104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet74/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

74. XITOY XUNN MUNOSABATLARI. Xitoy azaldan o‘zining shimoliy qoshnisi xunnlar bilan yaqin aloqada bo‘lishga majbur bo‘lgan. Mil.avv. 214-yilda Sin Shi Xuandining 300 ming kishilik qo‘shini xunnlarga qarshi urushib, ularni Inshan tog‘ etaklari va Xuanxe daryosi vodiysidagi o‘tloq yaylovlardan mahrum qildi. Shimoliy chegaralarni xunnlardan himoya qilish uchun Xitoy devorini bunyod qildi. Ammo Xitoyning bu g‘alabasi vaqtinchalik edi. Mil.avv. 200-yilda xunnlar xitoy qo‘shinlarini to‘la yanchib tashlab, imperiyani «Tinchlik va qon-qarindoshlik» shartnomasini imzolashga majbur qildilar. Shartnomaga ko‘ra xunnlar hukmdori xitoy malikasiga uylanishi va har yili xitoyliklar sovg‘a-salom (o‘lpon) jo‘natishlari kelishib olindi. Xan imperiyasi Mode boshchiligida kuchayib ketgan xunnlarga qarshi turli diplomatik o‘yinlarni olib bordi. Xitoy xunn qabila, urug‘lari o‘rtasida nizolar keltirib chiqarish, qo‘shni qabila-etnik birliklarni xunnlarga qarshi qo‘yish yo‘liga o‘tdi. Imperator U-di chaqqon harakat qiladigan otliq qismlarini tuzdi, xunnlarning jang taktikasini o‘rgandi. Mil.avv. 127–119-yillardagi Xitoy qo‘shinining xunnlarga qarshi yurishlari g‘alaba bilan tugadi. Xunnlar xitoy devori atrofidagi hududlardan siqib chiqarildi. Xunnlar bilan urush yillarida Xitoy hozirgi Sinszyan (Sharqiy Turkiston) va O‘rta Osiyo bilan ilk aloqalarni o‘rnatdi. U-di mil.avv. 139-yilda o‘z elchisi Chjan Syanni O‘rta Osiyo («G‘arbiy o‘lka»)ga yuborgan. Elchi 10 yildan so‘ng Xitoyga qaytib keladi. Xitoyliklar Farg‘ona, Baqtriya va Parfiya to‘g‘risida bilimga ega bo‘ldilar va bu mamlakatlar bilan aloqa o‘rnatdilar. Ana shu vaqtda Xitoy O‘rta Osiyodan uzum, poliz ekinlari, musiqa asboblari, idish-tovoqlarni o‘zlashtirib oldi. Xitoy Hindistonga boradigan yo‘lda Yuanyan va Sichuanni mil. avv. 109-yil Koreya yarim orolidagi Choson davlatini bosib oldi. Imperator U-dining hukmdorlik yillari qadimgi Xitoy tarixida «oltin davr» hisoblanadi. Xan davrida qullarning soni oshdi. Xususiy, davlat qullari, qarz uchun qul qilingan qullar mavjud edi. Manbalar bu davrdagi yirik quldor xo‘jaliklari, qul bozorlari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Mil.avv. II–I asrlarda xalqning iqtisodiy ahvoli yanada og‘irlashdi. Yer va boshqa boyliklar oldi-sotdisi keng tus oldi. Qarzi uchun o‘zi va oila a’zolarini qul qilish yanada rivojlandi. Yer katta yer egalari qo‘lida to‘plana boshladi. Qaram dehqonlar ko‘paydi. Yer ijara haqi juda yuqorilab ketdi. Yollanma mehnat keng tarqaldi. Milodiy birinchi yillarda yirik amaldor Van Man imperator hokimiyatiga ega bo‘lib, yer egaligi va quldorlik munosabatlarida islohot o‘tkazdi. Bu vaqtda dehqonlarning yersizlanishi kuchayib, katta-katta yer maydonlari boy zodagonlar qo‘lida to‘planib qolgan edi. Van Man barcha yerlarni imperator mulki deb e’lon qilib, yer sotishni taqiqladi. Qul savdosi ham taqiqlandi. Ammo bu islohotlar amalga oshmadi. Shandun viloyatida milodiy 18-yilda «Qizilqoshlilar» xalq harakati boshlanib, poytaxt Chanyan egallanib, Van Man o‘ldirildi. Hukmron tabaqa xalq harakatini uyushmaganidan foydalanib, tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. Xan sulolasining kichik vakili Guan Udini (mil. 25–57-yil) imperator deb e’lon qildi. «Qizilqoshlilar» qo‘zg‘oloni 