104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


QADIMGI MISR GIKSOSLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA


Download 188.27 Kb.
bet82/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

83. QADIMGI MISR GIKSOSLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA. M.av. XVIII asr o'rta- tariga kelib Misr podsholigi zaiflashib, bir nechta mayda nomlarga bo'linib ketadi. Misrning zaiflashib ketganligidan foydalanib gik- sostar ham Quyi Misr yerlariga kirib keladi. Ular dastlab mayda podsholarga xizmatga kirib, xizmatlari evaziga yer-mulklar oladilar va katta-katta viloyatlarni boshqara boshlaydilar. Dastlab giksoslar mamlakatga tinchlik bilan kirib kelib joylashgan. Keyinchalik esa Quyi Misrni butunlay bosib olganlar. Ular Quyi Misrda o'rnashib olganlaridan keyin. Nil daryosi tarmog'ining sharqiy qismida Ava- ris shahrini barpo etib, uni poytaxtga aylantirganlar. Ular shu sha- hardan turib mamlakatni boshqarishgan. Giksoslar Misrga kirib kelar ekanlar misrliklar madaniyati va xo'jaligida erishgan yu- tuqlaridan foydalanganlar. Giksoslar misrliklardan ko'p narsalarni o'rgangan. Ayni paytda ular Misrga otliq qo'shin va ot qo'shilgan ikki g'ildirakli jang aravalarini ham olib kelgan. Giksoslar kelgunicha misrliklar otni ham, ot qo'shilgan jang aravalarini ham bilmas edilar. Giksoslarning kirib kelishi munosabati bilan Misrda yilqichilikka katta e'tibor berilgan. Misr yaylovlarida uyur-uyur yilqilar, qulunlar boqilib, parvarish qilingan. Keyinchalik esa misrliklar giksoslarning ot qo'shilgan jang aravalarini ham o'zlashtirganlar. Giksoslar Misrda m. av. 1710-yildan to 1584-yilgacha qariyb 130-yil hukmronlik qilgan. Shu yillar davomida 15-16-sulolaga mansub podsholar giksoslardan edi. Giksos podsholari Avarisdan turib mamlakatni boshqargan. Ammo Misr janubidagi Fiva nomi o'z mustaqilligini saqlab qolgan. Giksos podshosi Xian davrida podsholik kuchayadi. Shu davrda Falastinning katta qismi, Krit oroli va boshqa joylar giksoslarga itoat etib boj to'lar edi. Xian davrida Misrda dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik sezilarli darajada rivojlanadi. Bu davrda savdo-sotiq ancha ravnaq topadi. Misr savdogarlari Krit oroli. Suriya, Falastin,O'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi shahar-davlatlar bilan qizg'in savdo ishlarini olib boradilar. Xian vafotidan so'ng giksoslar davlati zaiflasha boshlaydi va tushkunlikka yuz tutadi. Misrdan giksoslarning quvib ehiqarilishi. M. av. XVI asr boshlarida Misrda ozodlik, mustaqillik uchun kurash boshlanadi. Mustaqillik uchun kurashga 17-sulolaga mansub Fiva podsholari boshchilik qiladi. Bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi Fiva podshosi Kamesu davrida kuchayadi. Kamesu mamlakatdagi amal- dorlami saroyiga chaqirib. ularga giksoslarni Misrdan haydash vaqti yetganligini tushuntiradi. U amaldorlar oldida nutq so'zlab, oxirida "Mening maqsadim Mismi bosqinchilardan qutqarish va osiyoliklarni yer bilan yakson qilishdir”, deb xitob qiladi. Kamesu boshlagan kurash ozodlik urushiga aylanadi. Og'ir janglardan so'ng Misr qo'shinlari giksoslar ustidan g'alaba qo- zonadi. Ozodlik uchun bo'lgan janglar vaqtida Kamesu juda ko'p tan jarohati oladi. O'sha vaqtdagi solnomalarda Kamesu Misrni giksoslar zulmidan ozod qilish uchun kurash olib borgan qahramon sifatida madli etiladi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling