Mavzu: Amir Temur va Temuriylar davrida yer suv munosabatlari
Reja:
Kirish………………………………………………………………………..2
1-bob.Amir Temur davrida, yer egaligi va soliq tizimlari…………….…5
1.1 Amir temur saltanatida ijtimoiy−iqtisodiy va madaniy hayot …………..5
1.2 Amir Temur saltanatida agrar islohotlar………………………………...12
2-bob. II bob. Temuriylar davrida yer egaligi munosabatlari…………..21
2.1. Temuriylar hukumronligi davrida agrar sohadagi o’zgarishlar………..21
2.2 Temriylar davrida dehqonchilik va chorvachilikning o’ziga hos xususiyatlari……………………………………………………………………….25
Xulosa…………………………………………………………...…………32
Foydalanilgan adobiyotlar……………………………………………..…33
Kirish
“Soxibqiron Amir Temur xaqida aloxida to’xtalishimiz tabiydir. Chunki 3 tengsiz azmu shijoati mardlik va donishmandlik ramzi bo’lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o’zidan xam amaliy, xam nazariy meros qodirdi, ilmu – fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va manaviyat rivojiga keng yo’l ochdi. Shaxsan men “Temur tuzuklari”ni xar gal o’qir ekanman, xuddiki o’zimga qandaydir ruxiy kuch- quvvat olgandek bo’laman. O’z ish faoliyatimda bu kitobga takror-takror murojaat qilib, undagi xech qachon eskirmaydigan, inson manaviyati uchun bugun xam oziq bo’ladigan xikmatli fikrlarining qanchalik xayotiy ekaniga ko’p bor ishonch xosil qilganman.”
Mavzuning dolzarbligi. Markaziy Osiyo mintaqasining o’ziga xos o’tmishi, uning hududida ko’plab davlat birlashmalarining, xususan, buyuk Amir Temur saltanatining tashkil topishi va taraqqiy etganligi, bu yerda sodir bo’lgan jarayonlarning jahon tarixidagi ahamiyati turli mamlakat tarixchilarining katta qiziqishiga sabab bo’lmoqda.
Bugungi kunda tarixiy meros, tarixiy xotiraning qayta tiklanishi nafaqat
O‟zbekiston Respublikasi rahbariyati va tarixchilarining, shu bilan birga keng jamoatchilikning diqqat e‟tiborida bo„lib kelmoqda. Bu esa, O‟zbekiston Prezidenti
I.A. Karimov tomonidan bir necha marta ta‟kidlangan1 va O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlari2 bilan belgilanishi tarix fani oldiga katta mas‟uliyatni yuklaydi.
Mustaqillik yillarida O‟zbekiston olimlarining samarali tadqiqotlari natijasida milliy tariximizning ilgari noma’lum bo’lgan sahifalari ochildi, tarixiy o’tmishimizning ko„p jihatlari kashf etildi. Tarixiy haqiqatni tiklash jarayonida zamonaviy yondashuvni talab qiladigan dolzarb muammolar mavjud bo’lib, ular qatoriga, davlatchiligimiz tarixida chuqur iz qoldirgan tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatini tadqiq etish muhim ahamiyatga egadir. Shunday shaxslardan biri
Sohibqiron Amir Temur bo’lib, “tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo’lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o’zidan ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat bunyodkorlik, din va ma’naviyat rivojiga keng yo’l ochdi”3.
Do'stlaringiz bilan baham: |