29-yil bostirildi, yangi imperator qullarni tamg‘alash, qulni xo‘jayin tomonidan o‘ldirilishini taqiqlovchi qonunlarni e’lon qildi, qulchilikni cheklovchi, xalqning ahvolini yengillashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirdi. Shimoliy Ve’tnamda opa-singil boshchiligida Xitoyga qarshi xalq ozodlik harakati boshlanib, bu harakat 44-yilda zo‘rg‘a bostirildi. Xunn davlati hukmdori Mode dun-xu, yueji, usun va qirg‘izlar (gyangun)ni bo‘ysundirdi. Keyin esa Xitoyga bostirib kirib, imperator Lyu Banni o‘lpon to‘lashga majbur qildi. Mil.avv. I asrda Xitoyning makkor diplomatiyasi xunnlar orasiga nifoq soilishga erishdi. Oqibatda, xunn davlati parchalanib, davlat boshlig‘i Shanyuning hokimiyati o‘ta zaiflashdi. Paytdan foydalangan Xitoy xunnlarga qarshi qo‘shin tortdi va ularni Xitoyga qaram qildi (mil.avv. 51-yil). Milodiy I asr boshlarida Xitoy zaiflashdi. Xunnlar o‘z mustaqilligini qayta tikladilar. Lekin Xitoy yana xunnlar orasiga nifoq urug‘ini sochib, milodiy 48-yilda sakkizta xunn urug‘ini o‘ziga qaram qildi. Xan davlati xunnlarni to‘la zaiflashtirish va davlat sifatida yo‘q qilish siyosatini davomiy olib bordi. Xunnlar janubiy va shimoliy qismlarga bo‘linib ketdilar. Milodiy III asr boshlarida o‘zlarining shimoliy urug‘doshlari bilan birga 304-yilda Lyu-Xann (304–318-yillar) imperiyasini tashkil etdilar va Katta Chjao, Kichik Chjao podsholiklarga bo‘linib ketdilar. Kichik Chjao 329-yil Katta Chjao davlati va shimoliy Xitoyni bo‘ysundirdilar. Lekin xunn hukmdori asrandi o‘g‘il qilib olgan Xitoy lashkarboshisi Jan Min 350-yilda hokimiyatni bosib oldi. U kichik Chjao davlatidagi barcha xunnlarni qirib tashlashga buyruq berdi. Faqat Ordosda va Nanshan (hozirgi Gansu provinsiyasi)da yashagan xunnlar tirik qoldi. I asrning ikkinchi yarmidan Xitoy Rim bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi. Birma va Assam orqali Hindiston bilan, Koreya orqali Yaponiya bilan aloqa o‘rnatildi. Bu vaqtda Xitoyda 68 mln kishi yashagan edi, bu butun dunyo aholisining 15 qismini tashkil etar edi. III asrdan Xitoyda tushkunlik boshlandi. Dehqonlarning yersizlanishi kuchaydi, pul-tovar xo‘jaligi zaiflashdi, pul-tanga iste’moldan chiqib, natural mahsulot ayirboshlash keng tus oldi. Iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy tushkunlik oqibatida 184-yilda «Sariq belbog‘lilar» deb nomlangan kuchli xalq harakati boshlandi. Harakat 10 yil davomida sehrgar-tabib Chjan Syao tomonidan tayyorlangan edi. Harakat davlat hokimiyati binolarini buzib tashladi, amaldorlarni o‘ldirdi. Mulkdor tabaqalar bu harakatga qarshi birlashib, zo‘rg‘a bostirdilar, xalq harakati bostirilgach, g‘oliblar hokimiyat uchun o‘zaro kurash boshladilar. Natijada Xann imperiyasi 220-yil uch mustaqil podsholik: Vey, Shu va U davlatlariga bo‘linib ketdi. Bu davr San-Go-uch podsholik davri deb ataladi (220–280-yillar). Vey davlati shimoliy-g‘arbiy va markaziy Xitoy hamda hozirgi Dunbeyning janubiy qismini, U davlati Xitoyning janubi, janubi-sharqiy qismini egalladi. Shu davlati janubi-g‘arbiy Xitoy, qisman Shansi va Xubey hududlarini egalladi. Shu davlati qirq uch yil yashadi, 263-yilda Vey davlatiga qo‘shib olindi. Vey davlatida hokimiyatni sarkarda Sima Yan bosib olib, Szin sulolasiga (265–420-yillar) asos soldi. U davlati 280-yilda bu sulola tomonidan bosib olindi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling