104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet80/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

81. QADIMGI HINDISTONDA DIN. Qadimgi Hindistonda juda ko'p urug\ qabila va elatlar yashagan. Ularning xo'jaligi, turmush tarzi har xil boiganli- gi uchun diniy e'tiqodlari ham turlicha boigan. Hindistonda yashagan aholi hayotida tabiat hodisalariga, ajdodlari ruhiga, tog'-tosh- larga, hayvonlarga, suv va daraxtlarga siginish uzoq davom etgan. Ularda oy. quyosh va olovga siginish keng tarqalgan edi. Hindlar Agni olov, Indra momaqaldiroq, Aditinani esa hosildorlik xudosi deb bilganlar. Hindistonda diniy e'tiqodlaming kelib chiqishi ham boshqa xalqlar kabi ularning turmush tarzi va xo'jaligi bilan bog'liq bo'lgan. Davlatlar vujudga kelishi munosabati bilan Hindistonning ko'p joylarida braxman dini keng yoyilgan. Bu din m.av. IX-VIII asrda vujudga kelib, uning xudosi Braxma boigan. Bu dinning ruhoniy- lari braxmanlar deyilgan. Ularning taiim oti bo'yicha Braxma olam va odamning yaratuvchisi hisoblangan. Aditinani “hamma- ning onasi”, “hamma narsaning mohiyati", “abadiyat”, "varatiigan va yaratuvchi” kabi nomlar bilan ulugiaganlar. Dastlab momaqaldiroq, hosildorlik xudosi hisoblangan Indra keyinchalik hokim, hukmdor va podsholar homiysiga aylangan. Indra so'zining o'zi ham podsho, hokim, hukmdor kabi ma’noni anglata boshlagan. Hindistondagi diniy e’tiqodlardan yana biri buddizm boigan. Bu din m.av. VIII-VI asrlarda vujudga kelgan. Dinning asoschisi shahzoda Siddhartha Gautama boigan. U Budda- „Ma’ri- fatparvar” laqabi bilan o'z taiim otini mamlakat bo'ylab 40 yil davomida targ'ib qilgan. U braxman xilidagi kasta-tabaqalarga boiinishni qoralab, jamiyatdagi barcha kishilar xudo oldida teng huquqqa egadirlar. deb ta’lim bergan. Keyinchalik buddiylik davlat dini darajasiga ko‘tarilib, aw al Turonning janubiy hududlari, keyin Xitoy va Markaziy Osiyoga yoyiladi. Shuni ham aytib oiish joizki, Qadimgi Hindistonda zardushtiylik dinining an’analari ham saqlanib qolgan va hozir ham ular hududning g'arbida faoliyat ko'rsatar ekanlar. Shunday qilib, Qadimgi Hindiston xalqlari o'zlariga xos boy madaniyat yaratganlar. Keyinchalik hind madaniyatidan janon xalqlari bahra olganlar. Hindistonda keyingi vaqtda olib borilgan arxeologik va ilmiy tadqiqotlar ba’zi g'arb olimlarining hindlar hech qanday madaniyat yaratmaganlar degan fikrlarini chippakka chiqardi. Ta'bir joiz boisa. hind xalqlari ilm-fanning ba’zi sohala- rida yevropaliklardan o'tib ketishgan. Mil.avv. VI asrda Hindistonda yangi budda e’tiqodi shakllandi. Bir necha asr o‘tgach, buddaviylik butun dunyoga tarqalib, uch dunyo dinining biriga aylandi. Sidd xartxa (mil.avv. 566–486-yillar) Shakyamuni («Shak’ya urug‘idan tarki dunyo qilgan») budda dinining asoschisi bo‘lgan. U Lumbuni (Nepal) hududda kshatriy oilasida tug‘iladi. Siddxartxa 29 yoshida bu dunyo ne’matlaridan voz kechadi. U 7 yildan so‘ng Varanasi shahari yonida o‘z mustaqil targ‘ibotini boshlaydi va keyin esa 40 yil Gang daryosi havzasida daydib, o‘z ta’limotini targ‘ib qiladi. U Sarnatxada (Banoras shahri yonida) ilohiy nur olib, Budda («nurlangan») nomini oldi. Hayot bu azob, hayot yerda yashash, uning lazzatlaridan bahramand bo‘lish istagida paydo bo‘ladi. Istaklardan xoli bo‘lish 8 yo‘l: to‘g‘ri qarashlarga ega bo‘lish, to‘g‘ri fikrlar, to‘g‘ri o‘zini tutish, to‘g‘ri harakat, to‘g‘ri so‘z, to‘g‘ri fikrlar namunasi, to‘g‘ri xotira, to‘g‘ri turmush tarzi, to‘g‘ri o‘zligiga kirishga intilish lozim. Budda dini insonning axloqiga jiddiy e’tibor berdi. Budda o‘z ta’limoti bilan bevosita xalqqa maydon va bozorlarda tushunarsiz sanskritda emas, balki xalqning oddiy tilida murojaat qildi. U o‘z ta’limotini brahma ta’limotiga qarshi qo‘yib, yerdagi barcha odamlar tengligini targ‘ib qildi. Bir-birini og‘irini yengil qilish, yovuzlikka qarshi turishni aytdi. Gunoh qilgan odam uchun og‘ir jazolar kerak emas, u qalban chuqur tavba qilishi lozim. Buddani oddiy xalq qo‘llab-quvvatladi, uni Veshnaning bir qiyofasi deb tushundi.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling