdagi Puntga to‘g‘ri boradigan suv yo‘li ochilar edi. Gerodot ma’lumotiga ko‘ra, Nexoning buyrug‘i bilan finikiyalik dengizchilar kemada Afrika qirg‘oqlarini aylanib chiqqanlar. Xo‘jalik hayotida Nil daryosining yetakchi o‘rni, dengizdan uzoqlik, Nilni o‘rab turgan jonsiz sahro, qumli bo‘ronlari, jazirama issig‘i, yirtqich hayvonlari bilan qadimgi Misr dunyoqarashi va diniy e’tiqodi, qadriyatlarining butun tizimi xususiyatini belgiladiMisr shahar va qishloqlari Nil daryosi sohillarida barpo qilingan. Misr kalendari osmon jismlari va Nil daryosining mavsumiy o‘zgarishi asosida tuzilib, yil uch mavsum, har mavsum to‘rt oyga bo‘lingan.
Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling