4- mavzu. Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnahrda yer-suv munosabatlari. Reja


Download 33.8 Kb.
bet1/5
Sana08.03.2023
Hajmi33.8 Kb.
#1253718
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4- Mavzu. Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnahrda yer-suv munosabatlari.


4- Mavzu. Amir Temur va Temuriylar davrida Movarounnahrda yer-suv munosabatlari.
Reja
1. A.Temur davrida Movarounnahrdan tashqari barcha yerlarning suyurg‘ol qilinishi va oldingi yer-suv boshqaruvi tartiblarining saqlab qolinishi.
2.A.Temur davrida mamlakat obodonchiligiga katta e’tibor qaratilishi.
3. Temuriylar davrida yirik sug‘orish inshootlarining barpo etilishi.
4. A.Navoiy, Xoja Ahror va boshqalarning yer-suv masalalariga oid olib borgan ishlari.
Adabiyotlar
1.Karimov I.A. A.Temur faxrimiz g‘ururimiz. «Xalq so‘zi 1995 yil, 25-oktyabr.
2.Ahmedov M. O‘rta asrlar uzunlik o‘lchovi. Moziydan sado. 2017 yil, 3-son, 15-18 b.
3.Temur tuzuklari. - T., 1991 y.
4. Bobur.«Boburnoma». - T.,«Yulduzcha», 1989. 6,46,47,116,120,124,126 betlar.
5.Vohidov Sh.Ulug‘bek madrasasi vaqfnomasi. Moziydan sado. 2016 yil,
4 - son, 27-29 b.
6. Yo‘ldoshev N. Amir Temurning iqtisodiy aqidasi. Hayot va iqtisod. 1992 yil, 2-son, 9-bet.

7.Ismatova N. Samarqand vaqf xo‘jaligida mutavalli lavozimiga tayinlash ananaviy tartib va yangi tizim amaliyoti. O‘zbekiston tarixi. 2016 yil, 1 - son, 19-29 b.


8. Nikboev U. Dunyo obodonligi mehnatdandur. (A.Navoiyning ijtimoiy-iqtisodiy fikrlari). Iqtisod va hisobot. 1995 y, 8 - 9 son, 60-61 betlar.
9.Muhammadjonov A. Quyi Zarafshon vodiysining sug‘orilish tarixi (qadimgi davrdan yigirmanchi asrning boshlarigacha). – T., “Fan,” 1972 yil, 374 betlik.
10.Sultonov O‘ktam. Turkistonlik ayollarning vaqfi. Temuriylar telegramm kanali. 2022 yil, 4 oktyabr.
11.Xushbaqov N. Olimov X. Shahrisabzning qadimiy bog‘lari. Moziydan sado. 2017 yil, 1 - son, 16-19 b.
12.O‘rta Osiyoda yer-suv munosabatlari (qadimgi davrdan hozirgi kungacha). - T., “Universitet,” 2001 yil. (O‘quv uslubiy qo‘llanma).
13.Hasanov H. O‘rta Osiyo joy nomlari tarixidan. - T., “Fan,” 1965 yil, 6-8
b.
14.Hasanov A. Ananaviy suv qurilmalari (sardoba, koriz, hovuzlar) Moziydan sado. 2017 yil, 1-son, 45-47 b.

Amir Temurning davlati buyuk va qudratli bo‘lib, ko‘rinsa-da, aslida uning iqtisodiy negizi unchalik baquvvat emas edi. A.Temur bosib olingan viloyatlarni o‘g‘illari, nabiralari va xizmat ko‘rsatgan amirlarga suyurg‘ol tarzida in’om qilib ular orqali davlatni boshqardi. Movarounnahrdan tashqari o‘z tasarrufidagi barcha viloyat va mamlakatlarni A.Temur to‘rt o‘lkaga bo‘lib yubordi. To‘ng‘ich o‘g‘li Muhammad Jahongirga Balx viloyati bilan 12 ming navkarli qo‘shin, ikkinchi o‘g‘il Umar Shayxga Fors viloyati va 10 ming navkarli qo‘shin, uchinchi o‘g‘li Mironshohga Ozarboyjon, Iroq, va Armaniston bilan birga 9 ming navkarli qo‘shin, kenja o‘g‘li Shohruhga Xuroson, Jurjon, Mozandaron, Seiston bilan 7 ming navkarli qo‘shin berdi.
Bu uluslar markaziy hukumatga itoat etsalarda, ammo ular ma’lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorligining alohida davlat devonxonasi bo‘lib, ular markaziy hukumatga tobeligi, xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o‘z qo‘shini bilan qatnashish yoki jalb qilingan askarlarni yuborib turishdan iborat edi. Suyurg‘ol Temur davlati tashkil etilishi arafasida joriy etilib, u «iqto’» kabi ma’lum tuman yoki viloyatlarni hukumat yorlig‘i bilan g‘arbdagi «feod» yoki «len» tarzida oliy hukmdor avlodlari va xizmat ko‘rsatgan yuqori tabaqa vakillariga in’om tariqasida berilgan.
Ba’zan suyurg‘ol yerlarini olib hukmdorning farmoni bilan avloddan - avlodga meros bo‘lib o‘tgan. Masalan, A.Temurning to‘ng‘ich o‘g‘li Jahongir Mirzo vafotidan keyin unga tegishli Balx viloyatiga Qobul, G‘azna va Qandahorni qo‘shib, Jahongirni o‘g‘li Pirmuhammadga berildi. Shuningdek, A.Temur Umarshayxning o‘g‘li Rustamga Isfaxonni, Mironshohning o‘g‘li Abdubakirga Bog‘dodni suyurg‘ol qilib berildi.
Mana shu tarzda Movarounnahrdan tashqari mamlakat bir qancha bo‘laklarga bo‘linib ketdi. Viloyat hokimlari shahzodalar o‘z ixtiyoridagi uluslarda doimo iloji boricha mustaqil hukmronlik qilishga intilar edi. Markaziy hukumat esa vaziyat jiddiylashgan paytlardagina ularning ichki ishlariga aralashar edi. Shubhasiz suyurg‘ol asosida qurilgan mulkchilik tartibining g‘oyatda kuchayishi oqibatida ayrim viloyatlarning ma’lum darajada mavqeining oshishiga olib kelgan va ichki nizolarni keltirib chiqargan. Lekin katta hudud va imtiyozlarga ega bo‘lgan, kuchli qo‘shinga tayangan buyuk hukmdor viloyatlarning feodal doiralari tomonidan ko‘tarilgan isyonlarni va xalq harakatlarini doimo osongina bostira olgan.
A.Temur shaharlardagi qurilishlardan tashqari Samarqand atrofida o‘zining yaqinlariga atab ko‘pgina go‘zal bog‘lar qurdirdi. Bog‘idilkusho, Bog‘ichinor, Bog‘ibixisht, Bog‘ibaland, Bog‘i Davlatobod, Bog‘inav, Bog‘ishamol, Bog‘i Buldi, Bog‘i Hakim jahon, Bog‘i Hayot, Bog‘i Jahonnoma, Bog‘i Amirzoda, Shohruh, Bog‘i maydon kabi chorbog‘lar va ulardagi go‘zal qo‘shiqlar o‘sha davr bog‘dorchik san’atining namunalaridandir.
A. Temur va temuriylar davridagi davlatimiz qudrati ko‘p jihatdan ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar quvvati bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lgan. “Temur tuzuklari”da bu masalaga bag‘ishlangan maxsus bob bor. Unda ushbu soha ishtirokchilari (dehqon, hunarmand, savdogar, soliqchi va hokazo), ob’ektlari (er-suv, hosil va boshqalar) har birining o‘z o‘rni va vazifasi aniq belgilab qo‘yilgan. Eng mas’uliyatli vazifani esa davlat o‘z bo‘yniga olgan. Xaroba yerlarga suv chiqarish va obod qilish, buzilgan ko‘priklarni tuzatish, yangilarini qurish, yo‘l xavfsizligini ta’minlash, savdo va elchilik karvonlariga kuzatuvchi va soqchilar tayinlash, yo‘lovchilarning hayotini, mol-mulkini muhofaza qilish, karvonsaroy, yomxonalar qurish kabi katta kuch va mablag‘ talab qiladigan ishlar shular jumlasidandir.
A.Temur davrida yer-suv munosabatlari davlat miqyosidagi darajaga ko‘tarilgan edi. Sh. Ali Yazdiyning guvohlik berishicha “olam ravnaqi va ro‘shnoligi yo‘lida hafsalasi nihoyatda yuksak(A. Temur) obodonchilikka yaraydigan biron qatra yerning zoe bo‘lishini ravo ko‘rmas edi.” Shu qoidaga rioya qilgan holda u Movarounnahr, Xuroson, Eron va boshqa yerlarda suv chiqarib obodonchilik, yangi yerlar ochish, yangi bog‘lar barpo etish kabi tarixiy tadbirlarni amalga oshirdi.
Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharu tumanlarda o‘nlab kanallar, ariqlar qazdirdi, daraxtzorlar, ekinzorlar, bog‘-rog‘lar gullab yashnab to‘kin - sochinlik hayoti yuzaga keldi. Xorijdan kelgan sayyohlar, elchilar mamlakat go‘zalligi va farovonligidan hayratga tushdilar. Bunday tadbirlar nafaqat bizning yurtda, balki tashqi mamlakat va makonlarda ham amalga oshirilganini alohida takidlash lozim. Shu manoda o‘sha zamon tarix va geografiya olimi
Download 33.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling