4-Mavzu: Matematik savodxonlikni baholash
1. Matematika fanidan PISA tadqiqotlari topshiriqlarini baholashning
o‘ziga xos xususiyatlari
2. Matematik savodxonlikni baholash mezonlari
3. PISA topshiriqlaridan namunalar va ularning tahlili
4. PISA tadqiqotlariga o‘quvchilarni tayyorlash bo‘yicha yo‘l-
yo‘riqlar va uslubiy tavsiyalar
Matematika fanidan PISA tadqiqotlari topshiriqlarini baholashning
o‘ziga xos xususiyatlari
Matematik savodxonlik ta’rifiga ko‘ra
baholash topshiriqlari mazmuni,
ular qaysi
vosita asosida tuzilmasin, kontekstda ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Topshiriqlar
yordamida 15 yoshli o‘quvchilarning tegishli darajada
matematikaga oid muhim
tushuncha, bilim va ko‘nikmalarni qo‘llashi (matematik mazmunni bilishi)
baholanadi.
Matematik savodxonlikni baholash topshiriqlari yoki matematik mulohaza
yuritish yoki matematik masalani yechish bilan bog‘liq bo‘lgan
uchta jarayon
(ifodalash, qo‘llash, talqin qilish/baholash) ga doir bo‘lishi mumkin. Topshiriqlar
shunday tuziladiki, ularda bir tomondan, real hayordagi real vaziyat va
matematik
hayotdagi matematik masala o‘rtasida aloqa o‘rnatadigan jarayon (ifodalash va
talqin qilish/baholash) lar va ikkinchi tomondan matematik masala bilan ishlashga
undaydigan mulohaza yuritish va qo‘llash jarayoni o‘rtasida muvozanat saqlanadi.
Shuni ham aytib o‘tish joizki, topshiriq uchta faoliyat turi (ifodalash, qo‘llash va
talqin qilish/baholash) ning faqat bittasiga
tegishli deb qaralsada, matematik
mulohaza yuritishni bu jarayonlarning har birida ham kuzatish mumkin.